• 3.5.1. TJ-1,5 va IICH-1,9 issiqlik ishlab chiqargichlar
  • Paxta quritish qurilmalarini issiqlik bilan ta’minlash




    Download 42.56 Kb.
    bet6/8
    Sana30.10.2022
    Hajmi42.56 Kb.
    #28552
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    PAXTANI QURITISH
    ro\'yxat (1) (1), soliq 01-04-2022
    3.5. Paxta quritish qurilmalarini issiqlik bilan ta’minlash
    Paxta quritgichlarini issiqlik bilan ta’minlash maxsus qurilma – issiqlik ishlab chiqargichlar bilan amalga oshiriladi. Ularda yonilg’ini yoqish, olinadigan yuqori haroratli yonish mahsulotlarini atmosfera havosi bilan aralashtirish (kerakli haroratgacha va vazniy sarfgacha haroratini pasaytirish) va bu gaz havo aralashmasi – quritish agentini quritish kamerasiga berish ishlari bajariladi.
    Har qaysi paxta quritgichi odatdagidek issiqlik bilan ta’minlash qurilmasi bilan bog’lanadi. Qurilma quritgich ishlab chiqarish quvvatiga to’g’ri kelib, yonilg’ining to’liq (kimyoviy va mexanik to’liq yonmasligisiz) yonishini ta’minlashi va paxtaning dastlabki qayta ishlanishini, sanitariya-gigiena va texnologiya talablariga javob beradigan quritish agenti tayyorlab berishini ta’minlashi kerak. Bunda faqat issiqlik ishlab chiqargichlar loyihalanayotganda hisobga olingan va fizik-kimyoviy tarkibi bo’yicha amaldagi standartlar talablariga javob beradigan yonilg’ilardan (texnik kerosin va tabiiy gaz) foydalanishga ruxsat etiladi.
    Issiqlik ishlab chiqargichlarni joylash va o’rnatish ishlari loyihaga qat’iy amal qilgan holda va ularni yig’ishda, bog’lashda, quritishda, saqlashda va paxtani qayta ishlashda yong’in xavfsizligi talablari hamda gaz xo’jaligidagi xavfsizlik qoidalari bajarilishi kerak.
    So’nggi yillarda paxta quritish qurilmalarida eskirgan agregatlar samaradorroq, suyuq va gazsimon yonilg’idan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan TJ-1,5 va IICH-1,9 issiqlik ishlab chiqargichlarga almashtirildi. Mazkur issiqlik ishlab chiqargichlar quritish agentining harorat ko’rsatkichlarini 70-300 °S va uning hajmiy sarfini 18000-24000 m3/h keng diapazonda sozlash imkoniga egaki, shular tufayli har qaysi quritish qurilmasini issiqlik bilan ta’minlash mumkin.
    3.5.1. TJ-1,5 va IICH-1,9 issiqlik ishlab chiqargichlar
    Yonilg’ini tsiklon usulida yoqish, yondirishni tugallash qurilmali issiqlik ishlab chiqargichlari yoqish mahsulotini amalda kimyoviy va mexanik yonib tugallangan holatda olish imkonini beradi.
    Issiqlik ishlab chiqargichlarning sxemalari 3.7va 3.8rasmlarda keltirilgan.

    1. 7-rasm. TJ-1,5 rusumli issiqlik ishlab chiqargichning sxemasi

    1- filtr; 2- nasos; 3- qobiq; 4- eshikcha; 5- qopqoq; 6- o’tga chidamli g’isht;
    7- yondirish kamerasi; 8- quvur; 9- teshiklar; 10- yonishni tugallash vositasi;
    11- aralashtirish kamerasi; 12- ventilyator; 13- tutun so’rgich; 14- havo qopqog’i.
    3.8-rasm. IICH-1,9 rusumli issiqlik ishlab chiqargich sxemasi
    1 – yondirish kamerasi; 2 – yonish jarayonini tugallash kamerasi;
    3 – aralashtirish kamerasi; 4 – quvur; 5 – ventilyator.
    Suyuq yonilg’i (texnik kerosin) 29,4´104 – 78,5´104 Pa (3-8 kg/sm2) bosim ostida purkagichlarga beriladi va changlatilgan holda yonish kamerasining ustki qismiga boradi, u yerda yuqori harorat ta’sirida bug’lanadi va qisman gaz holatiga kiradi. Bir vaqtning o’zida kameraning bu zonasiga yuqorigi quvur orqali tangentsial yo’nalishda birlamchi havo kiritiladi, u tezlik bilan yonilg’i massasi bilan aralashib, yonuvchi aralashma hosil qiladi. Bunda hosil bo’lgan alanga yoqish traktidagi tutun so’rg’ich bilan hosil qilinadigan Havo siyraklanishi hisobiga yonish kamerasi bo’yicha pastga tarqaladi, tangentsial yo’nalishda kiritilgan ikkilamchi havo oqimi bilan uchrashadi va tezlik bilan gazlashib bo’lgan yonilg’i bilan aralashadi. Yonilg’ining yonib bo’lmagan bo’lakchalari yonishni tugallash qurilmalarida ortiqcha kislorod ta’siri ostida yonib tugaydi. Yonish mahsulotlari aralashuv kamerasiga o’tadi, u yerda atmosferadan kelayotgan havo oqimi bilan aralashadi va natijada quritish agenti hosil bo’lib, quritgichga uzatiladi. Har qanday ish sharoitida issiqlik ishlab chiqargichning foydali ish koeffitsienti 95-98 % atrofida o’zgaradi.
    Issiqlik ishlab chiqargichlarning me’yoriy, havfsiz ishlatilishini ta’minlash uchun u nazorat asboblar yig’ini va xavfsizlik avtomatikasi vositalari bilan jihozlanadi.
    Xavfsizlik avtomatikasi vositasi qurilmasi yondirish kamerasida alanga o’chib qolganda va tutun so’rg’ich oldida siyraklanish 290 Pa (30 mm H2O) dan pasayganda yonilg’i berish to’xtatilishini ta’minlaydi.

    Download 42.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 42.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Paxta quritish qurilmalarini issiqlik bilan ta’minlash

    Download 42.56 Kb.