|
Aholi va ob’ektlarni bosqinchi-terrorchilikdan muhofaza qilish
|
bet | 5/19 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 56,71 Kb. | | #159320 |
Bog'liq 1-mustaqil ish HFX fanidan Aholi va ob’ektlarni bosqinchi-terrorchilikdan muhofaza qilish. O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘risida”gi qonuniga muvofiq respublikamizda terrorizmga qarshi kurash qonuniylik, shaxs xuquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining usuvorligi, terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora choralari uygunligi, jalb qilinadgan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladigan rahbarlik qilishda yakkaboshchilik tamoyillari asosida olib boriladi. Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari ishtirok etadi.
Terrorchilik harakatlari bilan bogliq vaziyatga tushib qolganda qanday harakat qilish kerak:
Garovga tushib qolganda:
- aslo vahimaga berilmang;
- “hamma qatori” bo‘lishga harakat qiling. Ko‘zga tashlangan kiyimlardan xalos bo‘ling, bo‘yingiz baland bo‘lsa engashing, keskin harakatlar qilmang, terrorchining ko‘ziga tik qaramang;
- atrofingizdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, hattoki musht tushirishdan ham foydalanishingiz mumkin;
- imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, derazalardan uzoqroq va h..k.);
- iloji boricha yongin vaqtida hayot uchun havfli bo‘lgan sun’iy toladan tayyorlangan kiyimlardan xalos bo‘ling;
- ozod bo‘lishingizga bo‘lgan umidni yo‘qotmang;
Telefon orqali tahdid qilinganda:
- iloji boricha “suhbat”ni yozib olishga harakat qiling;
- yozib olish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, suhbatni eslab qolish lozim;
- qo‘ng‘iroq qiluvchi bilan ko‘proq muloqatda bo‘lishga harakat qiling, uning yoshi, millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapirish ohangi, nutqiga e’tibor qarating;
- qo‘ng‘iroq to‘grisida tegishli tashkilotlar (MXX, ichki ishlar bo‘limi)ga xabar bering, zarur bo‘lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting.
|
| |