|
Etalonlarning solishtirilishi
|
bet | 7/7 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 65.35 Kb. | | #92236 |
Bog'liq 4-A rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov DilshodbekEtalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni belgilovchi amallar majmui.
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak.
Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon - ega (davlat) si qabul qiladi.
Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi.
Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak.
Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi. Oolishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki kombinaqiyalangan bo‘lishi mumkin. Solishtirish tusini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning barqarorligiga qarab o‘tkaziladi.
Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko‘p tomonlama solishtirishga bo‘linadi.
Ko‘p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir.
Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida Ulchovlar va tarozilar xalqaro kamitetining (O‘TXK) va regional metrologik tashkilotlarning ruhsati nazorati ostida o‘tkaziladi. Ular solishtiriluvchi etalonlarning ekvivalentligini tan olinishini va o‘lchashlarning hamda solishtirish ishtirokchilarining sertifikaqion sinovlarining to‘g‘riligini yuridik asosini tashkil etadi.
Etalonlarning ekvivalentligi deganda etalonlarni metrologik maqsadlarda ishlatishda ularning muhimligi va qiymatliligi bo‘yicha tengligi tushuniladi.
Mazkur sohada asosiy usullarni tekshirish uchun Konsultativ komitet tomonidan tanlagan solishtirish usullaridan biri - tayanch solishtirish deyiladi. Tayanchli solishtirishni ikkita asosiy turi mavjud. Birinchi turiga shunday etalonlarni solishtirish kiradiki, ularda davomli barqarorlik kuzatiladi (bu turdagi etalonlar kvant effektiga asoslangan bo‘ladi). Ikkinchi kategoriyaga shunday etalonlarni solishtirish kiradiki, ular uchun barqarorlik uzoq muddatli deb bo‘lmaydi.
Solishtirish usuliyatlarini o‘tkazish va ba’zi xollarda, natijalarni baholash, bu ikkala xolda bir - biridan farq qilishi mumkin.
Tayanchli solishtirish natijalari etalonlarni ekvivalentligi to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradi. Ikkita milliy etalonlarning ekvivalentlik darajasi - etalon yordamida qayta tiklangan birliklarni qiymatlari bo‘yicha metrologik institutlarning ikki milliy etalonlarining darajasi bir-biriga mos bo‘lgan darajadir. Tayanchli solishtirish natijalari muayyan noaniqlikka ega.
1999 yilning oktyabrida Parijda O‘lchovlar va tarozilar Xalqaro kamitetining (O‘TXK) va O‘TXB ning uyushmasi ostida milliy metrologik institutlarining boshliqlari - etalonlarni saqlovchi (O‘MI) 38 - davlat Metrik konvenqiya a’zolari bilan bitimga qo‘l qo‘yishgan. «Milliy metrologik institutlari (O‘MI) tomonidan beriladigan milliy etalonlarning, kalibrlash sertifikatlarni va o‘lchashlarning o‘zaro tan olinishi to‘g‘risida bitim».
Hozirda bu bitimga yana turli mamlakatlardan 11 ta milliy metrologik institutlari (UMI) qo‘shildi.
Bitimning asosiy maqsadi quyidagilar:
- milliy etalonlarning ekvivalentlik darajasini o‘rnatish (aniqlash);
- O‘MI tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchashlar sertifikatlarini o‘zaro tan olinishi;
- davlat va boshqa administrativ organlarni keng doirali shartnomalar uchun xalqaro savdoga, ilmiy-texnikaviy hamkorlikka va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga tegishli ishonchli texnik baza bilan ta’minlash.
Milliy metrologik institutlari etalonlarning metrologik holatlari har tomonlama tekshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni chop etish bilan barcha metrologik xizmatlar ro‘yxatini beradi. Bu xizmatlar tegishli sertifikatlarni berilishini tasdiqlovchi va bitimni hamma qatnashuvchilari tomonidan tan olinadigan tegishli sertifikatlarni berilishini tasdiqlaydigan ma’lumotlardan iborat bo‘lishi kerak.
Ayrim davlatlarda o‘tkaziladigan metrologik faoliyat natijalarini o‘zaro tan olinishining ob’ektiv asoslarini ta’minlash uchun, bitimlar quyidagi shartlarni bajarilishini talab etadi:
ayrim belgilangan usuliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan qator tayanch solishtirish natijalarining mavjudligi. Bu usuliyat milliy etalonlarning ekvivalentligi darajasini ifodalaydi;
milliy metrologik institutlari (O‘MI) faoliyatini barqarorligini kafolatlaydigan xar bir O‘MI da tegishli tizim sifatini ta’minlash ishlari;
har qaysi (O‘MI) milliy metrologik institutlar (O‘MI) ni sheqifik ehtiyojlarini qanoatlashtirish maqsadida o‘tkaziladigan qo‘shimcha solishtirishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi.
Bitim hamkorlikni koordinaqiyalashni o‘lchovlar va tarozilarni G‘xalqaro byurosi (UTXB) ga yuklaydi. Tayanch va qo‘shimcha solishtirishlarga javobgarlik kon-sultativ komitetlariga, o‘lchovlar va tarozilar. Xalqaro komitetlari (UTXK) ga, regional metrologik tashkilotlar (RMT) (RMO‘) va O‘TXB larga yuklanadi.
O‘MI da deklaraqiyalanadigan o‘lchashlar va kalibrlash ishsoniyatlari (calibration and measurement capabilities - CMC) bo‘yicha ma’lumotlarni taxlil qilish va chop etilishi RMO va MBMV larning birlashgan komiteti amalga oshiradi. Bitimni bajarishga tegishli barcha ma’lumot O‘TXB ning Web-sayti - www.bimp/org da saqlanadigan ilovalarda beriladi (bitimlarning matni o‘sha erda franquz va ingliz tillarida nashr etilgan).
Etalonlarni solishtirish davriyligi (etalonlar yordamida qayta tiklanadigan), kattalik qiymatlarini barqarorligiga, etalonlarning aniqligiga, birlikni qayta tiklash prinqiplariga va boshqa qator texnik va iqtisodiy omillarga bog‘liq holda belgilanadi.
Masalan, massa va uzunlik birliklarini etalonlari 15-20 yilda bir marta solishtiriladi, elektr va yorug‘lik birliklarining etalonlari 3-5 yilda bir marta solishtiriladi. Massa birligining Xalqaro timsoli (6.2-rasm) birlik o‘lchamini ikkilamchi nusxa- etalonga uzatish uchun xalqaro darajadagi speqifik qoidalarga qattiq rioya qilingan holda 25 yilda bir marta ishlatiladi.
Zamonaviy vaqt va chastota etalonlarining aniqligi nihoyatda yuqori bo‘lishiga qaramay, (birlikni qayta tiklash nisbiy xatoligi 10-13 atrofida) bunday etalonlarning xalqaro solishtirilishi doimo maxsus yo‘ldosh aloqa kanallaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bu butun dunyo vaqt shkalasini yuqori darajadagi aniqlikda saqlash uchun zarur.
Nazorat savollari
Etalon nima va u qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi?
Etalonning o‘zgarmasligi, qaytaruvchanligi, solishtiruvchanligi deganda nimani tushinasiz?
Konstruktiv ishlanishi va tarkibiga qarab etalonlar qanday turlarga bo‘linadi?
Etalonlarning metrologik tobeligi va vazifasi bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi? -
Boshlang‘ich etalon, milliy (davlat) etalon davlatlararo va xalqaro etalonlar to‘g‘risida ma’lumot bering?
|
| |