Yadro energetikasi va undan foydalanish




Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.12.2022
Hajmi380.05 Kb.
#35608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu
Avtomat liniyalar, Islom Wahrsabiz
3.6. Yadro energetikasi va undan foydalanish.
Yadro energetikasi — 
energetikaning atom energiyasi (yadro energiyasi)dan elektr va issiqlik energiyasi 
olish maqsadida foydalanish boʻlimi hamda fan va texnikaning yadro energiyasini 
elektr va issiklik energiyasiga aylantirish usullari va vositalarini nazariy jihatdan 
ishlab chiqish hamda ularni amalda tatbiq qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi 
sohasi. Yadro energetikasining texnik asosini atom elektr stansiyasi (AES) tashkil 
qiladi. Energiya manbai esa atom reaktori (yadro reaktori) hisoblanadi. 
Parchalanish yadro reaksiyalari va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida 
issiqlik energiyasi ajraladi, keyin bu energiya xuddi oddiy issiqlik elektr 
stantsiyalaridagidek elektr energiyasiga aylantiriladi. Organik yoqilgʻi (koʻmir, 
gaz, neft, torf) zahiralari kamayib qolgan taqdirda insoniyatni energiya bilan 
taʼminlashda yadro yoqilgʻisidan foydalanish hozircha eng ishonchli yoʻl 
hisoblanadi. Shuning uchun koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Hindiston, 
Pokiston va boshqalar)da issiqlik va gidroenergetika manbalaridan boshqa 
energiya manbalaridan, shu jumladan, birinchi navbatda, yadro energiyasidan 
foydalanishning yuqori samarali usullarini oʻzlashtirishga doir ishlar jadal ravishda 
olib borilmoqda. Oʻzbekistonda Yadro energetikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari 
Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutida olib boriladi. 
Yadro energetikasiga doir eng tashvishli muammo — bu AES larni ishlatish 
jarayonida xavfsizlikni taʼminlash hamda ajraladigan suyuq va qattiq radioaktiv 
chiqindilarni zararsizlantirish muammosi. AES larda bunday chiqindilardan 
tashqari radioaktiv izotoplarning uchuvchi birikmalari ajraladi, radioaktiv 
aerozollar ham hosil boʻlishi mumkin. Radioaktiv gazlar va aerozollarning maʼlum 
qismi yaxshilab maxsus ishlov berilganidan soʻng atmosferaga chiqarib yuboriladi, 
suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar esa maxsus omborlar ("qabristonlar")ga 
toʻplanadi. Biroq, Yadro energetikasini taraqqiy ettirishning eng asosiy muammosi 
koʻp miqdordagi zararli chiqindilarni koʻmib tashlashning tejamli va ishonchli 
usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada koʻpchilik rivojlangan 
mamlakatlarda 20-asrning 70-yillaridan beri ilmiy tekshirish va tajribasanoat 
ishlari olib borildi hamda baʼzi usullari ishlab chiqildi hamda amadda joriy qilindi 


(mas, chiqindilarni yerga chuqur koʻmib, qalin beton toʻsiq — sarkofag bilan 
oʻrash, konteynerlarda okean tubiga tashlash va b). Lekin hozircha eng ishonchli, 
xavfsiz va tejamli usullari ishlab chiqilganicha yoʻq. 

Download 380.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 380.05 Kb.
Pdf ko'rish