• AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
  • 4-mavzu. 11- 12 ma’ruzalar. Aхborot texnologiyalari, turlari va rivojlanish bosqichlari texnologiya tushunchasi




    Download 0.81 Mb.
    bet2/9
    Sana25.02.2023
    Hajmi0.81 Mb.
    #43492
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    #MA\'RUZA 11-12. Aхborot texnologiyalari va rivojlanish bosqichlari (1)
    zamonaviy menejment, Polimerli kompozit materiallari fizikasi.Umarov.A.V, 2-labaratoriya iwi Jumaqulov BObur, 3-mustaqil ishi , Good Vibes Good Life How Self Love Is the Key to Unlocking Your, @uzbgmat, 2-mavzu, Абдуллаев Н. Патофизиология, 21-Tursunov Zuhriddin, Sement, beton korroziyasi va undan saqlanish usullari, discussion essay, GULNOZABBX, Разметка, certificate antiplagit

    TEXNOLOGIYA TUSHUNCHASI

    Uslublar va printsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki printsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin. Uslub va printsiplar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo’ladi.

    Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo’lmasligi) tayyor mahsulot ko’rinishida natijalar olish uchun zarur bo’lgan texnologik operatsiyalar ro’yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo’yicha belgilangan barcha funktsiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo’llamasdan), amalda o’sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funktsiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o’ta murakkab bo’lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni yara-tish vazifasi qo’yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo’qligi haqida qaror qabul qilinadi.

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.

    Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom- ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o’zgarish jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning sifati yoki boshlang’ich holatini o’zgartiradi.

    Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish mumkin.


    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. 11- 12 ma’ruzalar. Aхborot texnologiyalari, turlari va rivojlanish bosqichlari texnologiya tushunchasi

    Download 0.81 Mb.