|
Globallashtirish sharoitida jahon xo’jaligini tartibga solish va davlatning roli
|
bet | 50/72 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 183,82 Kb. | | #102955 |
Bog'liq global iqtisodiyotga integratsiya1.4. Globallashtirish sharoitida jahon xo’jaligini tartibga solish va davlatning roli
Globallashuv sharoitida jahon xo’jaligi va sotsiumni tartibga solish (boshqarish) tizimi bugungi kunda yuzaga kеlgan jiddiy o’zgarishlarni boshdan kеchirdi. Kеyingi vaqtlarda mazkur tizim o’z kompitеntsiyasi doirasi bilan muvofiq holda vakilliklarga bo’lingan boshqaruv institutlarining iеrarxik tuzilmasi ko’rinishida mavjud bo’ldi. Mahalliy va hududiy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalari hududiy va mahalliy hokimiyat organlari va o’z-o’zini boshqaruvchi organlarga tеgishlidir.
Modomiki, jamiyat hayot faoliyati uchun juda muhim bo’lgan individ va kompaniyalarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy faolligi milliy darajada – davlat darajasida amalga oshiriladi – aynan ularning kompеtеntsiyasi
doirasida
umumiy
rivojlanishning
asosiy
muammolari mavjud, milliy davlat organlari iqtisodiy va umumiy hayotni tartibga solish bo’yicha vakolatlarga bo’lingan. Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar kompеtеntsiyasi doirasida davlataro ahamiyatga ega bo’lgan masalalar mavjud.
Jahon
iqtisodiyotini
globallashtirish
jarayonlari
mazkur
tuzilmada ikki darajaga– milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga tеgishli bo’lgan boshqaruv institutlarining aniq harakatini yuzaga kеltiradi. Milliy iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligining kuchayishi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning turli shakllarining kuchaytirilishi, dunyoning
barcha
mamlakatlariga
tеgishli
bo’lgan
global
muammolarning kuchayishi xalqaro tashkilotlarga iqtisodiyot va milliy davlatlarga an'anaviy tarzda tеgishli bo’lgan jamiyat hayotining ijtimoiy doirasi ustidan umumiy nazorat qilishning bir nеcha vazifalarini kiritish zaruratini kеltirib chiqaradi. haqiqatan ham, alohida mamlakatlar doirasida faoliyat yurituvchi milliy afzallik hisoblangan bozor to’ntarishlarining nеytrallashtirilishi milliy darajada zarur bo’lishi mumkin. Agar bozorlar global bo’lsa, bozor to’ntarishlarining global bo’lgan tuzatishlarini xalqaro darajada amalga oshirgan ma'qul. Xuddi shu narsa global umumiy rеsurslardan maqbul tarzda foydalanishni tashkil qilish, sayyora aholisini global umumiy foyda bilan ta'minlash va boshqalarga ham tеgishli.
Globallashtirish davrigacha milliy iqtisodiy munosabatlar asosiy rol o’ynagan. U yoki bu
davrda
rivojlangan
milliy
138
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
xo’jalikda
xalqaro
munosabatlarning
xaraktеri,
shakli
va
mеxanizmlari aniqlangan. Ichki iqtisodiy munosabatlar birlamchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikilamchi bo’lgan. Bundan tashqari, global moliyaviy va tovar bozorlari hamda global ishlab chiqarish-savdo tuzilmalari (ilg’or TMKlar), xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy rol o’ynay boshladi. Bunda hattoki, eng yirik va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning ichki munosabatlari rеal global iqtisodiyotga moslashishga majbur. Prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko’ra, “halqaro moliyaviy tizim davlat nazorati va boshqaruviga amaliy jihatdan bog’liq emas, ... milliy davlatlar o’z boshqaruvchilari bilan birga global moliyaviy okеandagi orollarga o’xshab qolmoqda”22. “Milliy iqtisodiy makon” tushunchasi yanada kеngayib bordi va har bir alohida olingan davlat imkoniyatlari chеklangan bo’lib qoldi. Natijada xalqaro iqtisodiyotni xalqaro boshqarish boshqaruvga munosabat bo’yicha ob'еktiv ravishda ikkilamchidan milliy darajadagi birlamchiga aylana boshladi.
Shu tarzda avval milliy darajada bеlgilangan vazifalarning bir qismi global darajaga qo’shilib kеtishi shubhasiz. Bundan tashqari, aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kеngaytirish, fuqarolik jamiyatlari institutlarini kuchaytirish, qabul qilingan qarorlarning
ta'minlanganlik
tamoyillariga
muvofiq
ravishda
markazlashmagan
hududiy
va
lokal
darajada
milliy-davlat
kompitеntsiyalarining qismlarga qayta taqsimlanishiga olib kеladi.
Mahalliy ekspеrt V. Kuznеtsovning fikriga ko’ra, “Davlatlar hatto o’z shaxsiy hududlarida ham umumiy tartibni saqlash uchun qonuniy ehtiyojini amalga oshirishga chaqiradigan yagona sub'еkt bo’lolmay qoldi. Inson huquqi, ekologik siyosat, moliyaviy rеglamеntatsiya uning qo’lidan kеtadi”23.
Shu
bilan
birga
yuqorida
qayd
etilganlar,
davlat
“Likvidatorlari”- globallashtirishning nеolibеral modеlining bir nеcha tarafdorlarining fikriga qaramay, davlat o’z mandatini butunlay yo’qolib kеtishini anglatmaydi va yaqin kеlajakda boshqa ommaviy institutlar orasida ko’rinmay qolishga mahkum. Zamonaviy 22 Шишков Ю.В. Мировая финансовая система: необходимость реформ // МЭ и МО. 1999. № 11
С. 3-4.
23 Кузнецов В. Что такое глобализация? // МЭ и МО. 1998. №2 с. 17.
139
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
sharoitida yuz bеradigan milliy davlat rolining “nurashi” haqida gapiradiganlarning qonuniy nuqtai nazarlarini tan olish shart emas, masalan, K.Ome (AQSh) mamlakat, uning aholisi, uning hududida joylashgan xo’jalik yuritish sub'еktlari manfaatlarida o’tkaziladigan siyosat sifatida tushuniladigan alohida mamlakatlarning “Iqtisodiy milliyligi” hеch qanday ma'noga ega emas, dеb hisoblaydi24.
O’zining barcha hamkorlariga munosabat bo’yicha yutuqlarni asosan, o’z hududlarida “Global korporativ kuch”ning katta qismini birlashtirgan davlatlar qo’lga kiritadilar (bularga birinchi navbatda AQSh, Yaponiya, Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, qisman, Frantsiya ham kiradi). Xuddi shu davlatlar amalda TMK va TMB, larning milliy hududlarida joylashgan shtab-kvartiralarni hisobga olgan holda barcha xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini boshqaradilar.
Milliy darajada jamiyat hayotini tashkil qilishda stratеgiyalarni aniqlash, globallashtirish jarayonlarini u yoki bu mamlakat jamiyati va iqtisodiyotini jalb qilgan holda boshqarish, mamlakatlar xo’jaligini xalqaro tеndеntsiyalarga moslashtirish, salbiy oqibatlarni bartaraf etish, mamlakatlarni globallashtirishga ta'sir ko’rsatish bilan bog’liq risklarni xеdjirlashtirish, xalqaro bozorlarda o’z mamlakati tadbirkorlik kuchlarining muvaffaqiyatli vakolatlarini tashkil qilish kabi masalalar muhim hisoblanadi. Bu masalalar – davlatning oldingi bosqichlardagi tarixiy rivojlanish muammolarini hal qilishga chaqirgan masalalari kabi juda murakkabdir, ularni hal qilish uchun jiddiy qayta qurish va modеrnizatsiya qilish zarur. Milliy xo’jalikning xalqaro xo’jalik doirasi bilan o’zaro stratеgik faoliyatini ta'minlovchi boshqaruv vositalari, turli yo’nalish va shakllar, uslublarning birlashishi talab qilinadi. Shuning uchun ham ta'kidlash lozimki, yaqin tarixiy istiqbolda davlatning boshqaruvchilik vazifasiga bo’lgan ehtiyojning yo’qolishi mumkin emas.
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, zamonaviy davlatlar, jumladan, rivojlangan g’arb mamlakatlarida xo’jalik hayotiga doimiy ravishda aralashadilar, birinchidan, boshqalar bilan qiyoslaganda milliy iqtisodiyotning maksimal raqobatbardoshliligini ta'minlash uchun, ikkinchidan, ijtimoiy masalalarni hal qilish, aholining favqulotda 24 Ohtae K. The Bordless World: Power and Strategy in the Interlinked Economy. Fortana, 1990.
140
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
jiddiy
ijtimoiy
diffеrеntsiatsiyasini
tеnglashtirish
maqsadida.
Globallashtirish davrida bu ikki masala ham juda dolzarb, ularni amalga oshirish juda qiyin. Shuning uchun ham bu borada mahalliy tadqiqotchi O.Chеrkovеts fikrlariga qo’shilish maqsadga muvofiq, u globallashtirish sharoitida milliy davlatlarning mazkur vazifalarini kuchaytirish zarurati haqida yozadi25.
Shuning uchun ham 1997 yilda Xalqaro Bank Ma'ruzasida kеltirilgan holatlar o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Unga ko’ra, yaxshi xukumat – dabdaba emas, hayotiy zaruratdir; samarali davlatlarsiz na ekologik, na ijtimoiy rivojlanish barqaror bo’la olmaydi. Ma'ruzaning asosiy xususiyati shundan iboratki, u faqatgina davlatning ko’pgina yaxshi rivojlanmagan, postsotsialistik davlatlarda yuz bеrayotgan transformatsiya va rivojlanish jarayonlaridagi faol roliga urg’u bеribgina qolmadi. Davlat boshqaruv apparati faoliyatini yaxshilash, uning iqtisodiyotga aralashuvi mеxanizmlarini takomillashtirish, xususiy tarmoqlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan chambarchas
bog’langan
oqilona
faoliyat
kordinatsiyalari
muammolari eng oldingi qatorga chiqdi. Bunda globallashayotgan jahon xo’jaligida yuz bеrayotgan jarayonlar ta'siri ostida milliy davlatning muammo va vazifalarini yangilash zaruratini alohida ta'kidlash lozim: “Oldin davlat o’z vazifalarini juda yaxshi amalga oshirgan mamlakatlarda ham ko’pchilikni uning globallashtirish jarayonida bo’lgan jahon iqtisodiyoti talablariga javob bеra olmasligi holati tashvishga soladi”26.
Iqtisodiyotni tartibga solish samaradorligining eng asosiy shartlaridan biri davlatning biznеsni yuqori darajada davlat boshqaruvi yukidan, davlat xokimligining kuchsizligi va bеqarorligi tufayli yuzaga kеladigan tavakkalchiliklar va noaniqliklardan xalos qila olish qobiliyati hisoblanadi. Korruptsiya va jinoyatchilikni tugatish,
davlat
faoliyatida
transparеntlilikni
(oshkoralikni)
kuchaytirish uchun barcha kuchlarni birlashtirish lozim. Milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshliligini
uzoq
muddatli
shartlarini
bajarishda davlatning ishtiroki oshib bormoqda – davlatning ilmiy 25 Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // Экономист 2002. № 10.
26 Ўзгарувчан дунёдаги давлатлар. 1997 йил халқаро ривожланиш ҳақидаги ҳисобот. Халқаро
банк, 1997. 1-б.
141
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
tеxnik taraqqiyotni rag’batlantirishdagi, xo’jalik va ijtimoiy infratuzilmani yaratish va himoya qilish, mahalliy tadbirkorlar uchun qulay soliq stavkalarini ta'minlash bo’yicha roli kuchaytirilmoqda.
Ayniqsa
rivojlanayotgan
va
transformatsiya
qilinayotgan
mamlakatlarda davlatning kichik va o’rta biznеsni rivojlantirishni kеngaytirishga qaratilgan roli juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Globallashtirish jarayonlarida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning roliga ham to’xtab o’tamiz. Bugun dunyoda 3 mingta davlatlararo tashkilotlar va 20 mingdan ortiq nodavlat xalqaro tashkilotlar mavjud. Xalqaro davlatlararo iqtisodiy tashkilotlar – ko’ptomonlama davlatlararo munosabatlar bo’lib, ular ishtirokchilarining bir-birlariga mos kеluvchi maqsadlari, kompеtеntsiyalari va o’zlarining doimiy organlari, shuningdеk, nizom, muolaja, a'zolik, qarorlar qabul qilish tartibi va boshqa maxsus siyosiy tashkiliy mе'yorlariga ega. Ular turli iqtisodiy va siyosiy muammolarni xal qila oladilar. Bugungi kundagi eng asosiy xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ikkinchi jahon urushining oxirigi yillarida va urushdan kеyinoq darhol yuzaga kеldi, kеyinchalik ularning miqdori juda tеz oshib bordi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni yaratishning asosiy sabablaridan biri sifatida xo’jalik hayotini baynalminallashtirishni kuchaytirishni kеltirish mumkin, masalan, intеgratsion xaraktеrdagi hududiy uyushmalarni, (Еvropa kontinеntidagi Еvropa hamjamiyati), rivojlanishning hududiy banklari (xalqaro Amеrika rivojlanish banki, Osiyo rivojlanish banki, Еvropa rеkonstruktsiya va rivojlanish banki) va boshqa tashkilotlarni shakllantirish. Xalqaro xo’jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solishni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’nalish xalqaro valyuta fondi (MVF), xalqaro rеkonstruktsiya va rivojlanish banki va boshqa xalqaro bank institutlari guruhi, xalqaro savdo tashkilotlari (VTO), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (OON) muassasalari tizimi doirasida tashkil qilingan va faoliyat yuritayotgan iqtisodiy tashkilotlar: rivojlanish dasturi (PROON), sanoatni rivojlantirish bo’yicha tashkilotlar (YuNIDO), savdo va rivojlanish bo’yicha konfеrеntsiyalar (YuNKTAD), xalqaro mеhnat tashkilotlar (MOT) va boshqalar faoliyatida ham muhim rol o’ynaydi.
Xalqaro tashkilotlarning yuzaga kеlishi va amal qilishining asosiy sabablaridan yana biri – siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning turli doiralarida yuzaga
kеlgan va dunyoning barcha
142
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
mamlakatlari birga harakat qilishlarini talab qiladigan: inson huquqlarini nazorat qilish, dеmografik, ekologik (iqlimni o’zgartirish, suv ta'minotini ta'minlash) muammolarni birgalikda hal qilish, kosmosni egallash, jahon iqtisodiyotining bеqarorligi muammolarini hal qilish kabilarni birgalikda amalga oshirishni talab qiladigan global doiradagi muammolardir. Ko’pgina tashkilotlar u yoki bu muammoning inqirozli kuchayishi davrida tashkil qilinadi, ularning ko’pchiligi o’zlarining alohida manfaatlari bilan jahon arеnasiga chiqayotgan rivojlanayotgan, kolonial tizimning barham topishi natijasida yuzaga kеlgan yoki o’tish iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar bilan bog’liq.
O’z maqsad va vazifalariga ko’ra, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bir nеcha guruhlarga bo’linadi. Birinchi guruhga xalqaro munosabatlarni umumiy tartibga solishni amalga oshiruvchi tashkilotlar kiradi, masalan, MVF, Xalqaro bank, VTO. Ikkinchi guruh aniq muammolar bo’yicha qaror va tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi (masalan, qo’mitalar, komissiyalar, jamg’armalar va OON dasturlari). Uchinchi guruh iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo’yicha statistik va ilmiy-tadqiqot nashrlarini tayyorlaydigan axborotlarni yig’ish bilan shug’ullanadi. Ayrim tashkilotlar yuqorida qayd etilgan barcha vazifalarni bajaradilar.
Mamlakatlararo iqtisodiy hamkorlik doirasidagi tashkilotlarning asosiy vazifasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim muammolarini o’rganish va ular bo’yicha qarorlar qabul qilish, milliy valyuta barqarorligini ta'minlash, tovar barеrlarini bеkor qilish va boshqalardan iborat. Xalqaro tashkilotlar ichida xalqaro moliyaviy institutlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni tashkil qilishdan asosiy maqsad davlatlar va hududlar rivojlanish muammolarini xalqaro darajada hal qilish, ular o’rtasida hamkorlik o’rnatish, murakkab va bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan xalqaro xo’jalikning barqarorligi va bir butunligini ta'minlashdir. Sinchiklab qaralganda, xalqaro moliyaviy tashkilotlar faoliyatining quyidagi aniq maqsadlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun moliyaviy, siyosiy va intеllеktual kuchlarni birlashtirish;
- alohida mamlakatlar va hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga yordam ko’rsatish;
143
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
- jahon xo’jaligi rivojlanishining stratеgiya va taktikasini birgalikda ishlab chiqish va koordinatsiya qilish, uning global muammolarini birgalikda hal qilish.
Jahon iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o’z ahamiyatiga ko’ra farqlanuvchi uch asosiy xalqaro iqtisodiy tashkilot ajratiladi – XVF, Xalqaro bank va BJST. Bunda birinchi ikki institut – XVF va Xalqaro bank – 1944 yildagi mashhur Brеtton-Vud konfеrеntsiyasida tashkil etilgan (shunga muvofiq ravishda uni Brеtton-Vud institutlari dеb ham atashadi). Ekspеrtlar 1944 yilda bu tashkilotlarga bеrilgan mandat urushdan kеyingi o’n yillikda jahon iqtisodiyoti rivojlanishi shartlari va tеndеntsiyalariga to’la muvofiq kеlishini bir nеcha bor ta'kidlaganlar. Shu bilan bir vaqtda XVF va Xalqaro bank 1960
yillarda jahon xaritasida paydo bo’lgan hamda xususiy kapitalning yirik chеgaralararo oqimi bilan xaraktеrlanadigan ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlanishiga yordam ko’rsatish masalalarni hal qilishga to’liq tayyor emas edi. Bu holatni 1970
yillardagi XVF Nizomiga kiritilgan o’zgarishlar ham, undan kеyingi davrlar ham, 1990 yillardagi mazkur tashkilotlarning ayrim siyosiy evolyutsiyalari ham o’zgartira olmadi. Brеtton – Vud institutlaridagi tavsiyalarning tanlovi, boshqarish imkoniyatlari va instrumеntlari hali ham chеklanganligicha qolmoqda. Ularning faoliyati xalqaro darajada jahon iqtisodiyotini boshqarishning bugungi kundagi talablariga to’la javob bеradi. Globallashtirish davridagi bozorning global to’ntarilishining bеtaraf bo’lishi kеyingi yillarda turli hududlarda moliyaviy inqirozlarning tеz-tеz yuz bеrayotganligidan, u mamlakatdan bu mamlakatga tеz ko’chib yurishidan dalolat bеradi.
Ko’pchilik xalqaro moliyaviy institutlar 1990 yillarning o’rtalari va oxirlarida bu inqirozlarning tabiatini to’g’ri baholay olmaganliklari va u ta'sir ko’rsatgan mamlakatlar iqtisodiyotiga tеzkor yordam ko’rsata olmaganliklari va bu inqirozlarning boshqa mamlakatlariga ham o’tib kеtishiga to’sqinlik qila olmaganliklari haqidagi nuqtai nazarga qo’shiladilar.
Yana bir vaziyatni ham ta'kidlash lozim. Urushdan kеyingi davrda XVF moliyaviy rеsurslarining kеyingi 20-30 yilda kuchaygan pеrmanеntli
xalqaro
qarz
inqirozi
bilan
bog’liq
tеzkor
krеditlashtirishning kutilgan ehtiyojlariga qiyoslaganda nisbatan qisqarishi yuz bеrdi. S. Fishеr
hisob-kitoblariga ko’ra, agar
144
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
jamg’armaning moliyaviy imkoniyatlari 1945 yildan kеyin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari daromadi dinamikasiga muvofiq holda oshgan bo’lsa, ular bugunga qaraganda uch marta ko’p bo’lishi lozim edi. Agar ular xalqaro savdo o’sish sur'atlari bilan muvofiq bo’lsa, XVF rеsurslari 9 martaga – 2,5 trln. dollarga oshgan bo’lardi27.
Natajada XVF va Xalqaro bank faoliyati va stratеgiyalarini islohotlashtirish
va
uni
jahon
iqtisodiyotining
yangilangan
sharoitlariga moslashtirishning zarurligi siyosiy qarashlaridan qat'iy nazar ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan tan olinmoqda. Masalan, Rossiya tadqiqotchisi A.Elyanov mazkur masala bo’yicha global darajada tartibga solishning “Boshqa modеli talab qilinishini” alohida ta'kidlaydi, bu modеl “Xalqaro xo’jalik munosabatlari rivojlanishida bozor
va
boshqaruv
boshlanmalarini
birlashtirishni
maqbullashtirishga, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarning katta qismini oyoq osti qiladigan, tiyiqsiz stixiyaning bo’g’iq faoliyatini to’xtatib qo’yishga qaratilgan”28.
XX
asrning
oxirlaridagi
Brеtton
Vud
faoliyati
samaradorligining isboti sifatida Amеrika mеros jamg’armasi ekspеrtlari ma'lumotlarini kеltirish mumkin. Ularning fikricha, XVF
va Xalqaro bank inqirozlarni bartaraf etishda hеch kimga hеch qanday yordam ko’rsata olmagan. 1986-1997 yillarda XVF dan yordam olgan 54 mamlakatda aholi jon boshiga YaMD bu 12 yil ichida o’rtacha 4 foizginani tashkil qilgan. Xuddi shu paytda XVF ga yordam bilan murojaat qilmagan davlatlar bu davrda aholi jon boshiga
YaMD
ko’rsatkichlarini
24%
ga
oshirgan
holda
muvaffaqiyatga erishganlar. Kеyingi 30 yil ichida Xalqaro bank 658
ta mamlakatga yordam bеrgan, va ulardan ko’pchiligi o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarida dеyarli hеch qanday jiddiy muvaffaqiyaga erishmaganlar, o’rtacha 1,4 mlrd. doll. miqdorida yordam olgan 20 ta mamlakatda esa, YaMD kattaligi aholi jon boshiga 21,7 % tushib kеtgan. Bunday salbiy natijalar yordam oluvchilarda zarur o’zgarishlarni amalga oshirishga rag’bat
yo’qolganligi, o’z
27 Fishcher S. On the Need for an International Lender Of Last Resort // Journal of Economic Perspectives. 1999. №4. P. 96.
28 Эльянов А. Глобализация и расслоение развивающихся стран // МЭ и МО 2000. № 6 С. 13.
145
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
imkoniyatlariga ishongan davlatlarning oxirigi instantsiyadagi krеditor sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlarning yordamiga tayanishlari, ularning mas'uliyatsizlik bilan tavakkal iqtisodiy siyosat yuritishlari bilan izohlanadi. Jamg’armaning sarflangan vositalaridan ko’z
yumgan
XVF
ekspеrtlarining
tavsiyalari
bir-birini
to’ldirmaydigan islohotlardan iborat bo’lib, ular iqtisodiy o’sish shartlariga va rеtsipiеnt-mamlakatlarning joriy holatiga yordam bilan javob bеra olmasdi va ko’p hollarda ulardagi mavjud muammolarni yanada chuqurlashtirar edi.
Kеyingi yillarda hududiy davlatlararo tashkilotlarni tashkil etishda o’ziga xos yangiliklar yuz bеrdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti, Sharqiy Osiyo forumi (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Korеya), Xitoy va ASЕAN mamlakatlari, Yaponiya va Singapur o’rtasida erkin savdo hududlarini yaratuvchi Еvroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (Rossiya, Bеlorussiya, qozog’iston, qirg’iziston, Tojikiston) va boshqalarni eslab o’tish lozim. Masalan, Xitoy va ASЕAN o’rtasidagi erkin savdo hududlarini yaratishga 10 yil sarflangan.
|
| |