• Nazariy qisim.
  • MTning asosiy parametrlari
  • 1.Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.
  • BC547 LM 317
  • 4-laboratoriya ishi Mavzu




    Download 191.79 Kb.
    Sana27.04.2023
    Hajmi191.79 Kb.
    #54178
    Bog'liq
    4-laboratoriya ishi
    Reja wdm texnologiyasi, Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Umarova I.K. Solmonov G.Q, Termiz muhandislik-texnologiya instituti

    4-laboratoriya ishi
    Mavzu: MTda yasalgan kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish. MTda yasalgan kuchaytirgich xarakteristikasini tadqiq etish
    Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistor statik xarakteristikalari va differentsial parametrlarini o’rganish, tranzistor ishiga temperaturaning ta'sirini tadqiq etish.


    Nazariy qisim.

    Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi. MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas.


    p–n o‘tish bilan boshqariluvchi n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi 4.1 - rasmda keltirilgan.




    1. b)


    4.1-rasm
    n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo‘lib kanal bilan p – n o‘tish hosil qiladi.
    MTning asosiy parametrlari:
    Xarakteristika tigkligi
    USI = const bo‘lgandagi ;
    Ichki (differensial) qarshilik
    UZI = const bo‘lgandagi ;
    Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti
    IS = const bo‘lgandagi .
    Kichik signal parametrlari o‘zaro ifoda bilan bog‘langan.

    a) b) v)

    4.2 – rasm.
    MTda elektrodlar uchta bo‘lgani sababli, uch xil ulanish sxemalari mavjud: umumiy istok (UI), umumiy stok (US) va umumiy zatvor (UZ). Bunda MT elektrodlaridan biri sxemaning kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy, uning o‘zgaruvchan tok (signal) bo‘yicha potensiali esa nolga teng qilib olinadi. Asosiy ulanish sxemasi bo‘lib UI ulanish xizmat qiladi.
    1.Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.

    1. 2 ta listga Maydoniy tranzistorda yasalgan kuchaytirgich sxemasi va rams,chizmalarini chizish va baholangandan keyin xemis tizimiga joylash.

    2. Laboratoriya prinsipal va ishchi sxemasini o‘qish va tushuntirib berish.

    3. Laboratoriya ishini sxema yordamida stentda yig‘ib va ishlatib ko‘rsatish.

    BC547 LM 317
    Download 191.79 Kb.




    Download 191.79 Kb.