• Mikrokontrollerlar
  • 5-amaliy mashg’ulot Mavzu: Dasturiy mantiqiy kontrollerlar (plc, плк). Kontroller




    Download 16.04 Kb.
    bet1/2
    Sana07.11.2022
    Hajmi16.04 Kb.
    #29306
      1   2
    Bog'liq
    5-amaliy mashg\'ulot
    6-amaliy mashg\'ulot, reyting-daftar-341191101098 (2)

    5-amaliy mashg’ulot
    Mavzu:Dasturiy mantiqiy kontrollerlar
    Dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC, ПЛК). Kontroller - plata ko’rinishida tayorlangan electron qurilma bo’lib, datchikdan kelgan signallarni qayta ishlab aktuatorlarga boshqarish signallarini chiqaruvchi qurilmadir. Mikrokontrollerlar – bu dastur yordamida boshqariluvchi mikrosxema bo’lib, turli kontrollerlarni yasash uchun ishlatiladi. Odatda kontroller platasi markazida mikrokontroller joylashadi.Uning atrofida esa elektronika elementlari joylashadi. Elektronika elementlarining vazifasi datchiklardan kelayotgan signallar qiymatini mikrokontrollerga moslash hamda mikrokontrollerdan chiqayotgan signallar qiymatini aktuatorga moslashdan iborat. 1995 yili Norvegiyaning “Fan va texnologiyalar” universitetining (Tronheym shaxri) ikki talabasi, Alf Bogen va Vegard Vollenlar RISC yadroli 8 razryadli mikrokontroller g’oyasini AQShning Atmel (Advanced Technology Memory and Logic) kompaniyasiga taklif etdilar. Bu ikki talabaning ismlari AVR arxitekturasiga kiritildi: Alf + Vegard + RISC = AVR

    PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchaga ega bo’lish; qurilmalarni PLC asosida boshqarish va avtomatlashtirish; GX Developer dasturida dasturlar tuzish; MITSUBISHI PLC kontrollerlaridan foydalanish; PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida turli qurilmalarni boshqarish amaliyotiga ega bo’lish hozirki kun tablabidir. Industrial jamiyatning taraqqiyoti har bir ishlab chiqarish jarayonining miqyosan kattaroq, jadalroq va murakkabroq, boshqaruvchi tizimlarning ko’plab shakllarini talab qiluvchi bo’lishiga olib keldi. Shu kunga qadar avtomatizasiya bo’yicha boshqaruvchi tizimlar bog’lanish sxemasiga qarab rele, kontroller, taymer, hisoblagich kabi tegishli elektron tarkibiy qismlar bilan bog’liq edi, bu esa simlarni o’tkazish jarayonidagi qiyinchiliklar, ketma-ketliklarni boshqarish uchun hajm miqdori, shuningdek, simlarni o’tkazishda ishning tezligi singari muammolarni keltirib chiqarardi.


    Ma’lumki, DMK(dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar)ni dasturlash uchun xalqaro standartda MEK 61131-3 belgilangan maxsus tillardan foydalaniladi. Ular maxsus mutaxassislar uchun mо‘ljallanmagani uchun foydalanish uchun oson va qulaydir. Ilgari bunday dasturiy ta’minotlardan faqat ishlab chiqaruvchilar foydalana olgan bо‘lsa, hozirgi davrda tijorat mahsuloti turlaridan biriga aylangan. Mikroelektronika sohasida tо‘laqonli raqobatbardosh va bundan tashqari, zamonaviy interfeysga ega dasturiy muhitlarni yaratish oson ish emas. Unga о‘z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy mablag‘ talab etiladi. Keyingi о‘n yillikda jahon bozorida ixtiyoriy apparat platformasiga mos keluvchi universial jihozlar paydo bо‘ldi. Yevropa bozorlarining asosini 3S-Smart Software Solutions GmbH kompaniyasiga tegishli CoDeSys dasturiy tо‘plami egallagan. 2012-yilga kelib, uni 400 mingdan ortiq kompaniyalar qо‘llagan

    Download 16.04 Kb.
      1   2




    Download 16.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg’ulot Mavzu: Dasturiy mantiqiy kontrollerlar (plc, плк). Kontroller

    Download 16.04 Kb.