|
4 – amaliu ish. Hot potatoes dasturidan foydalanib mashq qiluvchi elektron kurslarini yaratish
|
bet | 2/2 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 16,3 Kb. | | #112398 |
Bog'liq 4 - amaliy ishTheMasher. Biz yuqorida Hot Potatoes beshta sinov mashqlarini yaratuvchi
dasturdan
iborat deb aytib o‘tgan edik. Lekin oltinchi dastur ham bor. Unda sinov
mashqlari yaratilmaydi. Uning vazifasi mashqlar to‘plamlarini bir yaxlit ro‘yxat
shaklini tashkil qilib, bir faylga jamlash. Bir faylni yuklab, barcha sinov
mashqlarini bajarish imkoni paydo bo‘ladi. Ro‘yxatni o‘qituvchi shakllantiradi.
Ya’ni ma’lum bob yoki paragrafga tegishli bo‘lgan sinov mashqlarini bir faylga
jamlab, uni ta’lim oluvchiga taqdim qilishi yoki elektron darsliklarning sinov
qismiga joylashi mumkin. Yaratilgan fayllar HTML formati ko‘rinishda
bo‘lganligi va aksariyat elektron darsliklar shu tilda yaratilayotganligi sababli,
mashqlarni biriktirishda hech qanday muammo tug‘ilmaydi.
Yuqoridagi barcha sinov mashqlari nafaqat matndan iborat bo‘lgan shaklda balki
jadvalli, rasmli, ovozli, video va gippermurojaatli ko‘rinishda ham tashkil
qilinish mumkin(Вставить menyusi yordamida). Bu imkoniyatlar ta’lim
oluvchi sinovini tashkil qilishning interaktivligini oshirish bilan birga barcha
fanlardan sinov mashqlarini yaratish imkonini beradi(Musiqa, matematika,
fizika, informatika, geografiya, o‘zbek tili, chet tili...). Bundan tashqari ta’lim
oluvchiga mashqni bajarishi uchun vaqt cheklovini tashkil qilish mumkin(
конфигурация-таймер yordamida). Lekin ta’lim oluvchi mashqni qayta yuklab
mashqni bajarish imkoniyati mavjudligini nazarda tutish kerak. Yаna sinov
natijalarni elektron pochtangizga borishini tashkillash ham mumkin(
конфигурация-CGI).
|
| |