1
4-MA’RUZA. ZAMONAVIY MATN MUHARRIRLARI
REJA:
1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha.
2. MS Word 2010 dasturining
Файл, Главная, Вставка menyulari haqida ma’lumot
3. MS Word 2010 dasturining
Разметка страницы, Ссылки, Рассылки menyulari
haqida ma’lumot
4. MS Word 2010 dasturining
Рецензирование, Вид, Надстройки menyulari haqida
ma’lumot
5. MS Word 2010 dasturida jadvallar bilan ishlash.
6. MS Word 2010 dasturida formulalar va grafik ob’yektlar bilan ishlash.
7. MS Word matn muharririda klaviatura yordamida ishlash.
Microsoft Word Windows muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office
tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar,
hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir.
Shuningdek, uning yordamida blanklar va
anketalar, maqolalar hamda risolalar tayyorlash mumkin. MS Wordda hujjatlarni yaratishda,
uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi.
MS Word oddiy
holatda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik
imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni,
shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish
imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarni orfografik
va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko’rinishda va
o’lchamda
chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi
formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko’p boshqa
jihatlari bilan boshqa matn
tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar,
diagrammalar va grafiklar matnda
ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy dasturlardan
foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi. Xullas, Wordning imkoniyatlari kengayib
borib, hozirda u ajoyib chop qiluvchi tizim tarzida shakllandi, desak yanglishmaymiz.
Matn
muharrirlarining, aynan Microsoft Wordning bir qancha versiyalari mavjud.
Masalan, MS Word 2003, MS Word 2007, MS Word 2010, MS Word 2013 va hokazo. Ushbu
versiyalari ichidan Microsoft Word 2010 matn muharriri bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Microsoft Word 2010 dasturi quyidagi menyulardan tashkil topadi:
Файл, Главная, Вставка,