• Taqqoslash etaloni
  • Guvoh etalon
  • Ishchi etalon
  • 4-mavzu. Metrologik ta’minotning texnikaviy asosi –etalonlar




    Download 65.35 Kb.
    bet4/7
    Sana31.10.2023
    Hajmi65.35 Kb.
    #92236
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-A
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek
    Ikkilamchi etalon - birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
    Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini raqional tashkil etish zarur bo‘lganida va birlamchi etalonni eng kam eyilishini va saqlanganligini ta’minlash hollarida yaratiladi.
    Metrologik vazifasi bo‘yicha ikkilamchi etalonlar nusxa-etalon, taqqoslash etaloni, guvoh etaloniga bo‘linadi.
    Nusxa-etalon - birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
    Nusxa-etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt eyilishidan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida ishlatilishi mumkin.
    Taqqoslash etaloni - biror sababga ko‘ra bir-biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni solishtirish uchun qo‘llaniladigan etalon.
    Taqqoslash etaloniga turli mamlakatlarda elektr kuchlanishi birligi etalonlarining bir-biri bilan o‘zaro solishtirish uchun ishlatiladigan o‘zgarmas tokdagi elektr kuchlanishining tashiladigan yuqori stabilli elektron o‘lchovi misol bo‘la oladi.
    Guvoh etalon - davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish va buzilgan yoki yo‘qolgan xollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
    Hozir, Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklarini etalonlaridan faqat massa birligining etaloni - kilogrammning guvoh etaloni bor.
    Ishchi etalon - birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
    Ishchi etalon birligining o‘lchami ikkilamchi nusxa etalon bo‘yicha yoki ba’zi hollarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi etalon bo‘yicha qo‘yiladi.
    Etalonlarning tarkibiga na faqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga oshiradigan eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o‘lchamini etalondan boshqa o‘lchash vositalariga uzatish, o‘lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda saqlanadigan kattalik birligi o‘lchamini o‘zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo‘lgan boshqa o‘lchash vositalari ham kiritiladi.
    Zarur bo‘lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini ta’minlaydigan boshqa texnikaviy vositalar (masalan, informaqion-hisoblash komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va boshqalar) kiritiladi.
    Ishchi etalonlar zarur bo‘lganda, namunaviy o‘lchash vositalari (No‘V) uchun qabul qilinganidek, l,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o‘lchami razryadlari bo‘yicha bir-biriga tobe ishchi etalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o‘lchami bu tizimdagi oxirgi ishchi etalondan ishchi o‘lchash vositasiga uzatiladi.
    YUqorida yozilganidek, etalonlarning o‘zaro metrologik tobeligi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan sxema ko‘rinishida berilishi mumkin.




    Ikkilamchi etalon

    Download 65.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 65.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Metrologik ta’minotning texnikaviy asosi –etalonlar

    Download 65.35 Kb.