1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
QK, t
lYuQ , km
VT , km/soat
|
320
15
21
|
336
16
22
|
352
17
23
|
368
18
24
|
384
19
25
|
400
20
26
|
416
21
27
|
432
22
28
|
448
23
29
|
464
24
30
|
Eslatma: 11-20 variantlar uchun Qk =500 t;
21-30 variantlar uchun QK=300 t
Ish vaqti 8,5 soat, yukli qatnov masofasidan foydalanish koeffitsienti β=0,5, yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti 1,0, yarim tirkamani uzib-ulash vaqti tUU=6 min., yuk ortish vaqti to=1 soat, tushirish vaqti tt=30 min.
Avtomobilь-tyagachlar va yarim tirkamalar soni hamda tyagachlar harakat intervali aniqlansin.
141. 60 km masofaga yuk tashishda 20 ta tirkamaga zarur bo’lgan tyagachlar soni aniqlansin. Bunda texnik harakat tezligi 40 km/soat, ortish-tushirish vaqti 24 min., masofadan foydalanish koeffi- g’ienti 0,5, tyagachning aylanish vaqti 3,1 soat.
142. Halqasimon marshrutda 25 tyagach va yarim tirkamadan iborat avtopoezdlar ishlaydi. Tyagachning aylanish vaqti 4,2 soat, texnik harakat tezligi 35 km/ soat, ortish vakti 20 min., tushirish vaqti 10 min., tirkamani uzib-ulash vakti 6 min.
Tyagachlarning uzluksiz ishlashi uchun zarur bo’lgan yarim tirkamalar soni aniqlansin.
143. Orqa tomonga qisman yukli mayatnik marshrut chizmasi 5-rasmda keltirilgan. To’g’ri yo’nalishda kunlik yuk tashish hajmi 56 t, orqa yo’nalishda 100 t. Tashish MAZ-5335 (qn=8t) avtomobillarida amalga oshiriladi. To’g’ri yo’nalishda yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti 1,0, orqa yo’nalishda 0,6. Texnik harakat tezligi 25 km/soat. Avtomobillarning ish vaqti 9,6 soat. Yuk ortish-tushirish vaqti bir aylanishda 48 minutni tashkil etadi.
M arshrutda nechta avtomobilь ishlashi aniqlansin.
5-rasm. Orqa tomonga qisman yukli mayatnik marshrut chizmasi
144. Orqa tomonga qisman yukli mayatnik marshrut chizmasi
6-rasmda keltirilgan. Marshrutda KamAZ-53212 avtomobili ishlaydi. Yuk bilan yurilganda texnik harakat tezligi 22,5 km/soatni, yuksiz esa 25 km/soatni tashkil etadi. Avtomobilning yuk ortishda bo’sh turish vaqti to’g’ri yo’nalishda 10 min., orqa yo’nalishda 20 min., tushirish vaqti esa to’g’ri yo’nalishda 8 min., orqa yo’nalishda 10 minutni tashkil etadi. Marshrutda avtomobilь 15,5 soat ishlaydi. Marshrutda ish soat 600 da boshlanadi. Tushlik vaqti har ikkala smenada 2 soat.
Avtomobilning marshrutdagi harakat grafigi chizilsin.
6-rasm. Orqa tomonga qisman yukli mayatnik marshrut chizmasi
145. 20 ta tyagach va yarim tirkamadan iborat avtopoezdlar 20 km masofali orka tomonga bo’sh qatnovchi mayatnik marshrutda ishlaydi. Texnik harakat tezligi 25 km/soat, 1 t yukni ortish vaqti 5 min., tushirish vakti 2 min. Yarim tirkamani uzib-ulash vaqti 4 min.
Tyagachlarning uzluksiz ishlashi uchun zarur bo’lgan yarim tirkamalar soni aniklansin.
Bir tomonga og’uvchi mayatnik marshrutda KrAZ-257 avtomobili ishlaydi. Avtosaroydan A punktgacha texnik harakat tezligi 30 km/soat, AB uchastkasida 24 km/soat, BV da 25 km/soat, VA da 26 km/soat. A punktida ortish vaqti 24 min., V da 30 min. Tushirish vaqti B da 18 min., A da 24 min. Avtomobilning ish vaqti 10,4 soat.
M arshrutda bir aylanish vaqti, qatnovlar va aylanishlar soni aniqlansin.
7-rasm. Bir tomonga og’uvchi mayatnik marshrut chizmasi
147. 15 km masofali oddiy mayatnik marshrutda bir kunda 110 t yukni tashish uchun yuk ko’tarish qobiliyati 5,5 t bo’lgan Otoyol-85.12 avtomobillaridan nechta kerak bo’lishi aniqlansin. Bunda avtomobillarning ish vaqti 12 soat, texnik harakat tezligi 20 km/soat, ortish-tushirish vaqti 30 min., yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti 0,8.
ZIL-130-76 avtomobili bir tomonga og’uvchi mayatnik marshrutda ishlaydi. Yuk bilan birinchi qatnov masofasi 10 km, ikkinchi qatnov masofasi 14 km. Marshrutda texnik harakat tezligi 30 km/soat. Birinchi qatnovda ortish-tushirish vaqti 24 min., ikkinchi qatnovda 18 min. Bir aylanish vaqti 1,7 soat.
Avtomobilning marshrutdagi qatnov masofasidan foydalanish koeffitsienti hisoblansin.
MAZ-53363-021 avtomobili bir tomonga og’uvchi mayatnik marshrutda (8-rasm) ishlaydi. Avtomobilning yuk bilan harakatdagi texnik tezligi 25 km/soat, yuksiz 30 km/soat. To’g’ri yo’nalishda yuk ortish vaqti 22 min., orqa yo’nalishda 30 min. Yuk tushirish vaqti to’g’ri yo’nalishda 20 min., orqa yo’nalishda 18 min. Avtomobilning ish vaqti 12 soat 10 min. Marshrutda ishning boshlanish vaqti soat 630. Birinchi smenada tushlik vaqti 1 soat, ikkinchi smenada 45 min.
Avtomobilning marshrutdagi kunlik harakat grafigi tuzilsin.
8-rasm. Bir tomonga og’uvchi mayatnik marshrut chizmasi
150. Radial marshrut chizmasi 9-rasmda keltirilgan.
Avtomobilning kunlik masofadan foydalanish koeffitsienti hisoblansin.
9-rasm. Radial marshrut chizmasi
151. Halqasimon marshrutda avtomobilning bir aylanish vaqti 6 soat. O’rtacha yukli qatnov uzunligi 18 km. Bir aylanishda bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti 0,6. Texnik harakat tezligi 30 km/soat. Bir qatnovda o’rtacha ortish-tushirish vaqti 36 min.
Avtomobilning bir aylanishdagi qatnovlar soni aniqlansin.
152. Halqasimon marshrutda avtomobilning bir aylanish vaqti 6,4 soatni tashkil etadi. Bir aylanishda bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti 0,8. Texnik harakat tezligi 20 km/soat. Bir qatnovda avtomobilning ortish-tushirish vaqti 36 min. Bir aylanishdagi qatnovlar soni 4 ta.
O’rtacha yukli qatnov masofasi va marshrut uzunligi aniqlansin.
153. Halqasimon marshrutda avtomobilning bir aylanish vaqti 3,9 soatni tashkil etadi. Bir aylanishda bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti 0,9. O’rtacha yukli qatnov masofasi
18 km. Bir qatnovda ortish-tushirish vaqti 30 min. Bir aylanishdagi qatnovlar soni 3 ta.
Avtomobilning marshrutdagi texnik harakat tezligi aniqlansin.
153. Halqasimon marshrut chizmasi 10-rasmda keltirilgan. Ekspluatatsion harakat tezlik 20 km/soat. Avtomobilning bir aylanish vaqti 3,5 soat.
Avtomobilning bir aylanishdagi umumiy yuksiz bosib o’tgan masofasi aniqlansin.
10-rasm. Halqasimon marshrut chizmasi
155. Tarqatish marshruti chizmasi 11-rasmda keltirilgan. 8 soat davomida MAZ-53371 avtomobillari tomonidan 5800 tkm ish bajarildi. Marshrutda o’rtacha ekspluatatsion harakat tezligi 15 km/soat.
Marshrutda nechta avtomobilь ishlashi aniqlansin.
11-rasm. Tarqatish marshruti chizmasi
156. Yuk avtomobili tarqatuvchi halqasimon marshrutda ishlaydi (12-rasm). Avtomobilning bir aylanish vaqti 4 soat. Texnik harakat tezligi 25 km/soat. Bir aylanishda ortish-tushirish vaqti 1,4 soat.
Avtomobilning bir kirib-chiqish vaqti hisoblansin.
12-rasm. Halqasimon marshrut chizmasi
157. Yig’ma marshrutda 4 ta GAZelq avtomobillari ishlaydi. Yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti 1,0. Marshrut uzunligi 18 km. Texnik harakat tezligi 30 km/soat. Bir aylanishda ortish-tushirish vaqti 2 soat. Bir aylanishda kirib-chiqishlar soni 10 ta, bir kirib-chiqish vaqti 3 min. Avtomobilning ish vaqti 9,5 soat. Bir kunda nolinchi qatnov 6 km ni tashkil etadi.
Hamma avtomobillar bir kunda necha tonna yuk tashiydi?
158. 13-rasmda orqa tomonga qisman bo’sh qatnovchi mayatnik marshrut chizmasi keltirilgan. Marshrutda yuk ko’tarish qobiliyati 8 t bo’lgan MAZ-5335 avtomobillari ishlaydi. VT=25 km/soat. Marshrut bo’yicha avtomobillarning ish ko’rsatkichlari 22-jadvalda keltirilgan.
|