3-Seminar mashg’uloti. Fizikadan olingan bilim, ko`nikma va malakalarni muvaffaqiyatli




Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi278.13 Kb.
#46330
  1   2   3   4
Bog'liq
3- seminar mashg\'uloti
bioetika 1mavzu, Fan Algoritmlar va ma\'lumotlar strukturalari, Asosiy elementar funksiyalar., parrandachilikda-naslchilik-ishlarini-tashkil-etish, Suyunova Gulmira, 152709, 10 sinf zakovat, Kompyuter taminoti Mustaqil ish, naqshbandiya-ta-limotining-tarbiyaviy-ahamiyati, 3006ebdc-b129-42c5-ac06-6176fb2f9546, майыплыгы болганлар, 1 маруза, a4428e50-84ef-455f-8412-f2edbacbc876, qlLi5yDXVZzgF4oVKmbNpv47DmzrxZpNAQReYtQU


3-Seminar mashg’uloti. Fizikadan olingan bilim, ko`nikma va malakalarni muvaffaqiyatli 
o`zlashtirishni nazorat qilish testlarini ishlab chiqish.
Reja:
1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 
2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. 
3. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. 
4. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. 
5. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari. 
1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 
Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni 
amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis 
– bu didaktik jarayon kechadigan 
barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni 
samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. 
Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta’lim 
olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida 
ham qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda 
aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, tashhis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki 
tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini 
ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini 
ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi: 


O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy 
tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va 
baholas
h maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham 
baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani 
kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, 
bahoning: 
1.
ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki; 
2.
u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq 
belgilanishi zarur. 
Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug’ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham 
ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga 
chaqirgan. 
Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning 
asosida yotadi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, 
Didaktik nazorat ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi 
xususiyatg
a ega bo’lishi o’z-o’zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi 
uchun zarur va foydali bo’lishi lozim. 
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki 
baho yordamida o’qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. 
O’quvchilarning o’quv mehnatini rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida 
kuch to’plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. 
Tashhislash tizimida baho rag’batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi 
navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashhislash natijalari shaxsning 
etuklik darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim 
omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda 
o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning 
jamiyatdagi mav
qei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. 

Download 278.13 Kb.
  1   2   3   4




Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Seminar mashg’uloti. Fizikadan olingan bilim, ko`nikma va malakalarni muvaffaqiyatli

Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish