|
Raman kuchaytirgichning spektri
|
bet | 4/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 112,91 Kb. | | #250279 |
Bog'liq 4-mustaqil5.6-rasm. Raman kuchaytirgichning spektri
Bu chastotaviy siljish Raman siljishi deb ataladi.
5.6-rasmda to‘lqin uzunligining 1470—1620 nm oralig'i uchun kvars tolali optik kuchaytirgichi kuchaytirish koeffitsiyenti va kuchsiz signal chastotasi (to‘lqin uzunligi) orasidagi bog‘lanish, ya’ni kuchaytirgichning amplitudaviy chastotaviy xarakteristikasi tasvirlangan, xarakteristika quwati 100 va 200 mW ga teng bo‘lgan 1440 nm li damlash to‘lqin uzunligi uchun keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinadiki, to‘lqin uzunliklarining oralig‘i taxminan 30 nm ni tashkil etadi va C diapozonga mos keladi, biroq xarak- teristika notekis bo‘lgani uchun bunday kuchaytirgichlardan juda zich zichlashtirilgan (DWDM) tizimlarda foydalanish uni tekislash choralarini ko‘rinishini talab etadi.
Signal intensivligi Л damlash intensivligi Л ga qaraganda kichik bo‘lgan hoi uchun kuchayish koeffitsiyenti bu turdagi kuchaytir- gichlar uchun quyidagi munosabat bilan aniqlanadi.
G = exp(g-P. raJAA. (5.2)
Bunda Pdami =/damrAfr damlash quwati, aeir va Arr mos ravishda optik tolaning effektiv uzunligi va ko'ndalang kesimi, g optik kuchay- tirgich amplitudaviy-chastotaviy xarakteristikasining samaradorligi.
Kuchaytirish koeffitsiyenti damlash quwatining Pdami = 1W qiymatigacha ortishi bilan chiziqli tarzda ortadi. So‘ngra damlash quwatining bir necha W qiymatlarida to‘yinishga chiqadi.
Raman kuchaytirgichlari odatiy quwatining 1 W ga yaqin qiymatlarida ularning kuchaytirish koeffitsiyenti 17—30 dB ora- lig‘ida yotadi. Bunda damlash quwatining ortishi bilan kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishi kuzatiladi. Biroq amaliyotda damlash quwatining 100—200 mW li pastroq sathlaridan foydalaniladi va bu holda kuchaytirish koeffitsiyenti 4—8 dB oraliqda yotadi. Raman kuchaytirgichlarining to‘yinish quwati 1 W yarimo'tkazichli optik kuchaytirgichlarnikiga 1 mW nisbatan ancha katta. Raman optik kuchaytirgichda 1300 nmli optik signallarini kuchaytirish uchun 1060 nm li to‘lqin uzunlikka ega bo'lgan lazerdan, 1320 yoki 1443 nm li signallarni kuchaytirish uchun esa to‘lqin uzunligi 1550 nm ga teng lazerlaridan foydalaniladi.
Bu turdagi kuchaytirgichlar yetarli darajada keng polosali (5— 10 THz) bo‘lsalar-da, kuchaytirgich koeffitsiyentining to‘lqin uzunligi bo'yicha notekisligi tufayli, ulardan qisqa davomiylikka ega bo‘lgan optik impulslarini kuchaytirish uchungina foydalanish mumkin. WDM tizimlarida kuchaytirish chog‘ida amplitudaviy- chastotaviy xarakteristikasini tekislash talab etiladi.
Raman kuchaytirgichlaridan tolali optik uzatish ■ tizimlarida foydalanishga bo‘lgan e’tibor ularning quyidagi afzalliklari bilan bog‘liq:
ular istalgan to'lqin uzunligida ishlashi mumkin;
bu turdagi kuchaytirgichlarda aktiv muhit sifatida tolali yorug‘lik uzatkichining o‘zidan foydalaniladi;
bu kuchaytirgichlarining kuchaytirish spektri (to'lqin uzun- ligi) damlash spektri (to'lqin uzunligi) bilan belgilanadi. Shu sababdan tegishli to‘lqin uzunlikli damlash manbayi — lazer diodining tanlab olish yo‘li bilan kuchaytirish jarayonini yuqorida ta’kidlanganidek bir necha o‘n nm li oraliqda shakllantirish mumkin.
Bu turdagi kuchaytirgichlar past sathli shovqinga ega.
O‘zgarishlar samaradorligining yuqori emasligi va optik uzatish tizimlari uchun odatiy bo'lgan 30 dB kattalikdagi kuchaytirish koeffitsiyentiga erishish uchun ancha katta uzluksiz damlash quwati (1 W) ning zarrurligi kuchaytiriluvchi kattaliklar orasidagi o‘tish halaqitlarining kattaligi Raman kuchaytirgichlarining kam- chiligi hisoblanadi.
Biroq keyingi vaqtda tarkibiga germaniy aralashmalari kiritilgan maxsus tolali yorug‘lik uzatkichidan foydalanishga asoslangan yuqori samarali Raman kuchaytirgichlari ishlab chiqildi. Shu sababdan bu turdagi kuchaytirgichlar tolali optik uzatish tizimlarida foydalanish nuqtayi nazaridan borgan sari muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Jumladan, erbiy]i tolalikuchaytirgich va Raman kuchaytirgichlarining turli xil kombinatsiyalaridan iborat duragay kuchaytir- gichlarni yaratish va ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
Yarimo‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar, ularning xarakteristika va parametrlari ■
Tarixan tolali optik kuchaytirgichlardan awal paydo bo‘lgan bu turdagi kuchaytirgichlar yarimo‘tkazgichli lazerlarga o'xshash tuzilishga ega va ularga o‘xshash prinsipda ishlaydi, ya’ni to‘g‘ri energetik sohali yarimo‘tkazgichdan tayyorlangan, to‘g‘ri yo'na- lishda ulangan p-n o'tishda energetik sathlarning teskari egallan- ganligi sharoitida sodir bo'ladigan majburiy nurlanish hodisasidan foydalanishga asoslangan.
rasmda to‘g‘ri yo'nalishda ulangan ana shunday p-n o‘tishning energetik diagrammasi keltirilgan.
|
| |