|
3 mavzu. Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi Reja
|
bet | 3/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 34,85 Kb. | | #228705 |
Bog'liq 4mSezgilar klasifikatsiyasi.
Sezgilar turli tuman bo‘ladi. Sezgilar odatda qaysi sezgi a’zosi orqali hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga bulinadi.Ko‘rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, maza (tam)sezgilari, teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari, va organik sezgilar.
Retseptorlarning joylashish urniga qarab barcha analizatorlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga kulay analizatorlar kiradi. (Ilmiy adabiyotda ularni eksteretseptorlar deb qabul etilgan).
Ko‘rish, eshitish, teri, hid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo‘zg‘atishlar ta’siri uchun kulay bo‘lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli holatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi guruhga harakat analizatorlar va muvozanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi.
Insonning hayoti va faoliyatida ko‘rish sezgilarining benixoya roli katta. Teri sezgilari narsalarning mexaniq va psixik xossalarining terining sirt qismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi, bu qo‘zg‘alish terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning pust qismiga utkaziladi.
Teri sezgisi ogrik sezgilariga, xarorat sezgilariga va taktil sezgilarga bulinadi. Ogrik sezgilari juda xilma-xil qo‘zg‘atkichlar (issiklik, mexaniq va ximiyaviy qo‘zg‘atgichlar) tomonidan, ular organizmning tirik to’qimalarini buza boshlashi bilanok paydo bo’la boshlaydi. Bu sezgilar himoyaviy ahamiyatga yega bo‘lib, shu manoda ular juda muhim rol o’ynaydi.
Harorat (issiqlik) sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Issiq yoki sovuqni sezishning alohida-alohida nerv uchlari bo‘ladi. Ular terining turli qismlarida notekis joylashgan. Masalan, kulimiz terisidan orqamizdagiga qaraganda harorat nuqtalarining soni kamroq. Orqaning issiq-sovuqqa ortk darajadagi sezgirligi mana shu bilan izohlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari ham terining yuza katlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular qo’l barmoqlarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi.
Hid bilish sezgilari moddalar hidining tegishli nerv ichlari joylashgan burun shilliq pardasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. Xid bilish sezgilari tam sezgilari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ovqatning hidi uning tami bilan qo’shilib ketadi. Ichki sezgilarga ochlik, to’qlik, tashnalik, ko’ngil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. Ular organiq sezgilar deb ataladi. Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda joylashgan bo‘lib, ular qo‘zg‘olganda nerv impulslarini bosh miya qobig’ining tegishli bulimlariga yetkazadi.
CHunki guruhga muvozanat va harakat sezgilari kiradi.
Muvozanat sezgilari tananing fazodagi holati haqida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki quloqning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bo‘lib qo‘zg‘alish bu apparatdan bosh miya po’stining chakka qismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saqlay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ro’y beradi.
Ularning retseptorlari mushaklarning ichida hamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bo’shashi bu nerv uchlarida qo‘zg‘alish hosil qiladi. Bu qo‘zg‘alish olidingi markaziy burmalarning oldingi bo‘lmasida joylashgan po’st qismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muxim rol’ o’ynaydi.
|
| |