Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko’ra o’zaro farqlash mumkin




Download 22.87 Kb.
bet3/3
Sana25.05.2022
Hajmi22.87 Kb.
#21879
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu
56
Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko’ra o’zaro farqlash mumkin:
I. Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va individual foydalaniladigan elektron darsliklar.
Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim resurslarini talab qilmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lib, ular server kompyuterga joylashtiriladi va ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin.
Individual foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan bo’ladi.
Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham foydalanish mumkin.
II. O’quv materiallarini taqdim etishi bo’yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo’lim o’quv materiallarini o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga o’tishga imkoniyat bermaydi.
III. O’quv materiallari va axborotlarni yangilash bo’yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda elektron o’quv bazalar (portallar, veb-saytlar va boshqalar)ga va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
O’quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko’ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
1. Kvantlash tamoyili: o’quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha tashkil etuvchidan iborat bo’ladi.
2. To’laqonlilik tamoyili: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:
gipermurojaatga ega kalit so’zlar;
nazariy materiallar;
nazariy materiallar bo’yicha nazorat savollari;
namunalar;
mustaqil yechish uchun masalalar;
modul bo’yicha nazorat savollari.
SHuningdek, modul tarkibiga quyidagi qo’shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:
testlar;




nazorat ishi;
yordamchi ma’lumotnoma;
tahlillar.
3. Ko’rgazmalilik tamoyili: Elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur.
4. Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlarning almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan marta ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinashlari imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
5. Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o’quv jarayonida ma’lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslanishni ta’minlashi, o’rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo’naltirilganligini o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo’shimcha illyustrjativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.
6. Kompyuter ko’magi tamoyili: o’quv materiallarining mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadida talaba istalgan vaqtda kompyuter ko’magiga ega bo’lishi kerak. Bunday qo’llash kompyuter yordamida uzundan-uzun hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklar chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda foydalidir.
Elektron darslikni modullari
Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to’liqliligi, ko’rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to’planuvchanligi) hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7 bosqichni o’z ichiga oladi:
1) kontseptsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg’ulot o’tkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning asosiy g’oyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini tuzish);
2) loyihalashtirish (ko’rinishida ishchi namunasini, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari to’plamini, murojaatlar interfaolligini ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o’quv jarayoni, psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o’quv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);
4) o’quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo’limlar bo’yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo’ljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish;
5) ilova tuzilmasi elementlarini to’ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to’ldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to’g’riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to’g’riligini tekshirish);
7) o’quv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta’lim beruvchilar va o’quvchilar refleksiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash bilan umumiy o’rta ta’lim maktablarida elektron darslikni qo’llash).

Zamonaviy AKT muhitida o’qitishni internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Internet tarmog’i ta’lim xizmatlarining juda katta potentsialiga ega. Elektron pochta, virtual kutubxona va muzeylar, ta’limiy portal va saytlar, mavzuli blog va forumlar, telekonferentsiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar, zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim xizmatlaridan, ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Internet ta’lim resurslaridan foydalanish o’qituvchini ta’lim jarayonining menedjeriga aylanishga undaydi.

Download 22.87 Kb.
1   2   3




Download 22.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko’ra o’zaro farqlash mumkin

Download 22.87 Kb.