|
4-ma‘ruza mavzu: Avtomatik sistemalarni ishonchliligini hisoblash. Avtomatik sistemalarni ishonchliligini tiklash. Tiklanuvchi sistemalar uchun ishonchlilik kriteriyalari jadalligi. Reja: 1
|
Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 20,13 Kb. | | #155418 |
Bog'liq m4
4-MA‘RUZA Mavzu: Avtomatik sistemalarni ishonchliligini hisoblash. Avtomatik sistemalarni ishonchliligini tiklash. Tiklanuvchi sistemalar uchun ishonchlilik kriteriyalari. jadalligi. REJA: 4.1. Tiklanuvchi sistemalar ishonchliligining miqdoriy ko‘rsatkichlari: iщdan chiqishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash vaqti, tiklanishning o‘rtacha vaqti va Ishonchlilikning xususiyatlari. 4.2. Tiklanishlar oqimi, oqimning parametralarini aniqlash. Tiklanuvchi sistemalarning ishonchliligini hisoblash ketma-ketligi. Buzilmaslik ko‘rsatkichlari. 4.3. Tiklanmaydigan sistemalarning ishonchliligi va tiklanmaydigan sistemalarda ishonchlilik ekvivalenti. Tiklanishlar oqimning ishdan chiqishgacha bo‘lgano‘rtacha ishlash vaqtini aniqlash.Buzilishgacha ishlagan o’rtacha vaqt Maruza matni bo‘yicha tayanch iboralar: 1. TXK va T tartibi; 2. TXK davri; 3. TXK davrini aniqlash usullari; 4. ehtiyot qismlar sarfini meyorlash; 5. Texnik tayyorlik koeffisienti; 6. Yo’lga chiqish koeffisienti; 7. TXK davrini texnik iqtisodiy usulda aniqlash; 8. Texnik ekspluatatsiya meyorlari; 9. Ekspluatatsiya davrida ishonchlilikni boshqarish; 10. TXK davrini imitatsion modellash usuli bo‘yicha aniqlash. 11. Tadqiqot sinovi; 12. Nazorat sinovi; 13. Sinov obekti; 14. Namunali nachuna; 15. Seriyaviy namuna; 16. Namunali namunani sinash; 17. Seriyaviy namunani sinash; 18. Sinov rejasi; 19. Element eskirishi; 20. Charchash; 21. Korroziya (zanglash); 22. Yeyilish; 23. Yeyilganlik; 24. Ishqalanish; 25. Abraziv yeyilish; 25. Molekulyar-mexanik yeyilish; 26. Korrozion-mexanik yeyilish; 27. Mexanik yeyilish; 28. errozion buzilish; 29. Kavitatsion buzilish; 30. Moslashuv davri; 31. Yeyilish jadalligi. Ishonchlilik – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining malum ekspluatatsiya sharoitlarida o‘z vazifalarini normal bajarishini taminlash xususiyatiga aytiladi. Avval aytilgandek ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilishdir. Buzilish – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi ishlash qobiliyatining to‘liq yoki qisman yuqotilishi tushuniladi. Bu shunday holatki, bunda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi o‘z vazifalarini meyoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan parametrlar talablari darajasida bajara olmaydi. Ishonchlilikning xususiyatlari. Avtomatik sistemalarning ishonchlilik xususiyati uning buzilmaslik, chidamlilik, tamirlashga moyillik va saqlanishlik xususiyatlari bilan baholanadi. Ularni ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Buzilmaslik xususiyati – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasining malum vaqt yoki ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish davrida o‘zining ishlash qobiliyatini uzluksiz saqlash xususiyatidir. Buzilmaslik ko‘rsatkichlari Buzilmasdan ishlash ehtimolligi – bu malum ekspluatatsiya sharoitlarida va belgilangan ish davomiyligi chegaralarida buzlishning sodir bo‘lmaslik ehtimolligidir. Uning qiymati tasodif kattalikdir, chunki unga juda ko‘p omillar tasir qiladi (sihlash sharoiti (atrof muxiti), operator yoki aparatchik ish sifati, TXK va JT sifati), shuning uchun uni baholashda ehtimollik tushunchasi ishlatiladi. Buzilmasdan ishlash ehtimolligi - R(T) malum davr yoki ishlab chiqarish vaqti ichidagi (T) buzilmasdan ishlashlar hodisalar sonining umumiy (hodisalar) soniga nisbati bilan aniqlanadi: 0 0 ( ) ( ) N m T R T N (3) bunda: m T( ) - o‘sha davr (T vaqt) ichida buzilgan buyumlar soni. N0 –jami buyumlar soni Buzilishlarsiz ish ehtimolini aniqlaganidan shu ko‘rinib turibdiki, bu xarakteristika vaqt funksiyasi hisoblanadi, hamda bu funksiya pasayuvchi funksiya hisoblanib , 1 dan 0 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Garafikdan ko‘rinib turibdiki, P(t) funksiya ishonchlilikni vaqt boyicha o‘zgarishini xarakterlab va u ancha ko‘zga ko‘rinarli baho hisoblanadi. Masalan, bir tipli elementlarning 1000 namunasi ko‘rsatilgan ya‘ni №=1000 izolyator.Tajribada buzilishga ega bo‘lgan elementlar buzilmagan elementlarga almashtirilmaydi. T vaqt ichida 10 ta izolyator buzilishga ega bo‘ladi. Shundan P(t) = 0.99 va ishonchlilik shundaki , istalgan izolyator t s vaqt ichida buzilmaydi, buning ehtimoli P(t) = 0.99. Ayrim hollarda buzilishlarsiz ish ehtimoli bilan emas , balki buzilishlar ehtimoli F(t) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishga yaroqlilik va buzilishlar holatlar boyicha bir – biriga mos emas va teskari hisoblanadi , ularning ehtimolliklari quyidagi tenglama orqali bog‘langan : R(t) + F(t) = 1, Buzilish ehtimolligi (funksiyasi) F(T) – buzilmasdan ishlash ehtimolligiga teskari hodisadir. 0 0 ( ) ( ) 1 ( ) 1 , N m T F T R T N (4) Agarda T vaqt berilsa, buzilishlarsiz ishning ehtimoli – bu shuning ehtimoliki, T vaqt obekt yoqilgan ondan , uning buzilishigacha bo‘lgan vaqt bo‘lib , t vaqtga teng yoki undan katta bo‘ladi , bu vaqt mobaynida buzilishlarsiz ishning ehtimolligi aniqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan quyidagini bilib olsa bo‘ladi: Buzilish ehtimoli static bahosi 0 0 ( ) ( ) 1 ( ) 1 N m T F T R T N ( ) ' ( ) ( ) dF T dt F T f t Kelib chiqgan matematik bog‘lanish quyidagini yozishga imkon beradi. Buzilishgacha ishlagan o’rtacha vaqt 1 1,2 2,3 1, 1, 1 2 ... k k k k k k k T T T T T T T (5) bunda: T1 - birinchi buzilishgacha ishlagan o’rtacha vaqt: T1,2 - birinchi va ikkinchi buzilishlar orasida ishlagan o’rtacha vaqt va h.k. p - sonli avtomatikaning vositalari uchun buzilishlar oralarida ishlagan o’rtacha vaqt 1, 1,1 0 1 / n k k k i T T N , (6) Avtomatik sistemasi qismlari yeyilishining xarakterli qonuniyatlari 2- rasmda keltirilgan. Ijro mexanizmlari va elektr dvigatellari, kompressor va nasos agregatlari juda yuqori yuklamalar, aylanishlar va haroratlar sharoitida ishlaydi (3-Rasm). Bu detallarning ishida chegaraviy ishqalanish sodir bo‘ladi, har xil abraziv va zang moddalari ishtirok etadi, yeyilish surati 2...6 mk/1000 soat chegarasida bo‘ladi Silindr-porshenli ijro qurilmalari yoki texnologik asboblar yeyilishining asosiy sabablari – zanglash jarayonlarining faollashishi, yuqori harorat, bosim va porshenning nisbatan sekin harakatidir, metall zarrachalarining bog‘liqligini zaiflashtirishiga, molekulyar mexanik yeyilishga olib keladi. а) I II III t I I II III t Vи 2-Rasm. Yeyilishning vaqt bo‘yicha kechish davrlari: a) yeyilish uch davrdan iborat; b) yeyilish ikki davrdan iborat; v) yeyilish tezligi bir maromida pasayadi va yeyilish miqdori barqarorlashadi. I - yeyilish miqdori; Vi - yeyilish tezligi; I - moslashuv; II – normal yeyilish; III - halokatli yeyilish. Yeyilish natijalarini bartaraf qilishda quyidagi choralar ko‘riladi: a) Ekspluatatsion choralar. texnik xizmat ko‘rsatish va harorat rejimini iloji boricha bir xilda tutish. b) Tamir choralari. v) Ishlab chiqarish choralari: I II-III t Vи б) I II-III t I t Vи б) t I в) 3-Rasm. Dvigatel silindrining yeyilishi va quvvatining ishlagan vaqtiga nisbatan o‘zgarish shakli. Yeyilish jadalligini susaytirish choralari: ekspluatatsion choralar: tegishli sifat va navli avtomatik texnik vositalarni qo‘llash, avtomatik boshqarish sistemasini boshqarayotganda ortiq darajadagi dinamik yuklamalarni bermaslik. Konstruksion choralar: sinxronizatorlar, gipoid tishlashuvlar va yeyilishga bardoshli metallarni qo‘llash. Bu choralar agregatlar chidamliligini oshirishga mo‘ljallangan. Tiklanishlar oqimi, oqimning parametralarini aniqlash. Axborotni yig‘ish va ixchamlash tizimi – buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi kerakli va haqqoniy axborotni olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidir. Tizimning maqsadi quyidagicha: - buyumlarning ishonchliligini oshirish uchun ularni konstruksion takomillashtirish; - ishonchlilikni taminlashga va oshirishga qaratilgan tayyorlash texnologiyasi, yig‘ish, nazorat va sinovlarni takomillashtirish; - tamir sifatini ko‘tarish va uning xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish; - ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish va TXK va JT samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish. Tizimning vazifalari quyidagicha: Halokatli davr Majburiy ta`mir Ta`mirlash maqsadga muvofiq davr Yeyilishning taraqqiy etgan davri Normal ekspluatatsiya va eng yuqorisamaradorlik davri Moslashuv davri II –yeyilish surati I – dvigatel quvvati - buyumlar ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash; - buyumlarning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik kamchiliklarni aniqlash; - buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma birikmalarni aniqlash; - buyumlarning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va rejimlari tasirini aniqlash; - buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash; - ishonchlilikning meyorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish; - ehtiyot qismlar sarfini optimallash, ekspluatatsiya kamchiliklarini aniqlash va TXK va JT tizimini takomillashtirish; - buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yunaltirilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash; Kuzatuvlar dasturining mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar. Axborotni yig‘ish va ixchamlash tizimi quyidagilarga taalluqlidir: - axborotni yig‘ish va ixchamlash bo‘yicha bosh tashkilotlarga (ishonchlilik bo‘yicha); - tashkilotlar-ishlab chiquvchilarga; - korxonalar-tayyorlovchilarga; - ekspluatatsion korxonalarga; - tamir korxonalariga. Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni, axborotni hisobga olish, yig‘ish, to‘plash, ixchamlash va tahlilni, buyumlar ishonchliligini oshirishga mo‘ljallangan tadbirlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi kerak. Tizimning ishi quyidagi meyoriy-texnik hujjat bilan tartibga solinadi: - tizimning konkret buyumlarga taalluqliligi; - korxona ichida va korxonalar orasida axborot ayirboshlashning shartlari; - axborotni ixchamlash usullari; - kuzatuvlarni rejalash usullari; - kuzatuvning texnik vositalarini qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan talablar; - ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish tartibi. Buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va ixchamlash texnik topshiriq va ishchi usullarga asosan olib boriladi. Texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi: (axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha): - kuzatilayotgan buyumlarning ro‘yxati; - ishonchlilikning meyorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati; - axborot yig‘ish usullari; - tipik rejim va ekspluatatsiya sharoitlari; - axborot berish davriyligi. Axborotni yig‘ish va ixchamlash ishchi usullari quyidagilarni belgilaydi: - kuzatuvlar rejalari; - ish rejimlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar; - buzilishlar va chegaraviy holatlar mezonlari; - axborotni kodlash usullari; - axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yuriqnomalar; - ish hajmini va EЌMlarning borligini hisobga olgan holda buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotni ixchamlash dasturlari; Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar. - Ishonchlilik to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish ekspluatatsion va tamirlash korxonalarida axborot yig‘ishni o‘tkazadigan tashkilot tomonidan olib boriladi; - Axborotni yig‘ish uni yig‘uvchi tashkilotga ishonchlilik to‘g‘risidagi malumotlarni tuzib topshirish, tekshirish va anketalash orqali bajarilishi kerak; - Dastlabki malumotlarni tuzish va yig‘ishni tayanch punkti yoki ekspluatatsion va tamir korxonalari olib boradi; - Tekshiruvni axborot yig‘adigan tashkilot olib boradi. Bunda buyumlarning texnik holati ekspluatatsiya sharoitlarida o‘rganiladi, axborotni dastlabki hisobga olish shakllari tahlil qilinib, uning natijalari axborot-to‘plagichlarda aks ettiriladi; - Anketalashni axborot yig‘uvchi tashkilot o‘zining maxsus so‘roq varaqalarini ekspluatatsion va tamir korxonalariga yuborish orqali amalga oshiradi; - ekspluatatsion korxonalarni tanlash tipik ekspluatatsion sharoitlar uchun axborot olishni taminlashi kerak. Axborotni ixchamlash va tahlil etishga qo‘yiladigan talablar. - Buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborot aniqlilik, to‘lalik va bir turlik (xillik) talablariga mos kelishi kerak; - Barcha axborot sifat va miqdoriy tahlildan o‘tishi kerak; Sifat va miqdoriy tahlil o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - noaniq axborotni chiqarib tashlash; - axborotning bir turli ekanini tekshirish; - axborotni statistik ixchamlash va ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash; - ishonchlilik tahlili natijalari asosida ishonchlilikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish. Qayd qilinadngan axborot tarkibi va qayd shakllariga qo‘yiladigan umumiy talablar. Axborotni yig‘ish va ishlov berish (ixchamlash) uchun quyidagi qayd shakllari ishlatiladi: 1. Ishonchlilik to‘g‘risidagi ekspluatatsion axborotni qayd etish dastlabki shakllari; 2. Ekspluatatsion axborotning to‘plagich shakllari; 3. Ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari. Šayd etishning dastlabki shakllari bir tizimga tushirilmagan axborotni qayd etishga mo‘ljallangan va ular ekspluatatsiya sharoitida to‘ldiriladi. Bunday shakllarning asosiylari: - yurilgan yul va buzilishlarni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport malumotlari, korxona nomi, ish rejimi va ekspluatatsiya sharoitlari, buyumning kuzatuvga qo‘yilgan va undan chiqarilgan sanasi, ekspluatatsiya boshidan yurgan yuli, buzilgan detalning nomi, buzilishning sababi, uni bartaraf etish vaqti va uslubi va boshqalar bo‘lishi kerak; - buyumga TXK va JT ni qayd etish jurnali. Jurnalda buyumning pasport malumotlari, korxona nomi, buzilgan detalning nomi, TXK turi, buzilishni bartaraf etish usuli, TXK va JT davomiyligi, almashtirilgan detallar qiymatini hisobga olgan holda TXK va JT sarflari o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak; - buyumlar ekspluatatsiyasining bir martali hujjatlari (yul varaqasi, agregatni tamirlash varag‘i, buyumning buzilishi to‘g‘risidagi malumot va h.k.). To‘plagich shakllar bir tizimga tushirilgan axborotni qayd etishga mo‘ljallanib, maxsus tayyorlangan xodimlar yordamida va dastlabki hujjatlar asosida yoki ekspluatatsiya kuzatuvlari jarayonida to‘ldiriladi. Asosiy shakllari: - buzilishlarning xarita-to‘plagichi (axborot xaritasi); - buyumlarning TXK va JT to‘g‘risidagi malumotlar xarita-to‘plagichi; Ishonchlilik tahlili natijalarini qayd etish shakllari buyum ishonchliligi tahlilining miqdor va sifat natijalari, ish rejimlari, ehtiyot qismlar sarfi, buzilishlar sababi, buyum ishonchliligini belgilaydigan detallar ro‘yxatini qayd etishga mo‘ljallangan. Asosiy shakllari: - buyum ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; - buyum bo‘laklari ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash umumiy ro‘yxati; - buyum buzilishlari xillarining umumiy ro‘yxati; - ehtiyot qismlar sarfining umumiy ro‘yxati; - TXK va JT mehnat hajmi va qiymatining umumiy ro‘yxati; avtomatik sistemasiga TXK va JT ning tartiboti (rejimi) – deb profilaktik yoki tamir xarakteridagi tasirlarning davriyligi, operatsiyalarning ro‘yxati va majburiy bajariladigan ishlarning mehnat hajmi tushuniladi. Eng maqbul davriylik va profilaktik operatsiyalarning ro‘yxati eng kam buzilishlarni taminlashi kerak. TXKning davriyligi va hajmi mahkamlash, diagnoz qo‘yish, sozlash, moylash va boshqa ishlar bo‘yicha ehtiyojni o‘rganish asosida belgilanadi. TXKga bo‘lgan ehtiyojni, uning davriyligini yoki to‘satdan sodir bo‘ladigan buzilishlar oldini oluvchi tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini aniqlash uchun quyidagilarni bilish kerak: a) avtomatik sistemasi (agregat, mexanizm) ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi qonuniyatlari; b) texnik yoki iqtisodiy belgilar bo‘yicha texnik holat parametri yoki ko‘rsatkichning yul qo‘yilgan miqdori. TXKning davriyligini aniqlashning ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz. 1) TXK davriyligini yul qo‘yilgan buzilmaslik darajasi bo‘yicha aniqlash usuli. Bu usul elementning buzilish ehtimolligi F avval berilgan miqdordan (qaltis holatdan) oshmagan vaqtga to‘g‘ri keladigan maqbul davriylikni tanlashga asoslangan (14-Rasm). Buzilishsiz ishlash ehtimolligi: Rр.э Хi L0 Rр.э ( ) 0 % l L (38) bunda: Rr.e- yul qo‘yilgan buzilishsiz ishlash ehtimolligi (ruxsat etilgan); Xi - i nchi buzilishga to‘g‘ri keladigan yul; F = 1 - % - qaltis holat; l0 - TXK davriyligi; L % - gamma-foizli resurs. Ќarakat xavfsizligini taminlovchi agregat va mexanizmlar uchun Rr.e=0,9- 0,98(90%-98%), qolgan agregatlar uchun Rr.e =0,85...0,90. 4 - Rasm. TXK davriyliginn yul qo‘yilgan buzilmaslik darajasi bo‘yicha aniqlash. Bu tarzda topilgan davriylik bir buzilishga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuldan ancha kam: L0 L (39) Bunda: - maqbul davriylik koeffisienti; Rр.э=γ% X min X (L) X max х F f(L) X, хγ Bu koeffisient bir buzilishga to‘g‘ri keladigan yulning miqdori va variatsiyasini hamda Rr.e ni hisobga oladi. Uning qiymatlari [6] adabiyotning 56-betda berilgan. Tasodifiy sonning variatsiyasi qancha kam bo‘lsa, shuncha katta davriylik belgilanishi mumkin. Buzilmasdan ishlashlikka qancha katta talablar qo‘yilsa, maqbul davriylik shuncha kamayadi. 2) Texnik-iqtisodiy usul. Bu usul TXK va JTga ketadigan umumiy solishtirma xarajatlarni aniqlashga va ularni kamaytirishga yunaltirilgan. eng kam sarf-xarajatlarga TXKning eng maqbul davriyligi to‘g‘ri kelishi kerak (l0). TXK bo‘yicha solishtirma xarajatlar , L d CTXK (40) bo‘yicha topiladi. Bunda: d – TXK operatsiyasini bajarish qiymati, so‘m; L – TXK davriyligi, ming km. Davriylikning o‘sishi agregat yoki detalning resursini pasaytiradi va tamirga ketadigan sarf-xarajatlarni oshiradi: Tamir bo‘yicha solishtirma xarajatlar: , L С C ЖТ (41) bo‘yicha topiladi. Bunda: S – tamirga ketgan xarajatlar, so‘m; L - tamirgacha bo‘lgan resurs ming km. C=CTXK+CJT (42) ifodasi maqsad funksiyasi bo‘lib, uning ekstremal qiymati eng maqbul echim bo‘lib hisoblanadi. Bizda bunday echim solishtirma xarajatlarning minimumiga mos keladi. Bu minimumga to‘g‘ri kelgan davriylik l0 eng maqbul davriylik hisoblanadi. 5 - Rasm. TXK davriyligini texnik-iqtisodiy usul bilan aniqlash shakli. 3) Statistik sinashlar(Monte-Karlo) usuli. Bu usul real va tasodifiy TXK jarayonlarini o‘ziga o‘xshatib tashkil qilishga (imitatsiyaga, modellashtirishga) asoslangan. Usulnnng qo‘llanishi sinashlarini tezlashtiradi, boshqa omillarning tasirini yuq qiladi, sinashlarning qiymatini (sarfxarajatini) pasaytiradi, qayta-qayta o‘tkazib, eng maqbul variantni tanlab olish imkonini beradi. Modellashtirish EЌMda yoki qo‘lda bajarilishi mumkin. Dastlabki malumotlar sifatida kuzatuvlardan olingan amaliy miqdorlar, yoki tasodifiy sonlarning taqsimlanish qonunlari xizmat qiladi. eng maqbul TXK davriyligi quyidagicha aniqlanadi. С, so`m СЖТ СTXК С l0 L, ming km 6- Rasm. TXK ning maqbul davriyligini imitatsion modellashtirish yordamida aniqlash tasviri. Avvalo, kuzatuvlar yoki tajriba asosida TXK davriyligi (l1,l2…va h.k.) tayinlanadi hamda variatsiya koeffisienti - V ham tayinlanadi. Kuzatuvlar natijalari yoki hisob-kitob malumotlaridan 2 ta axborot to‘plash yaratiladi: bir buzilishga to‘g‘ri keladigan yul-[X] va TXK davriyliklari [l]. Birinchi axborot to‘plamidan tasodifiy ravishda Xi ning konkret miqdori, ikkinchi axborot to‘plamidan esa lj ning konkret miqdori olinadi. Xi va lj juft soni realizatsiya deyiladi. Agar Xi < lj bo‘lsa, buzilish qayd etiladi, agar Xi ≥ lj bo‘lsa, TXK operatsiyasining bajarilishi qayd etiladi (16-Rasm). TXK va tamirning mehnat hajmi. Mehnat hajmi TXK va T operatsiyalarini bajarishga ketadigan mehnat sarflarini bildiradi, u ishchi-soat yoki meyor-soatlarda o‘lchanadi. Mehnat hajmi meyorlari ijrochilar soni va ularning mehnat haqlarini aniqlash uchun kerak. Buzilishlar bo`yicha axborot to`plash (Xi) TXK davriyligi va buzilmay ishlash ehtimolligini tanlash (L1,V1, RD) Axborot to`plami [X] f(x),x,δx,Vx f(x) x Axborot to`plami [l] f(x),x,δx,Vx f(l) l R e a l i z a ts i ya Xi, Ij T a q q o s l a sh Xi, va Ij Buzilishni qayd etish Xi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-ma‘ruza mavzu: Avtomatik sistemalarni ishonchliligini hisoblash. Avtomatik sistemalarni ishonchliligini tiklash. Tiklanuvchi sistemalar uchun ishonchlilik kriteriyalari jadalligi. Reja: 1
|