• Korxona tushunchasi va uning belgilari
  • 4-mavzu: korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi.(2soat) reja korxona tushunchasi va uning belgilari




    Download 83.5 Kb.
    Sana11.03.2023
    Hajmi83.5 Kb.
    #44987
    Bog'liq
    4-mavzu korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi.(2soat) r
    1-7-sinf-musiqa-testlar-2, 1, kasrlar-axborot-tex, kamolas, Потент (2), 10-lab To\'raqulov

    4-MAVZU: KORXONA-TADBIRKORLIKNING TASHKILIY KO’RINISHI.(2soat)
    REJA
    1. Korxona tushunchasi va uning belgilari.
    2. Korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
    3. Turli mulk shaklidagi korxonalar.
    4. Korxona xarajatlarini bilish.


    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Tadbirkorlik faoliyatlarida yuridik va jismoniy shaxslar farqi.
    Texnikaviy munosabatdagi korxona .Ijtimoiy munosabatdagi korxona.Moliyaviy –iqtisodiy faoliyatdagi korxona Xususiy korxona ,davlat korxonalari,xarijiy korxonalar.Dexqon xo’jaligi ,shirkatlar.Ma`suliyati cheklangan
    jamiyat.Firma ,korporatsiya,xolding kompaniyalari,konsalting firmalari. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, to’liq shirkatlilar, kommandit shirkatlilar, me`yoriy xujjatlar tartibi, korxonani ro’yxatdan o’tkazish usuli, muhr va shtamp tayyorlash, mas`uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy holati, ochiq va yopiq turdagi aktsionerlik jamiyati. .Korxona kreditor sifat .Korxonaning tashkiliy xuquqiy shakli. Portentsial xaridor, sotish usuli, bozor kontseptsiyasi, marketing sifatini baxolash, sotish imkoniyatlari, raqib tio’g’risida ma`lumot, franshizani rasmiylashtirish. Korxona xarajatlari, bilvosita va bevosita xarajatlar, maxsulot tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar, sotish, boshqaruv, material, mexna haqqi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, o’zgarmas xarajatlar.
    1.Korxona tushunchasi va uning belgilari,
    O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek,, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga haqlidir.
    “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq: “o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da`vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo, yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya`ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub`ektlari hisoblanadi.
    Tadbirkor o’z g’oyasini amalga oshirishning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgach, mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub`ekti bo’lib, o’z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy-iqtisodiy samara va foyda olish maqsadida o’ziga tegishli yoki xo’jalik boshqaruvidagi mulkdan foydalanib faoliyat yuritadi.
    Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin:

    • ishlab-chiqarish va texnikaviy munosabatlarda korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar va mexanizmlar tizimi;

    • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli toifadagi va vazifalarni bajaruvchi xodimlardan iborat mehnat jamoasi;

    • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

    • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo’g’ini sifatida o’zini-o’zi moliyalashtiradigan va boshqaradigan bozor sub`ekti.

    Korxona o’ziga xos bo’lgan ma`lum xususiyatlarga ega:
    birinchidan, korxona o’ziga tegishli va xo’jalik boshqaruvidagi alohida mulkka ega bo’lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta`minlaydi;
    ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o’zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o’z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo’ladi;
    uchinchidan, korxona xo’jalik aylanmasida o’z nomidan harakat qilishi mumkin, ya`ni qonunga asosan xo’jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste`molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna Yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
    to’rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da`vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
    byoshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
    oltinchidan, korxona o’z nomiga ega bo’lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o’z aksini topadi.
    Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo’ladi.
    Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo’ladi.
    Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi.
    Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy ta`minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko’zga ko’rinadi.
    Download 83.5 Kb.




    Download 83.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu: korxona-tadbirkorlikning tashkiliy ko’rinishi.(2soat) reja korxona tushunchasi va uning belgilari

    Download 83.5 Kb.