3-Mavzu: Tola tozalash uskunalari va ulrni ta‘mirlash




Download 422.77 Kb.
Sana27.04.2023
Hajmi422.77 Kb.
#54250
Bog'liq
3-Ma\'ruza KSTT
3C0FC878-6E4D-4E8B-94EA-4FE71EF5F600

3-Mavzu:. Tola tozalash uskunalari va ulrni ta‘mirlash
Reja:
3.1.Tola tozalash jarayonining vazifalari, turlari va o‘rni to‘g‘risida
3.2. Uzun tolali navlarning tolasini tozalash uskunalarining tuzilishi.
3.3. Tola tozalash mashinalari uzel va detallari ta‘mirlash.

3.1.Tola tozalash jarayonining vazifalari, turlari va o‘rni to‘g‘risida


Amaldagi standart O‘zDSt 604-2001 talablariga javob bera oladigan paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta tozalash korxonalarida paxtani qayta ishlash uzluksiz texnologik jarayoni tola tozalashni o‘z ichiga oladi.
Tola tozalagichlar har qaysi jinga alohida bir yoki ikki qatorga bo‘linishi mumkin. Tolani tozalash paxta tozalash korxonalarida asosan bir bosqichli tola tozalagichlarda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda paxta tozalash korxonalarida ko‘p bosqichli tola tozalagich 1VP («Paxtakor 2»), bir bosqichli 1VPU va 3OVPU rusumli tola tozalagichlari qo‘llanilmoqda.Tola tozalagichlarning arrali silindri 3.1-rasmda keltirilgan.
To‘g‘ri oqimli tola tozalagich 1VP («Paxtakor 2») (3.2-rasm) konstruksiyasi va ishlash uslubi bo‘yicha 3OVP-M individual tola tozalagichga o‘xshaydi, to‘g‘ri oqimli, uch bosqichli va har biri 130 arrali tola ajratgichdan keyin o‘rnatiladi.
Bir silindrli tola tozalagichlar hozirda uch silindrli tola tozalagichlar o‘rniga, tola ajratgich quvurining ulanish joylarini saqlab qolgan holda o‘rnatildi. 1VP tola tozalagichi yangi 1VPU rusumli (3.3-rasm) tola tozalagichlarga almashtirilmoqda.Tola tozalagichning kolosnigi 3.4-rasmda keltirilgan.

2.1-rasm.Tola tozalagichlarning arrali silindri;
1-val, 2-tayanch sapfasi(ikki dona), 3,7-yon gaykalari (o‘ngva chap), 4-qiya shaybalar(o‘ng va chap), 5-arra disklari(231dona OVP-Ada), 6-qistirmalar, 8-podshipniklar, 9- qopqoq.

3.2-rasm. 1VP («Paxtakor 2») tola tozalagich sxemasi;
1- arrali silindr; 2- ajratgich; 3- qabul qilish bo‘g‘izi; 4,6- tekis yo‘naltirish cho‘tkasi; 5- kolosnikli panjara; 7- jalyuzali panjara; 8 -chiqindilar kamerasi;
9- ustki qopqoq; 10- olib ketish bo‘g‘izi; 11- ajratgich-pichoq.

3.3-rasm. 1VPU tola tozalagich sxemasi;
1- qabul qilish bo‘g‘izi; 2- tekis yo‘naltirish cho‘tkasi; 3- jalyuzali panjara;
4- chiqindilar kamerasi; 5- kolosnikli panjara; 6- arrali silindr; 7- pichoq;
8-olib ketish bo‘g‘izi.

3.4-rasm. Tola tozalagich kolosnigi;
1,3-o‘ng va chap yonliklar, 2-kolosnik,
3.1-jadval
Tola tozalagichlarda qo‘llaniladigan dvigatellar, podshipniklar va
tasmalar ro‘yxati

Nomi va belgisi

Mashinaga to‘g‘ri keladigan soni

1VP tola tozalagichlar
Elektr dvigatel 4AU2M4 Uz, R=15 kVt, p=1450 ayl/daq Podshipniklar 13514
30VP-MU, 1VPU, 2VPU tola tozalagichlar
Elektr dvigatel 4A112M4 Uz, R=3 kVt p=1450 ayl/daq

3
6

1


3.2-jadval
Tola tozalagichlardagi nosozliklar va ularni bartaraf etish usullari

Nosozliklar va
ularning tashqi
ko‘rinishi hamda qo‘shimcha belgilari

Mumkin bo‘lgan sabablari

Bartaraf etish usullari

1

2

3

Chiqindilarning
toladorligi oshgan



Kolosniklar va arrali si­lindr orasidagi tirqishlar ko‘paygan
Pardali panjara kuraklarining sozligi bo‘zilgan

Tirqishlarni sozlang


Pardali panjara kuraklarining holatini sozlang

Tola tozalash samarasi past



Tola tozalagich chiqishida havo ortiq siyraklashishi

Kolosnikli panjaralarga chiqindi to‘lgan



Drossel yopgich yordamida kondensordan havo so‘rishni kamaytirish
Mashinani to‘xtatib, tozalang

3.2-jadval davomi

1

2

3

Tola tozalagich arrali silindr-larining tiqilishi

Ajratgich va arrali silindr orasi kengaygan
Arra tishidan tolaning yomon tushishi
Kondensorning tiqilishi
Arrali barabanlarning tezlik
tartibi buzilgan

Tirqishni sozlang

Arra tishlarining sifatini tekshiring


Kondensorni tozalang
Harakatlantirgich tasmalarining sirpanishini bartaraf qilish, shkiv-mufta va elektrodvigatel aylanishlari soni mosligini tekshiring

Tolaning yonib ketishi

Kolosniklar va arrali barabanlar orasidagi tirqishlarning torayishi
Arrali barabanning qiyshiq shaybalarida shamolning yo‘qligi
Mashinaning ishchi qismiga metall buyum tushishi
Val sapfalari sheykasida tola massasining o‘ralishi

Mashinani tuxtating talab qilinadigan tirqish o‘rnating
Qiyshiq shaybalarda shamolni tekshiring
Mashinani to‘xtating va
buyumni olib tashlang
Mashinani to‘xtatib tozalang

Mashinaning tebranishi

Arrali barabanning muvozanati buzilgan
Podshipniklar yoki tayanch romining poydevorga mahkamlanishi bo‘shashgan
Poydevorning yetarlicha mustahkam emasligi yoki ortiqcha mahkamlash

Mashinani to‘xtatib, barabanni almashtiring
Tekshiring va mahkamlang
Poydevorni mustahkamlang

3.2-jadval davomi



1

2

3

Hamma tola tozalagichlarning kuyindi kameralaridan tola bilan havo uchib chiqadi
(momiqlashish)

Tola o‘tkazgichda yetarlicha
siyraklashmaslik

Jinlarning havo kameralarida statik bosimni tekshirish, agar oshib ketsa, uni me’yoriy miqdorgacha kamaytirish.
Kondensor katta barabani-ning turini quvur o‘tkazgichlar va siklonlarni tozalang
So‘ruvchi ventilyatorda
qopqoqni ochish yordamida
kondensordan havo surishini ko‘paytiring

3.2. Uzun tolali navlarning tolasini tozalash uskunalarining tuzilishi, ishdan chiquvchi qismlari va ularni ta‘mirlash yo‘llari


Uzun tolali paxta navlarining tolasini tozalash uchun valikli jinli paxta tozalash korxonalarida VT, VTM, UMPV takomillashtirilgan uzeliga ega bo‘lgan ON-6-3 tipidagi tola tozalagichlar qo‘llaniladi.
VT, VTM rusumli tola tozalagichlar
VT rusumli tola tozalagich (3.5-rasm) keyinchalik takomillashtirilgan va VTM rusumda chiqarila boshlangan (3.6-rasm). Uni modernizatsiyalash to‘g‘ri burchakli (qaldirg‘och dumi) tipidagi plastinkali barabanlarini navbatma-navbat o‘rnatiladigan pichoqli tipidagi qoziqli va yumaloq kolosniklar tegishlicha oraliq bilan o‘rnatiladigan trapetsiyasimonlarga, tezlik rejimlari va paxta xom ashyosi aerodinamik ta‘minlagichi 1RX dan olingan barabanlarga almashtirishdan iborat edi.

3.5-rasm. VT-rusumli tola tozalagich ko‘ndalang qirqimi
1, 2- ta‘minlash barabanlari (arrali) 3- pichoqli barabanlar;
4- qoziqli barabanlar; 5- kolosnikli panjara; 6- ifloslik shnegi
3.3-jadval
Tola tozalagichlarda sodir bo‘lishi mumkiya bo‘lgan nosozliklar va ularni
bartaraf etish usullari

Nosozlik nomi

Ehtimoli bo‘lgan sababi

Bartaraf etish usuli

1

2

3

Chiqindilarning toladorligi oshgan

Kolosniklar bilan arrali silindrlar orasidagi tirqishlar buzilgan
Jalyuza panjarasi kuraklarining sozlanishi buzilgan

Tirqishlarni sozlang

Tozalash samaradorligi past

Tola tozalagich chiqishida havo siyraklashishi oshgan Kolosnikli panjaralar chiqindilarga to‘lgan

Drossel qopqog‘i yordamida kondensordan havo surilishini kamaytiring

Tola tozalagich arrali silindrlarning tiqilishi

Ajratgich va arrali silindr orasidagi tirqish kattalashgan Arra tishlaridan tolaning yomon tashlanishi
Kondensorning tiqilishi Arrali barabanning tezlik tartibi buzilgan

Tirqishni sozlang

Arra va tishlarning sifa-tini tekshiring


Kondensorni tozalang
Elektrodvigatel tasmalarining tuxtab qolishini bartaraf eting, mufta va elektrodvigatel aylanishlari soni mosligini tekshiring

Tolaning o‘t olishi

Kolosniklar va arrali barabanlar orasidagi tirqishlar kamaygan
Arrali barabanning qiyshiq shaybalarida shamol hosil qilish parragining yo‘qligi
Mashinaning ish qismiga metall buyumlarning tushishi

Mashinani tuxtatib, talab etiladigan tirqish o‘rnating
Qiyshiq shaybalarda parrak o‘rnating

Mashinani to‘xtatib, tozalang



3.3-jadval davomi

1

2

3

Mashinaning titrashi

Arrali baraban balansirovkasi buzilgan
Poydevorga mahkamlangan rom va podshipniklar bo‘shagan

Arrali barabanni almashtiring
Rom va podshipniklarni mahkamlang

Barcha tola tozalagichlarning chiqindi kameralaridan tolali havo uchib chiqadi

Tola tozalagichda havo siyraklashishi

Jinlarning havo kameralarida statik bosimni tekshiring, u ortiq bo‘lsa me’yoriy miqdori-gacha kamaytiring, kondensor barabanining turini quvur va siklonlarni tozalang, suruvchi ventilyatorda qopqoqni ochish yordamida kondensordan havo so‘rilishini ko‘paytiring

3.4-jadval
VT rusumli tola tozalagichning texnik tavsifi

Tola bo‘yicha ish unumdorligi, kg/ h
Tozalash samaradorligi, %
Chiqindilarning toladorligi, %
O‘rnatilgan quvvat, kW
shu jumladan:
arrali va yuqoridagi pichoqli barabanlar
qoziqli va pastki pichoqli baraban
Tituvchi barabani
konveyer
Aylanish tezligi: r/s (r/min):
arrali, titish, qoziqli va pichoqli barabanlar
konveyerlarni
Texnologik tirqishlar; mm:
o‘rta kolosnik va baraban pichog‘i orasi
so‘nggi kolosnik va baraban pichog‘i orasi
o‘rta kolosnik va baraban qozig‘i orasi
so‘nggi kolosnik va baraban qozig‘i orasi
arrali va titish barabanlari orasi
tortqich va arrali baraban orasi
Tola tozalagichga kirishda va chiqishidagi havo tezligi, m/s
O‘lchamlari, mm: uzunligi
kengligi
balandligi
Massasi (boshqarish shkafi bilan), kg.
Ishonchlilik ko‘rsatgichlari:
to‘xtaguncha ishlash muddati, h
kapital ta‘mirgacha o‘rtacha resursi, h

1200 gacha
40 dan 50 gacha
5 gacha
14,85

5,5
7,5


1,1
0,75

109,2 2,1 (1040 20)


7,3 0,4 (704)

1,0 2
11 2


10+2-3
11+2-3
3+1-2
3+1-2

18-20
2830+13


1280+10
2820+13
3160+80
270
12015

3.5-jadval
VTM rusumli tozalagichning texnik tavsifi

Тoladagi iflosliklar miqdori 5-9 %, tolani namligi 6 % dan ko‘p bo‘lmagandagi tozalash samaradorligi, %, (kam emas)
Ish unumdorligi, kg/h
O‘rnatilgan quvvat, kW
Tola yo‘qotish (chiqindilarda tozalangan tolaga nisbatan erkin tola miqdori), %, (ko‘p emas)
Havo sarfi, m3/s
Aylanish tezligi, r/s (r/min):
pichoqli va qoziqli barabanlari
ifloslik shnegi
Texnologik tirqishlar, mm:
qoziqli va pichoqli barabanlarda, qoziq, pichoq uchi
va kolosnikli panjara qirrasi orasi
O‘lchamlari, mm:
uzunligi
kengligi
balandligi
Massasi, kg, (ko‘p emas)
Ishonchlilik ko‘rsatgichlari:
to‘xtaguncha ishlashining o‘rtacha muddati, h, (kam emas).
o‘rnatilgan to‘xtovsiz ishlash muddati, h, (kam emas)
birinchi kapital ta‘mirlashgacha, o‘rtacha muddat, yil
birinchi kapital ta‘mirlashgacha o‘rnatilgan ishlov muddati, yil, (kam emas)
ishlov holatini tiklashning o‘rtacha vaqti, h, (ko‘p emas)

55
1600 gacha


11

0,3
2,5 - 3

84 2,6 (800 25)
7,4+1,6-0,5

10±2


3170
1300
2885
2520

460
190


5
4

0,6



3.6-rasm. VTM rusumli tola tozalagich ko‘ndalang qirqimi
1- ta‘minlagich; 2- pichoqli barabanlar; 3- qoziqli barabanlar;
4-kolosnikli panjara; 5- ifloslik kamerasi; 6- ifloslik shnegi.
ON-6-3 tola tozalagichi
Chiqindilarni yo‘qotish uchun sarflanadigan foydali havo miqdori taxminan 1750 m3/h. Chiqindi kamerasini tozalash muddati 1÷2 min.
Tajriba namunasini sinovdan o‘tkazishda tola tozalashni eng yuqori samaradorligi (30 % atrofida) quyidagi texnik parametrlarda olingan: barabanlarning aylanish tezligi 740 r/min; baraban pichoqlari va kolosniklar oralig‘i 10mm; kolosniklar oralig‘i 6mm. ON-6-3 tola tozalagichi 23.7-rasmda keltirilgan.
3.6-jadval
Olti barabanli qiya tola tozalagichni texnik tavsifi

Mashinaning nazariy ish unumdorligi, kg/h
Tozalanadigan tolaning uzunligi, mm
Mashinaning ishchi kengligi, mm
Pichoqli baraban diametri, mm
Pichoqli barabanlar miqdori, dona
Pichoqli barabanlarning aylanish tezligi, r/s, (r/min):
O‘rnatilgan quvvat, kW
Chiqindilarni mashinadan chiqarish vaqti oralig‘i, h
Yig‘ishtirishning bir siklidagi davomiyligi, s
Ifloslik yo‘qotish tizimidan olib ketiladigan havo miqdori
(bir siklda) , m3
O‘lchamlari, mm:
uzunligi
kengligi
balandligi
Mashina massasi, kg (ko‘p emas)

450
25÷42
1060
450
6
44,1 (420) 54,6
(520) 61,9 (590)
69,3 (660) 77,3
(740)
4,0
1…2
1…2

29…58


2700
1700
2800
2200

3.7-jadval
ON-6-3 tola tozalagichining imkoniy nosozliklari
va ularni bartaraf qilish usullari

Nosozlik nomi

Imkoniy sababi

Yo‘qotish uslubi

  1. Mashina yurmaydi



  1. Dvigatel qiziydi

3. Podshipniklar qiziydi



  1. Boshqarish zanjirlarida kuchlanish yuq



  1. Chetki o‘chirgichlar simlarida nosozlik

1. Dvigatelning sovitish kanallari tiqilgan


2. Zanjirda kuchlanish yuqori
1. Podshipniklar noto‘g‘ri (qiyshiq) o‘rnatilgan
2. Moyini yo‘qligi

Boshqarish zanjirlarida kuchlanish borligi tekshirilsin
O‘chirgichlar simlaridagi nosozlik yo‘qotilsin (yoki o‘chirgich almashtirilsin)
Ventilyasiya kanallari tozalansin
Zanjirdagi kuchlanish tekshirilsin
Qiyshiqlik yo‘qotilsin

Podshipniklar moylansin





3.8-jadval
Tola tozalagichlarda qo‘llaniladigan dvigatellar, podshipniklar va
tasmalar ro‘yxati

T/r

Nomi va belgisi

Soni




VT tola tozalagichlar uchun




1

El. dvigatel 4A 13254 Uz, R=7,5 kVt, p=1450 ayl/daq

1

2

El. dvigatel 4A 112M4 Uz, R=5,5 kVt, p=1450 ayl/daq

1

3

El. dvigatel 4A 80A4 Uz, R=1,1 kVt, p=1420 ayl/daq

1

4

Motor-reduktor MS2S-63-71-S Uz, R=0,75 kVt, p=1320 ayl/daq




5

Podshipnik 11210

13

6

Podshipnik 1210

1

7

Podshipnik 206

6

8

Tasma B=1600T

16




VTM tola tozalagichlar uchun




1

El. dvigatel 4A 132M4 Uz, R=11kVt, p=1460 ayl/daq

1

2

Reduktor S2U-100-10-11U2

1

3

Podshipnik 11310

9

4

Podshipnik 1208

1

5

Podshipnik 206

8

6

Tasma B-2240T

2

7

Tasma B-1400T

9




ON-6-3 tola tozalagichlar uchun




1

El. dvigatel 4A 112MB Uz, R=4,5 kVt, p=960 ayl/daq

1

2

Podshipnik 11210

17

3

Tasma B-2360T

3

4

Tasma B-1400T

12




3.7-rasm. ON-6-3 rusumli tola tozalagich
1- ta‘minlash bunkeri; 2- pichoqli barabanlar; 3- uzish kozeryoklari;
4- chiqarish bunkeri; 5- kolosnikli panjara; 6- ifloslik bunkeri


3.9-jadval
Tola tozalash tizimining aerodinamik ko‘rsatkichlari

Nomlari

Aerodinamik ko‘rsatkichlar

tola tozalagichdan oldin

tola tozalagichdan keyin

To‘liq bosim, mm. suv. ust.
Statik bosim, mm. suv. ust.
Havo oqimining tezligi, m/soniya
Havo sarfi, m3/s

4,1
12,0
18,3
1,83

11.3
37,0
20,4
2,04

3.3. Tola tozalash mashinalari uzel va detallari ta‘mirlash.
Tola tozalash mashinalarini ish paytida mashinaning uzel va detallarida quyidagi kamchiliklar yuzaga keladi: arra tishlarining sinishi, yeyilishi; podshipnik uzellari detallarining yeyilishi; kolosnikli panjara kolosniklarining yeyilishi; valning tayanch bo‘yinchalarining yeyilishi.
Arra tishlari yeyilganda va singanda yangisiga almashtiriladi. Arrali silindrda arralar kapital ta‘mirlashda bir yilda bir marta almashtiriladi.
Yangi yig‘ilgan arrali silindr tokarlik dastgohi supportiga o‘rnatilgan arrali silindrga to‘g‘ri silindrsimon shakl berish uchun jilvirlash doirasi bilan jilvirlanadi. Arrali silindrni tokarlik dastgohiga o‘rnatishdan oldin dinamik muvozanatlanadi.
Podshipnik uzellarining yeyilgan detallarini yangisiga yoki ta‘mirlanganiga almashtiriladi.
Mashinaning detal va uzellari ta‘mirlangandan so‘ng ular yig‘iladi va sozlanadi. Sozlashda arrali silindr va kolosniklar orasidagi tirqish 1,5±0,5mm masofada o‘rnatiladi. Elektrodvigatel vali va arrali silindr vali markazining aniqligiga alohida e’tibor beriladi. Yig‘ilgan arrali silindr va elektrodvigatel yengil va erkin qo‘lda aylanishi kerak, hamda arra tishlari kolosniklarga tegmasligi kerak.

Nazorat savollari:


1. Tola tozalash mashinalarining qanday turlari mavjud?
2. Tola tozalash mashinalaridada qanday nosozliklar sodir bo‘ladi va ularni qanday bartaraf etiladi?
3. Tola tozalash mashinalari uzel va detallari ta‘mirlash qanday amalga oshiriladi?
Download 422.77 Kb.




Download 422.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: Tola tozalash uskunalari va ulrni ta‘mirlash

Download 422.77 Kb.