• Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
  • Reja: 1. Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar




    Download 0.74 Mb.
    bet5/20
    Sana29.10.2022
    Hajmi0.74 Mb.
    #28491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    маъруза
    Aleksey Korobitsin. Muzeydagi sirli qotillik (qissa), 11, Beeline status , аптека 111, ИНТЕРНЕТ ПАКЕТ 50 МB, Cat, 3.11, Maǵlıwmatlardı uzatıw tarmaqları hám informaciya qáwipsizliginiń mashqalaları, Aminov Bilolbek Sonli usullar mustaqil ishi, Kurs ishi Safarov Asror, 00, Mavzu Farqsizlik intеrvali, Информатикадан изохли лугат, 1
    Reja:
    1. Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar;
    2. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari;
    3. Simmetriyali kriptotizim asoslari;
    4. Urinlarni almashtirish usullari;
    5. Almashtirish usullari.
    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Kriptrografiya tushunchasi. Kriptrografiyaning maqsadi va vazifalari. Kriptografik himoyalash. Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillarini o‘rgatish.
    Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
    «Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib quymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bulgan davrlardayok aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkkn.
    Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, tulov varaklarini elektron pochta orkali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmogiga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‘l-laniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqikiyligini ta’minlashi mumkin.
    Nafaqat axborotning kompyuter tarmogidan ma’nosi buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch xosil qilish juda muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiklovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda samarali bo‘lmagan protsedura. Chunki parolni quliga kiritgan har qanday shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta’minlaydi.
    Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuklardan biri — raqamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma’lum bo‘lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullaran ko‘proq afzalliklarga ega.
    Kriptografiya usullarini kullashning ba’zi birlarini ko‘rib chikamiz. Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
    Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hallarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli suz to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos talablar — katorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffakiyatli deb bulmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni xamma foydalanuvchilarga tarkatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
    Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga — boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini kamrab oladi. Uzgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytarish mumkin. Endi himoyalash ob’ekti sifatada faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng ko‘lamda qullanilmoqda.
    Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.

    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: 1. Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar

    Download 0.74 Mb.