300 microsoft excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar abduvali Yusupaliyevich Mo‘minov




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.05.2024
Hajmi1,01 Mb.
#248358
1   2   3   4
Bog'liq
300-303 (5)

301
 
Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. 
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. 
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan
ifodalardir. 
Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga 
kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil 
bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel 
avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil 
qilib beradi. 
MS Excel dasturining asosiy ishlov berish obyekti 
hujjatlar (Dokumentlar)
hisoblanadi. 
MS Excel dasturi hujjatlari (Dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega 
bo‘lgan fayllardir. MS Excel dasturida bunday fayllar 
«Ishchi kitob»
deb ataladi. Har bir ishchi 
kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri 
«ishchi 
varaq»
deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun 
Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. Excel dasturida ishchi kitobning tarkibiy 
elementlaridan biri 
ishchi varaq,
ya’ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa 
yacheyka 
va 
diapazonlardir

Yacheyka 
— bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun 
kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va
qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator 
kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli 
axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh
diapazon 
deb ataladi. Diapazon manzilini 
ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar 
manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan -A1:A4 

Download 1,01 Mb.
1   2   3   4




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



300 microsoft excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar abduvali Yusupaliyevich Mo‘minov

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish