Paxtaning quritish ob’ekti sifatida tavsifi




Download 42.56 Kb.
bet2/8
Sana30.10.2022
Hajmi42.56 Kb.
#28552
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PAXTANI QURITISH
ro\'yxat (1) (1), soliq 01-04-2022
3.2. Paxtaning quritish ob’ekti sifatida tavsifi
Paxta tarkibida tola qatlami, chigit va iflos aralashmalari bo’lgan ko’p komponentli materialdir.
CHigit mag’izi o’z tabiati bilan kolloid,strukturasi bo’yicha – kapillyar-g’ovaklimateriallarga kiradi. Rebinder klassifikatsiyasi bo’yicha namlikning material bilan bog’lanishshakligabinoan chigitmag’izi osmotikbog’langan va kapillyar namlikni o’z ichiga oladi.
CHigit qobig’ining strukturasi daraxtsimon o’simliklartuzilishigao’xshaydi. Pishib yetilgan chigitning qobig’i bir necha (25´10-5 – 35´10-5 m, ba’zi hollarda esa 53´10-5m qalinlikka ega bo’lgan) qavatlardan iboratdir.
CHigit qobig’i quritish ob’ekti sifatida kapillyar-g’ovaklikolloid materiallarga kiradi va unda namlik, asosan, kapillyar kuchlar bilan bog’langan. Ammo qobiqda adsorbtsion bog’langan va osmotik ushlanib turgan namlik ham bor.
Tola o’zining tuzilishi bo’yicha kapillyar–g’ovakli, asosan, kapillyar-adsorbtsion namlikga ega bo’lgan materialga kiradi.
Paxta quritish jarayonida bo’lganda tolaning quritish agenti bilan fazoviy uchrashuv yuzasi chigitnikidan 180-200 marta ko’p.
Paxta quritish ob’ekti sifatidanamligi, gigroskopik va issiqlik-fizik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Paxtaning namligi namlik miqdori bo’yicha aniqlanadi (kg/kg):
G n
W = —— ,
G mq
bu yerda: G n – paxtadaginamlik miqdori, kg;
G mq – paxtaning mutloq quruq qismi vazni, kg
Gn
(Paxtaning namligi W = —— . 100 %)
G mq
Paxtaning gigroskopik xususiyatlari namlikni olish va berish qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Paxta komponentlarining gigroskopik xususiyatlari turlicha va bu paxtaning muvozanatli namligida ularning turli namlikka ega bo’lishini ifodalaydi.
Quritish jarayonida tola va chigitni proportsional suvsizlantirish umumiy holda paxtaning muvozanatli namligi bilan tavsiflanadi.
Quritish jarayonini quritish agentining nisbiy namligi j 0,1 dan 0,9 oralig’ida bo’lganda amaliy hisoblar uchun paxta muvozanatli namligini qoniqarli sifatda ushbu empirik tenglama bilan hisoblash mumkin:
lg Wm = 0,9 + lg (2,0+0,0037 T),
bu yerda: W m – muvozanatli namlik, %; T – paxtani mutloq shkala bo’yicha isitish harorati, ˚K.

Download 42.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 42.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxtaning quritish ob’ekti sifatida tavsifi

Download 42.56 Kb.