• Lavozim vazifalari
  • Bilishi lozim
  • Malaka talablari
  • 37-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo'limi Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh iqtisodchisi lavozimining malaka tavsiflari




    Download 17.77 Kb.
    Sana20.01.2023
    Hajmi17.77 Kb.
    #38742
    Bog'liq
    255-буйруқ малака тавсиф. 30.12.2021
    52, Topshiriq, 79, 1111111111, Kundalik, 2-Mustaqil ishi kiber etika kiber huquq1, yuqori-kuchlanishli-shinalarni-kpr-avtomatikasi-asosida-yuksizlantirishni-takomillashtirish, HISOBLASH VA RAQAMLITEXNIKA ASOSLARI56, 5, Huquq test .1, 111, Меҳнат кодекси, 302 Almardanova Barchinoy, 83-86

    37-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo'limi Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh iqtisodchisi lavozimining malaka tavsiflari

    Tartib raqami

    639

    Mashg'ulotlarning milliy standart klassifikatori bo'yicha kodi

    1211

    Xodimlar toifasi

    Boshqaruv




    1. Lavozim vazifalari:

    • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik va boshqarma buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim mudiri va bosh hisobchi tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to'liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

    • bo‘lim hay’ati, ishlab chiqarish yig'ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;

    • maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish masalalari hamda buxgalteriya xizmati faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni bo‘limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;

    • xalq xo‘jalik rejasini ishlab chiqish, budjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash va ularning sarflanishini nazorat qilish;

    • boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

    • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari va tegishli tashkilotlarga taqdim etish;

    • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish;

    • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to'liq yetib borishini ta’minlash, mazkur masalalar haqida tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko'rsatish;

    • iqtisodiy hisob-kitob tayyorlash, bolalar, xodimlar kontingentining o'zgarishi bo'yicha istiqbolli rejalar tuzish;

    • bo'lim hay’at kengashiga o‘z yo'nalishi bo'yicha hisobotlar tayyorlash;

    • ashkilotlar kesimida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya jadvallarini to'g'ri tuzilganligini nazorat qilish;

    • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag'larni topish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo'yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam berish, topilgan mablag'lar hisobidan o'rnatilgan tartibda maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish;

    • kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.




    1. Bilishi lozim:

    • moliyalashtirishni tashkil etishga doir yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo'llarini;

    • moliyalashtirish yo'nalishi bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;

    • mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va h);

    • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.

    • iqtisod va moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;




    1. Malaka talablari:

    • o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy-iqtisodiy ma’lumot;

    • xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

    • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan ish staji.

    Download 17.77 Kb.




    Download 17.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    37-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo'limi Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh iqtisodchisi lavozimining malaka tavsiflari

    Download 17.77 Kb.