31-Mavzu: Utilita dasturlari va vazifalari. Reja: Utilita dasturlari




Download 20.85 Kb.
Sana25.10.2022
Hajmi20.85 Kb.
#28116
Bog'liq
31-Mavzu Utilita dasturlari va vazifalari. Reja Utilita dastur
Elektr o\'lchash dastur reja, 95c89d9b3b09d9c21b6e0957be38abdb, referat - E`TIROFGA LOYIQ MAXALLA, referat - Egalik qo’shimchalari, Отчёт Medhub, bulutli texnologiyalar, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Namunaviy odob ahloq 31.08.2023 282-б, Mikroiqtisodiyot

31-Mavzu: Utilita dasturlari va vazifalari.
Reja:

  1. Utilita dasturlari.

  2. Utilita vazifalari.

Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar.
Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini
tezlashtiruvchi dasturlar, ma’lumotlar hajmini o‘zgaruvchi dasturlar, viruslarni
aniqlovchi dasturlar va hokazo. Masalan, qattiq disk (vinchester) bilan turli ishlarni
amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur.
Vinchesterni bo‘laklarga bo‘lish, uning ma‘lum bo‘laklarini parol bilan
himoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi.
Diskning holatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dasturi
ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi
va bartaraf etiladi.
Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya qilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib
chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dasturi mavjuddir. Uning yordamida
diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat
qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturlarni ishlatish qulay bo‘lib, dialog darchasida hosil
bo‘ladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar
guruhlarga birlashtirilib, ularning eng ko‘p ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools
Deluxe, Mace Utilities lar bo‘lib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga
bo‘lib chiqish mumkin:
• Siqadigan dasturlar maxsus usullarni qo‘llagan holda ma‘lumotlarni siqilgan
holda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini hosil qilishga yordam beradilar. Masalan,
PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bo‘la oladi.
• Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini hosil qiladigan dasturlar qattiq
u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga
nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.
• Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish
uchun xizmat qiladilar.
• Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun
ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate,
Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon kanallari orqali muloqot
qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini
faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar.
• Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga
layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room,
System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish
uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qo‘llanilishi mumkin.
• Disk uchun mo‘ljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot o‘qishni ancha
tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu holda operativ xotirada diskning tez-tez
ishlatilib turadigan bo‘laklarini o‘z ichiga olgan kesh-bufer hosil qilinadi.
Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik.
• Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma‘lumotlar
hajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan,
Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.
• Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi
mumkin bo‘lgan informatsiya hajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan,
Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari.
• Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni
boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe
dasturi.
• Xotirani boshqarish uchun mo‘ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq
boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari
xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tishga
yordam beradi.
Boshqa ko’p tarqalgan tizimli dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-
qoplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion tizimga tashki va ichki qurilmalar bilan
ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar
chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan:
monitorlar drayverlari, CD-ROM lar drayverlari va hokazo.
Dastur qoplamalar bu operatsion tizimning imkoniyatlardan chiroyli va qulay
holda foydalanishni ta’minlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqlisi bu NORTON
COMMANDER dasturi.
Download 20.85 Kb.




Download 20.85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



31-Mavzu: Utilita dasturlari va vazifalari. Reja: Utilita dasturlari

Download 20.85 Kb.