|
4-sinf Ona tili Jarangli va jarangsiz undoshlar
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #240401 |
Bog'liq 4-sinf ona tili 9-dars
4-sinf Ona tili
Jarangli va jarangsiz undoshlar
Tayyorladi : Buxoro viloyati Olot tumani
8 –umumta’lim maktabi boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchisi Qurbonova Maftuna
To‘xtamurodovna
Mavzu :
Jarangli va jarangsiz undoshlar
25 -27 -mashqlar
O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshiriladi.
24 –mashq.Nuqtalar o‘rniga mos harflarni qo‘yib ,topishmoqlarni ko‘chiring.
Tog‘da talaymonni ko‘rdim.
Suvda Sulaymonni ko‘rdim.
Tuzsiz pishgan oshni ko‘dim,
Dumaloq yotgan toshni ko‘rdim.
Olmasang yarim nafas,
Yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas.
(bo‘ri, baliq, tuxum, toshbaqa.)
“Qolipni to‘ldir “ ta’limiy o‘yini
Tovush –harf tahlili uchun ushbu qolip va so‘zlar o‘quvchilarga tarqatiladi. Qisqa vaqt ichida o‘quvchilar so‘zning tovush –harf tahlilini bajaradi.
So‘z
|
Tovushlar soni
|
Harflar soni
|
Unli tovushlar
|
Undosh tovushlar
| |
Bo‘g‘inlar soni
| | | | |
jarangli
|
jarangsiz
| |
mukofot
| | | | | | |
Yangi mavzu bayoni :
25 –mashq. Nuqtalar o‘rniga zarur harflarni qo‘yib, so‘zlarni o‘qing.
Zumra. , maqsa. , aji. , tarvu. , shogir. , isro. , sar. , a.tobus, ka.t,
ban. , a.t, to.la, fu.bol, .ursat.
Jarangli va jarangsiz undoshlarning tagiga chizing.
Qaysi undoshlarning talaffuzi yozilishidan farq qilyapti?
Zumrad, maqsad, ajib, tarvuz, shogird, isrof, sarf, avtobus,
kaft, band, aft, futbol, fursat.
O‘quvchilar shu so‘zlardan qatnashtirib 3 ta gap tuzadilar.
Zumrad gulzordan kapalak tutdi.
Bobom bozordan tarvuz olib keldi.
Bolalar, suvni isrof qilmang!
26 –mashq. So’zlarning talaffuziga diqqat qiling. Qaysi so’zlarning talaffuzi
yozilishidan farq qiladi?
Bir daraxtning ikki xil meva berganini eshitganmisiz?
Braziliya o‘rmonlarida ajoyib daraxt o‘sadi. Unda bir vaqtning o‘zida
ham olma, ham yong‘oq hosili pishib yetiladi. Mahalliy aholi uning bargi bilan tishlarini tozalaydi
(“Gulxan”dan)
Lug‘at ishi:
Mahalliy aholi – o‘sha joyda
yashaydigan xalq
Yangi mavzuni mustahkamlash.
unli
undosh
jarangsiz
jarangli
Dars
Maktab
Oliyjanob
mehnat
“Kungaboqar “ mashqi
O‘quvchilar berilgan so‘zlarni tovush tomonidan tahlil qiladilar.
Uyga vazifa:
27 –mashq.
|
| |