• 3.3.2. Quritgichning issiqlik balansi
  • Quritish jarayonini hisoblash




    Download 42.56 Kb.
    bet4/8
    Sana30.10.2022
    Hajmi42.56 Kb.
    #28552
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    PAXTANI QURITISH
    ro\'yxat (1) (1), soliq 01-04-2022
    3.3. Quritish jarayonini hisoblash
    3.3.1. Quritish jarayonida paxtaning material balansi
    Quritish qurilmalarining namlik bo’yicha unumdorligini hisoblash moddalar miqdori saqlanish qonuniga asoslangan. Bug’langan namlik miqdori quritilgan paxta hajmi bilan quritish balansi tenglamasi orqali bog’langan.
    Quritgichga uzluksiz ravishda berilayotgan paxtaning boshlang’ich vazni Go bug’langan namlik vazni W va quritilgan paxta vazni G1 ga bo’linadi. O’rnatilgan ish tartibi jarayonida material balansi tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
    Go= G1+ W
    Quritgichga berilayotgan material vaznini mutloq quruq material vazni
    GMQ bilan va undagi bo’lgan namlik vaznini
    W1
    ………………….—- GMQ
    ………………… 100
    bilan ifodalab, quyidagini yozish mumkin:
    W1
    Go = CMQ (1 + ——)
    100
    Bunda quritilgan paxta vazni quyidagicha aniqlanadi:
    W2
    G1 = CMQ (1 + ——–),
    100
    bu yerda: W1 – quritgichga tushayotgan paxta namligi, %;
    W2 – quritgichdan chiqayotgan paxta namligi, %.
    SHunday qilib, bug’langan namlik miqdorini quyidagi ifodadan topish mumkin:
    W– W W– W2
    W = Go————— = G1 ————-
    100 + W 100 + W2
    3.3.2. Quritgichning issiqlik balansi
    Quritgichda umumiy sarflangan issiqlik miqdoriquyidagicha ifodalanadi:
    åQ = Q1 + Q2 + Q3 + Q4 + Q5,
    bu yerda: Q1 – namlikni bug’latishga ketgan issiqlik miqdori,J/h.
    Q1=W∙(ibII – Cc q1),
    bu yerda: Wn – bug’latilgan namlik miqdori, kg/h;
     ibII – chiqib ketayotgan gazlar ko’rsatkichlari t2 va j2 bo’lganda bug’ning issiqlik miqdori; ibII= 2491´10+ 1968 t2 J/kg;
    Ss– materialdagi bo’lgan suvning issiqlik hajmi, Ss = 4187 J/kg°S;
    q1 – materialning boshlang’ich harorati, °S;
    Q2 – chiqarilayotgan quritish agenti bilan ketadigan issiqlik, J/h:
    Q2=Lk (994,83+1,97 d2 ) (t2 – t0),
    bu yerda: Lk – chiqib ketuvchi havo sarfi, kg/h; (994,83 + 1,97 d2) – tashqi havo bilan keltirilgan issiqlik sig’imi, J/kg°S; t2-chiqib ketuvchi gaz harorati, °S; to – atrof muhit havosining harorati, °S.
    Q3 – chiqarilayotgan paxta bilan yo’qotiladigan issiqlik, J/h:
    Q3 =G1 x C2 (q2 – q1),
    bu yerda: S2 – quritib chiqarilayotgan paxtaning issiqlik sig’imi, J/kg°S; q1 va q– quritgichga beriladigan va quritgandan keyin paxtaning harorati,°S; G– quritilgan paxtaning vazni, kg.
    Q4– quritgich tomonidan atrof muhitga yo’qotiladigan issiqlik:
    Q4 = K´ F (to’r – to),
    bu yerda: K – quritgich devori orqali issiqlik yo’qotish uzatish koeffitsienti J/m2∙h∙°S; F – quritgichning tashqi sirti, m2; to’r – quritgichdagi o’rtacha harorat, ˚S; to – atrof muhit harorati, °S.
    Q5 – hisobga olinmagan boshqa issiqlik yo’qotishlar.
    1 kg bug’latilgan namlik uchun umumiy nisbiy issiqlik yo’qotish quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
    Q1 Q2 Q3 Q4 Q5
    S·q = q1 + q 2+ q3 + q4 + q5 = —— + —– + —— + —— + —– .
    Wnn Wn Wn Wn
    Materialni quritish uchun sarflanadigan foydali issiqlik miqdori – bu q1 . SHunday qilib, quritish qurilmasining foydali ish koeffitsenti hpaxtadan 1 kg namlikni bug’lantirish uchun ketadigan issiqlik miqdorining sarflanadigan umumiy issiqlik miqdoriga foizlardagi nisbati bo’lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    q1
    h = ——– 100.
    Sq
    3.1-rasmda 2SB-10 quritgichda issiqlik sarfi taqsimlanishi (misol) keltirilgan. Diagrammadan ko’ringanidek foydali sarflangan issiqlik hammasi bo’lib 40 % ni tashkil etadi (namlikni bug’lantirishga 35 %).

    Download 42.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 42.56 Kb.