• M etodik ta’minot bosqichi
  • Elektron darslik
  • O’rgatuvchi qism
  • 3-mavzu: Ta'lim beruvchi kompyuter dasturlari va elektron darsliklar, dasturlarning turlari va qo'llanilishi




    Download 22.87 Kb.
    bet2/3
    Sana25.05.2022
    Hajmi22.87 Kb.
    #21879
    1   2   3
    Bog'liq
    3-mavzu
    56
    Mazmun bosqichi – bu bosqichda elektron vositalarning axborot-ta’lim resurslarini shakllantirish va uning axborot ta’minoti mazmuni yaratiladi;
    Tashkiliy bosqich – bu bosqichda elektron vositalar yaratishning texnik jihatlari bilan bir qatorda, foydalanuvchilarning toifalarini aniqlashtirish, mavjud resurslarni tizimlashtirish va yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalaridagi mavjud resurslarni integratsiyalash, elektron ta’limni tashkil etish, axborot-ta’lim resurslariga bo’lgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar bo’yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish va tahlil etish amalga oshiriladi;
    Metodik ta’minot bosqichi – bu bosqichda elektron vositalardan o’quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yo’lga qo’yiladi.
    O’quv maqsadli elektron vositalarni yaratish quyidagi kontseptual tamoyillarga ega bo’lishi lozim:
    Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili.
    Integratsiya tamoyili.
    To’laqonlilik tamoyili.
    Yaxlitlik tamoyili.
    Ochiqlik tamoyili.
    Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan o’qitish metodlaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil ta’lim olishda va o’quv materiallarini har tomonlama samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin.
    Elektron darslikda fanning o’quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi.
    Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:
    1. O’rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
    2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi.
    3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
    Elektron darsliklar quyidagi asosiy xossalari bilan ajralib turadi:
    ta’limni va o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;
    mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;
    ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning uyg’unligi;
    axborot-ta’lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;
    matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi.

    Download 22.87 Kb.
    1   2   3




    Download 22.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: Ta'lim beruvchi kompyuter dasturlari va elektron darsliklar, dasturlarning turlari va qo'llanilishi

    Download 22.87 Kb.