|
O'rnatilgan tizimlarda wifi
|
bet | 4/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 35,8 Kb. | | #247689 |
Bog'liq 4-Mustaqil ishi-fayllar.orgO'rnatilgan tizimlarda wifi
Wi-Fi texnologiyasi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) - ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi
raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi.
Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network - Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiztarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi.
Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi.Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarningo’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanishnuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi- Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.
Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:
1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
4. Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan. Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.
Yaqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib, uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin. Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga ega texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi (inglizcha, light - yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi. Ma’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydo bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea 1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining “Fotofon” deb nomlangan kashfiyoti yordamida amalga oshirgan.Yorug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda
Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini pasaytiradi, natijada kishilarda ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. Garald Xaas - Edinburg universiteti professori ilk Li-Fi timsolini namoyish qildi. U o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s gacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Yorug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning qiziqishi baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz tarmoqda o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft platformalarida, suv ostida, navigatsiya qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish ko’pincha ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
|
| |