• Kechki va tungi uy kiyimi.
  • 36-ma’ruza. Trikotaj matodan ayollar ko’ylagini modellashtirish reja




    Download 2.76 Mb.
    bet1/2
    Sana20.10.2022
    Hajmi2.76 Mb.
    #27622
      1   2
    Bog'liq
    36 mavzu
    Abduraimov Shaxzod kurs ishi, 35 mavzu, 5, 003.uz.ru.ru.tg, 5-sinf bayonlar1

    36-MA’RUZA. TRIKOTAJ MATODAN AYOLLAR KO’YLAGINI MODELLASHTIRISH
    Reja:

    1. Zamonaviy kiyimlarni tasnifi

    2. Kechki va tungi uy kiyimi

    3. Kundalik ust kiyimlar


    Tayanch iboralar: Standart, modellashtirish, namunaviy qomat, nim yopishgan, siluet, individual qomat, bezakli, gulli, shaffof


    Zamonaviy kiyimlarni tasnifi. Zamonaviy kiyimlarni modellashtirishda milliy kiyim fakturasidan foydalanish mumkin, masalan, tukli, g'adir-budur yuzali, ilmoqli, qalinlashgan tolalardan to'qilgan trikotaj matolar shular jumlasidandir. Trikotaj matoda milliy kiyimning qo'l bilan gul bosish usuli ishlatilishi mumkin. Zamonaviy kiyimda milliy kulolchilik, o'yinchoqlar, devorga va yog'ochga solingan naqsh, metall o'ymakorligi hamda me'moriy asarlar aks ettirilishi mumkin. Kiyimning ushbu milliy xalq san'atining manbalariga taalluqli bo'lmagan elementlarining ijodiy qayta ishlanishiga juda katta sinchkovlik bilan qarash kerak. Ulardan mohirona foydalanish zamonaviy trikotaj kiyimlar yaratishda ajoyib natijalar baradi.
    Kechki va tungi uy kiyimi. Kechki va tungi uy kiyimi hamda ich kiyimi. Ich kiyim avvalo gigiyenik talablarga javob barishi kerak. Ular gidroskopik yuvishga chidamli bo'lishi zarur.



    Barcha ich kiyimlar mavsumiy hamda kechki va tungilarga bo'linadi. Xalat ertalabki va kechki pardoz uchun mo'ljallangan kiyim sifatida o'zining kompozitsion yechimi bo'yicha kiyiladigan ich kiyim bilan bog'liq bo'lishi kerak.
    Kuzgi va qishki ust kiyimi. Kuz va qishga mo'ljallangan kiyim isitish sifatiga ega bo'lishi lozim, yupqa va elastik bo'lishi mumkin. Juda yupqa, qayishqoq ich kiyimlari yopishib turadigan siluetga ega bo'lishi kerak.
    Bunday kiyimlarga ko'ylak, mayka, kalta yengli futbolkalar va uzun pantalonlar kiradi. Trikotaj buyumlar va matolarga rangli tolalar to'qishi bilan tasvir hosil etish yoki rangli tasvir bilan bezalishi mumkin.
    Qayishqoq va mayin ich kiyimlar asosan bichish usuli bilan tayyorlanadi. Bunday ich kiyimlariga ichki ko'ylak, kombinatsiya va pantalonlar kiradi. Konstruksiyalashda ularning shakli hisobga olinadi, konstruksiyalash davomida murakkab konfiguratsiyalar, ayniqsa, ko'p miqdordagi gorizontal tikilish choklaridan chegaralanish lozim.
    Kombinatsiyaning to'g'ri va etak qismi biroz kengaygan bo'lishi kerak. Kalta va o'rtacha uzunlikdagi pantalonlar yopishib turishi lozim. Bu buyumlar uchun silliq, pishiq to'qilgan, past patli issiq trikotaj matolarni ishlatish mumkin.
    Bezakli tasvirli to'qilgan matolar, tayyor kiyimlar rangiga mos keladigan zeyaklar (jiyak), mayin bezak to'r va tasmalar trikotaj bezagi bo'la oladi.
    Kuzgi va qishki ich kiyimlar uchun mo'ljallangan mato tiniq tusda, ochiq va qoramtir rangli bo'lishi kerak, lekin ularning rangi yorqin bo'lmasligi lozim.

    Kuzgi va qishki ich kiyimlar. Kuzgi va qishki ich kiyimlariga ko'ylak va pijamalar kiradi. Bunday kiyimlar konstruksiyasi insonning erkinligini ta'minlashi kerak. Uyqu uchun mo'ljallangan ich kiyimlar bichilgan bo'ladi. Ularni juda yupqa, nafis, silliq yoki naqshli to'qilgan matodan yorug', nozik tuslarda tayyorlashadi. Bunday kiyimlarni pardozlashda ingichok va keng baykalar yoki asosiy mato tusida, ba'zida kontpast tusdagi krujevalar ham qo'llanadi.
    Modallashtirishda qishki uyqu ich kiyimining yoqa o'mizini ko'p ochmaslik lozim, ular uzun yengli bo'lishi shart.
    Bahorgi va yozgi ich kiyimlar. Bunday ich kiyimlar yengil va mustahkam matolardan tayyorlanadi. Ularning silueti tanaga qisman yopishib turadigan yoki to'g'ri siluetli bo'lishi mumkin. Bahorgi va yozgi ich kiyimga quyidagilar kiradi: oddiy kombinatsiyalar, pantalonlar, trusi, ostki yubkalar. Barcha kiyimlar, asosan, silliq trikotaj matodan, bezakli, gulli, shaffof va aksincha, yakrang pishiq to'qilgan va jida zichlangan matolardan bichish usuli bilan tayyorlanadi. Shakllar turlicha bo'lishi mumkin. Yelka va ko'krak chiziqlari toraytirilgan kombinatsiyasi ko'krak shaklini aniq takrorlashi va tanaga yopishib turishi kerak.
    Ular ingichok va keng bratalli, aylana yoki o'tkir qirqimli yoqa o'mizli bo'lishi mumkin. Bunday kiyimlarni bezash uchun turli xil baykalar, krujevalar (tor va keng), volanlar, dakorativ va to'rli rezinkalar qo'llanadi.
    Bu kiyimlar shaffof bo'lmagan kiyim ostidan kiyiladi. Ich kiyim juda och, to'q, yumshoq yoki juda yorug' ranglarda bo'lishi mumkin.

    Download 2.76 Mb.
      1   2




    Download 2.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    36-ma’ruza. Trikotaj matodan ayollar ko’ylagini modellashtirish reja

    Download 2.76 Mb.