4-maruza.: Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish Reja




Download 103.55 Kb.
bet1/2
Sana14.08.2022
Hajmi103.55 Kb.
#25215
  1   2
Bog'liq
4-mavzu
funksiyaning-limiti-va-uzluksizligi.-

4-maruza.: Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish
Reja:

  1. Ta’limni axborotlashtirish.

  2. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-meyoriy asoslari.

  3. Jamiyatning axborot resurslari.

  4. Axborot bozori va jamiyatning axborot patenti

Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim.


Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta ko’rishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan.
Dunyoda jamg’arilgan axborot va bilimlarning 99% i so’ngi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan – kunga ortib borishi milliy iqtisodning baocha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot- kommunikatsiyalaridan keng ko’lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan taminlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatini axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to’plangan tajribalari majmui demakdir. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarning rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, ajratishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. Shuning uchun XXI asr o’rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resursdan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq.
Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muhim yo’nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan korleks chora - tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko’plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu o’z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsionol foydalanish yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda.
Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- axborot iqtisodiyotining rivojlanishi;
- axborot tangligini bartaraf etish;
- axborot texnologiyasining globalligiga erishish;
- axborot resurslarining ustunligini ta’minlash;
- yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo’llash;
- boshqaruv faoliyatida xborotdan samarali foydalanish.
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo’yicha ma’lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lish zarur. Buning uchun shaxsni axborotni tez qabul qilish va uning katta xajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jixatlarda namoyon bo’ladi:
- texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
- o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
- turli manbalardan axborotni olish va undan samarali foydalanish;
- o’z faliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.
Hozirgi bosqichida ilmiy- texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri - axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir.
Axborot intelektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuchilarga etkazishning “usullar va vositalari” ni ishlab chiqarish hamda joriy etish jadal suratlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o’z aksini topgan.
Axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmui.
Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot jamiyatining yaratishni qanday ta’minlashga bog’liq . Axborot texnologiyalari industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda istemolchilarga etkazadi.
Axborot mahsulotlari deganda avvalo, an’anaviy yo’l bilan yoki elektron texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek ma’lumot va axborotning boshqa shakllari tushuniladi.
Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar qatoriga sanoat korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, moliya-kredit va tijorat-savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish va xo’jalik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish, ilmiy tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli, ma’lumolarni qayta ishlash tizimi, kutubxona xizmati va boshqa bir qator sohalar kiradi.
Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga: tijorat, biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko’lamda kirib kelmoqda.
O’zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo’lga o’tkazishni, resurslarining barcha turlaridan foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat jarayonlarini joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo’ymoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishi va zamonaviylashishi Respublikamizda ustuvor o’rinlarga chiqmoqda. Iqtidorli yoshlar ishtirokida Respublikada Internet-festivallar, Internet - forumlar o’tkazish va axborot xizmatlar turlari sezilarli darajada kengaymoqda, ularning xizmatlar yanada intellektualroq bo’lib bormoqda.
Har bir injener, xizmatchi, rahbarnng o’z faoliyati davomida ko’plpb qog’ozlarga bitilgan axborotni taxlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy jarayonidir.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi qator muammolarning hal
etilishini talab etadi:
1. Hisoblash texnikasi vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga
tadbiq qilish.
2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga
o’rgatish.
3. Jamiyat a’zolarining turli hil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash.
Axborot resurslari, ommaviy axborot va axborot tizimlariga O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To’g’ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.

Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur.


Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi
Hujjat tushunchasi. Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo’lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy ob’ektdir.
Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar;

  • Aoqa va telekommuniktsiya vositalari;

  • Maishiy xizmatlar;

  • Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari

  • Konsultativ firmalar;

  • Birjalar;

  • Jismoniy shaxslar..

Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, [ukumat organlari va hokazo.
Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari, Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.\
Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi.

Rasm. Milliy axborot resurslarininf tarkibi
Hujjat turlari. Hujjat turlari – hujjatlarni o’z shakliga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Matnli hujjatlar. Qog’ozga yozuv mashinasi, qo’l yoki axborot kommunikatsiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so’zlar ketma-ketligidir.
Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.
Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli.
Elektron hujjat. Elektron hujjat O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
An’anaviy va elektron hujjat almashish.
Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o’ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo’natmalarni o’z manzillariga etkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo’limiga topshiriladi. Shundan so’ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo’natiladi va etkaziladi.

Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko’rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.


Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o’zining alohida shakliga ega bo’lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladigan va shaxs imzosini to’laligicha o’rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladi.
Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o’zgarishlarni yoki o’zgartirishlarni ko’rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o’tkaziladi.
Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo’natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo’llanilishi mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko’ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
O’zbekistonda informatikaning taraqqiyoti va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-me’yoriy asoslari.
Mustaqil O’zbekistonimizda kibernetika va informatikaning taraqqiyot yo’li qanday kechdi va bu fanlarning rivojlanish istiqbollari qanday? Kibernetika va informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo’jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T. O’rozboev tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V. I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo’limi ochildi. Bo’limga V. K. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EHM o’rnatildi. 1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo’lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
O’zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. “Axborotlashtirish haqida” (1993 yil, may), “EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida”gi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O’ZR FTDQ “Axborotlashtirish haqida” Qonunining qoidalarini bajara borib, 1994 yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontseptsiyasini ma’qulladi. Ushbu Kontseptsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
1. Milliy axborot-hisoblash tarmog’ini yaratish;
2. Axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;
3. Axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
4. Informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
5. Axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash;
6. Informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Kontseptsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan «O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dasturni o’z ichiga oladi:
a) Milliy axborot-hisoblash tarmog’i;
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash;
v) Shaxsiy kompyuterlar.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlarini yaratish, Milliy axborot-hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali xodimlar ishlamoqda. Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi ham yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shaxdam qadamlar bilan bormoqda. Buning yorqin dalili sifatida 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq V sessiyasida Prezident I. Karimov ko’targan masalalar yuzasidan 2001 yil 23 mayda Vazirlar Maxkamasining «2001—2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorini va 2001 yilning may oyida respublikamizda birinchi marta o’tkazilgan Internet festivalini aytib o’tish mumkin.
Yuqoridagi qarorni amalga oshirish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi va yana bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida ming­lab kompyuterlar mavjud bo’lib, ularning asosiy qismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar tashkil etadi. Bu kompyuterlar zaruriy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlangan. Ta’lim muassasalarida, shu jumladan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Internet xalqaro axborot tarmog’idan va elektron pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud bo’lgan ilg’or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o’rganish, ularni o’quv jarayoniga tadbiq etish, oliy o’quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-xunar qollejlari o’rtasida yagona axborot tarmog’ini tashkil etish, o’quv jarayoniga qo’llash uchun dasturiy maxsulotlar ishlab chiqish, virtual kutubxonalar tashkil etish va ularni uzluksiz tarzda jaxonda mavjud va respublika ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan.
XXI asrda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining bitiruvchilari yangi sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo’lishlari lozim. Shu sababli Respublikamizda ta’lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish, informatika bo’yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashda Guliston Davlat universiteti professor-o’qituvchilari ham o’zlarining munosib ulushlarini qo’shib kelmoqdalar. Ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy-uslubiy tadqiqotlarida informatikaning o’rta umumta’lim muassasalarida, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida, oliy o’quv yurtlarining bakalavr va magistratura bosqichlarida o’qitish uslubiyati, yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llash muammolari kabi masalalar o’z echimlarini topgan.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kopyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi farmonida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlar barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshiradi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus “Kompyuterlashtirishni va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash “ tashkil etadi. Kengashga 2010-yilgacha bo’lgan davrda kommunikatsiyalar va ma’lumotlar uzatishning milliy tarmog’ini rivojlantirish; davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni joriy etish; elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi.
Prezident farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikattsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unda kommunikatsiyalar va ma’lumotlani uzatishni rivojlantirish , axborot resurslaridan foydalanish, Internet tarmog’ida o’z saytlarini yaratishning maqsadli yo’nalishlari belgilandi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon axborot resurslariga kirib borishiga bo’lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim jarayonlarini va kishilarning kundalik turmushini kompyuterlashtirish, shuningdak axborot va ma’lumotlar bazasini tashkil etilishni ta’minlash ushbu muhim qarorlarning qabul qilinishi uchun asos bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishning huquqiy bazasi O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishga e’tibor berildi va bu soha bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.
2003 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonun bilan uning huquqiy tayanchi yaratilib, axborotlashtirishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslari aniqlandi va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.
1995 yilning fevralida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “UzPAK” ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini yaratish (MUMT) va xalqaro tarmoqlarga, shu jumladan, Internetga chiqish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, korxona telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha “milliy operator va provayder” maqomini xo’jalik hisobidagi ”UzNET” informatsion-kompyuter xizmati uning tarkibiga kiritildi.
Hozirgi kunda ushbu qonunga muvofiq, vazirliklar, idoralar, muassasa va tashkilotlar mamlakat hududida joylashgan bir qator tashkilotlarning axborot tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’iga birlashtirish yo’li bilan yagona axborot maydoni yaratilmoqda.
Mustaqillik yillarida 400 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar chiqarildi. Axborotlashtirish faoliyati sohasida qonunchilik yaratish yo’lidagi muhim qadam sifatida 1995 yil 25-yanvarda qabul qilingan “Axborot, axborotlashtirish va axborotni himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublika Qonunining qabul qilinganligini ko’rsatish lozim. Bu qonun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tartibga soladi:
- axborot resurslarini yaratish, yig’ish, qayta ishlash, to’plash asosida shakllantirish va undan foydalanish va iste’molchilarga taqdim etish;
- axborot texnologiyalarini va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va undan foydalanish;
- axborotni, axborot jarayonlari va axborot almashuvida ishtirok etuvchi subektlarning huquqlarini himoya qilish.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturining olti ustivor yo’nalishi quyidagilardan iborat.


davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;
elektron ma’lumotlar bazasi;
fan-texnika axborot (FTA) tarmog’i;
ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog’liqni saqlash sohalari axborot tizimlari;
ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;
favqulotda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlarini yaratish.
Mazkur dasturda Vazirlik va Mahkamalarning axborot tarmoqlari, Milliy axborotni hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning meyoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bir necha bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Respublikamizda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish takomillashtirishning aniq vazifalari oldinga qo’yilgan va maqsadli yo’nalishlari ifodalab berilgan. Jumladan, Toshkent elektrotexnika aloqa insituti Toshkent axborot texnologiyalar unversititiga aylantirildi. Ushbu universitetda yangi muttahassisliklarning keng doirasi bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimini ancha kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, o’quv yurtlarining moddiy texnik va ilmiy tadqiqot bazasini kengaytirish kompleks chora-ta’dbirlarini amalga oshirish nazarda tutildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mavjud qonunchilik tizimi, umuman olganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Respublikamizdagi ko’pgina firmalar, telekommunikatsiya axborot texnologiyalari bozorlariga dadil kirib bormoqdalar.
Axborot-kommunikattsiya texnologiyalari bo’yicha jaxon hamjamiyatiga kirish faolligini oshirish maqsadida qomusimizga, fuqarolik kodeksiga jinoiy protsessual kodekslarga o’zgartirishlar kiritilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan so’ngi yillarda axborotlashtirishga oid quyidagi qonunlar ishlab chiqildi:
telekommunikatsiyalar to’g’risida;
axborotlashtirish to’g’risida;
aloqalar to’g’risida;
radiochastotalar spektori to’g’risida;
pochta to’g’risida;
elektron hujjat aylanishi to’g’risida;
elektron to’lovlar to’g’risida;
elektron raqamli imzo to’g’risida;
elektron tijorat to’g’risida;
kompyuter jinoyatchiligi to’g’risida;
elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar bazasi dasturlarini huquqiy himoyasi;
topologiya va integral sxemalarning huquqiy himoyasi;
axborotga kirishni kafolatlash va erkinliklari to’g’risida;
standartlashtirish to’g’risida;
kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida;
alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida;
mualliflik huquqi to’g’risida;
ilmiy-texnik axborot tizimi to’g’risida;
shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash to’g’risida;
axborot xavfsizligi to’g’risida;
Ko’rsatilib o’tilgan chora-tadbirlar va kompyuterlashtirish jarayonini rivojlantirish yo’nalishlari mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining o’sishida telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini, odamlarning faoliyat va turmushi, texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy turlari bilan jixozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon axborot jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga imkoniyat yaratadi.



Download 103.55 Kb.
  1   2




Download 103.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-maruza.: Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish Reja

Download 103.55 Kb.