|
4-mavzu. Metrologik ta’minotning texnikaviy asosi –etalonlar
|
bet | 2/7 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 65.35 Kb. | | #92236 |
Bog'liq 4-A rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov DilshodbekQaytariluvchanlik deganda birlikni etalon yordamida o‘lchash texnikasining rivojlanishi darajasida eng kichik xatolik bilan nazariy imkoniyatda materiallashtirilishi tushuniladi.
Etalonni qaytariluvchanligi uni tayyorlash jarayonida xatoliklarini cheklash bilan, etalonni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarini uni ekspluataqiya jarayonida va tuzatma kiritishda kelib chiqadigan xatoliklarini aniqlash maqsadida uning xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish bilan ta’minlanadi.
Etalonning solishtiruvchanligi deganda - etalonni boshqa o‘lchash vositalari bilan solishtirish jarayonini yuqori aniqlikda ta’minlash imkoniyati tushuniladi. Bu xususiyat etalonning tuzilishi va ishlashi solishtirish natijalariga hech qanday chetlanish kiritmasligini ta’kidlaydi.
Solishtirish jarayonida etalonning xususiyatlari o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lishi kerak va etalonlarni o‘zi u bilan solishtiriladigan o‘lchash vositasining parametrlariga ta’sir etmasligi kerak.
Sanab o‘tilgan talablarni bajarish uchun etalonli qurilmalarda birlikni qayta tiklash, qoida bo‘yicha, har xil davlatlar orasida kelishilgan alohida qattiq reglamentlangan maxsus (speqifik) yo‘l bilan o‘tkaziladi.
4.2. Etalonlarning metrologik klassifikatsiyasi
Etalonlar konstruktiv ishlanishiga va tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linadi. Etalon kompleks, yakka etalon, guruhli etalon, etalon to‘plami.
Etalon kompleks - fizikaviy kattalik birligi o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uni uzatish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib topgan etalon.
Etalon kompleksiga vaqt etaloni va chastota etaloni misol bo‘ladi.
Bu etalonlar qeziyli generatorlardan (vaqt va chastota birliklarini qayta tiklash uchun mo‘ljallangan), vodorodli generatorlardan (ularning uzluksiz ishlashida vaqt shkalasini saqlash funkqiyasini bajaradigan vaqt va chastota birliklarini saqlash uchun qo‘llaniladigan), kvant-mexanik soatlar guruhidan (vaqt shkalasini saqlash uchun mo‘ljallangan) iborat bo‘ladi. Etalon-kompleks tarkibiga yana chastotani va yalpi kompleksni funkqiyasini ta’minlaydigan vositalarni ichki va tashqi solishtirish uchun mo‘ljallangan apparatura kiradi.
YAkka etalon - birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun tarkibida bitta o‘lchash vositasi (o‘lchov, o‘lchash asbobi, etalon uskuna) bor bo‘lgan etalon.
YAkka etalonga massa birligi etaloni-kilogramm misol bo‘ladi. (platinoiridiyli toshlar ko‘rinishida amalga oshiriladigan, ba’zi etalonlarda - po‘lat toshlar).
Guruxli etalon - birlikni qayta tiklash aniqligini oshirish yoki uni saqlash uchun birgalikda qo‘llaniladigan, bir xilli o‘lchash vositalarining majmuidan tarkib topgan etalon. Bir xil o‘lchash vositalari yoki etalon uskunalar bilan o‘lchash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati odatda o‘lchashlar natijasi sifatida qabul qilinadi. Guruhli etalonlarga 20 ta bir xil EYUK o‘lchovlarining guruhidan iborat - normal elementlardan (Veston elementlaridan) tashkil topgan elektr kuchlanishi birligining etaloni misol bo‘la oladi. Guruhli etalonlar doimiy (o‘zgarmas) yoki o‘zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga bo‘linadi.
Doimiy tarkibli etalonlarda o‘n yillab o‘lchash vositalarining bir xil nusxasi ishlatiladi.
Masalan, elektr qarshiligi birligining etaloni - Om, elektr qarshiligining 10 ta manganinli germetik elektr qarshiligining o‘lchash g‘altaklaridan iborat bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tarkibli guruhli etalonlarga muntazam ravishda yangilari bilan almashtiriladigan o‘lchash vositalari kiradi.
Bunday etalonlarga elektr kuchlanishi va o‘zgarmas tok elektr yurituvchi kuchi birligining guruhli etaloni misol bo‘ladi.
|
| |