3. paxtani quritish




Download 42.56 Kb.
bet1/8
Sana30.10.2022
Hajmi42.56 Kb.
#28552
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PAXTANI QURITISH


PAXTANI QURITISH
3. PAXTANI QURITISH
3.1. Quritish jarayoni
Paxtatayyorlashmaskanlarida paxtani dastlabki qayta ishlashdagi asosiy tadbirlardan biri – bu nam paxtani quritish. Paxta tayyorlash maskanlarida nam paxtani uzoq vaqt saqlashga tayyorlash uni quritish jarayonidan boshlanadi.
Umumiy texnologik jarayonda quritish tadbirlari paxtani tozalash, tolasi va momig’ini ajratishga tayyorlash vazifasini bajaradi.
Paxta tozalash korxonalarida paxtani quritish tabiiy gaz yoki traktor kerosinini yoqish mahsulotlari va atmosfera havosi (3.1.-jadval) aralashmasidan tashkil topgan quritish agenti bilan ishlatiladigan 2SB-10 va SBO rusumli quritgichlarda amalga oshiriladi. Quritish agenti issiqlikni paxtaga olib kelish va bug’langan namlikni quritish kamerasidan olib chiqib ketish vazifasini o’taydi.
Quritish agentining termodinamik holatini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichlar uning nisbiy hajmi, zichligi, harorati va bosimi hisoblanadi.
3.1-jadval
Quritish agentining taxminiy kimyoviy tarkibi

Tarkibiy moddaning nomi

Quritish agentidagi miqdori, %

Gaz yoqilganida

Traktor kerosini yoqilganida

Kislorod (O2)

19,6

19,0

Azot (N2)

79,6

79,8

SO2 gazi

0,8

1,2

O’rtacha zichlik havo vaznining hajmiga nisbati bilan ifodalanadi, kg/m3.
go’r = m/V
Nisbiy hajm zichlikning teskari qiymati:
VN = 1/go’r
Nam havoning nisbiy hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi (m3/ kg quruq havo):
Rh∙T
VN = ­­ ————–,
V-Rt
bu yerda: T – mutloq harorat, °K; V-barometrik bosim, Pa; Rt –to’yingan bug’ bosimi, Pa; Rh – havo uchun gaz doimiyligi, bunda u 286,85 J/kg∙gradga teng.
Nam havoning zichligi (kg/m3) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
V j . Pt
g = ——— – 0,0129 ———–,
Rh ∙T 100∙T
bu yerda j – havoning nisbiy namligi, %
Havoning namlik sig’imi – nam havodagi suv bug’ining 1 kg quruq havoga nisbati (kg/kg quruq havoga) bilan o’lchanadi.
Nam havoning undagi 1 kg quruq havoga to’g’ri keladigan issiqlik sig’imi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi, (kJ/kg °S):
Sa = Sh +Ct×d,
bu yerda: Sh = 1,008 kJ/kg∙0S, – quruq havoning issiqlik sig’imi: St=1,974 kJ/kg∙0S – to’yingan havo bug’ining issiqlik sig’imi; d – namlik sig’imi, kg/kg quruq havo.
Muxandislik hisoblari uchun nam gaz entalьpiyasi (issiqlik sig’imi) ushbu empirik formula bo’yicha aniqlanadi (kJ/kg):
J = t + (2490+1,97∙tt) d,
bu yerda: t– atrof muxit harorati, °S; tt– to’yinish harorati, °S.

Download 42.56 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42.56 Kb.