• Masalalar paneli Tizimli panel
  • 5 –amaliy mashg‘ulot mavzu: Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. Operatsion tizimlarga yuklangan parametrlarni sozlash funksiyalari




    Download 1.02 Mb.
    bet2/6
    Sana26.10.2022
    Hajmi1.02 Mb.
    #28151
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    klnv aegma
    Ikki jism masalasi
    Ishchi stol
    Ish stolining quyi qismida yarim shaffof lenta – masalalar panelini (панель задач) ko’ramiz. Bu yerda eng zarur va kerakli dastur belgilari joylashgandir. Bu panelda ba’zi belgilar oldindan mavjud, qolganlarini o‘zimiz o‘rganamiz. (Ixtiyoriy belgini sichkoncha yordamida bu panelga o‘tkazish mumkin). Masalalar paneli chap burchagida “Pusk” tugmasi joylashgan. Uning yordamida siz kompyuterga o‘rnatilgan hamma dasturlar ruyxati va sozlashning asosiy quroliga murojat qilishingiz mumkin.
    Ung burchakda yana bitta panel joylashgan, bu tizimli panel deb ataladi. Bu yerda ham ishga tushirilgan dasturlar belgilariga ko’rsatkichlar aks ettirilgan bo’lib, farq shundaki, ular sizning kompyuteringizda oson rejimda doimo ishlab turadi.


    Masalalar paneli


    Tizimli panel

    Operatsion tizim asosiy obyektlari


    Oyna – Windows ning eng asosiy elementi hisoblanadi, hatto bosh element deyish mumkin. Shuning uchun ham OT ning nomini Windows deb atalgan. Windows ning hamma dasturlari oynadan ishga tushiriladi. Papkalar ham oyna ko’rinishida ochiladi. Oynalarning o‘lchamini cho‘zish va qisqartirish mumkin. Oynani u butun ekranni egalaydigan qilib yoyish yoki bir nechta dastur oynalari joylashadigan qilib qisqartirish mumkin, bu oynalarning har biri mustaqildir. Windows oynalari standartdir va tasvir formati bir xilligicha qoladi.
    Ixtiyoriy oynaning ung yuqori burchagida 3 ta belgini ko’rasiz, ular oyna bilan ishlashning namunaviy amallarini bildiradi.


    Tugmalar
    “X” ni bosish oynani yopishga olib keladi.
    Tug‘ri to‘rtburchak (yoki bir – biriga ustma - ust qo‘yilgan ikkita to‘rtburchak) oynani butun ekranga yoyadi yoki teskarisi, oddiy o‘lchamgacha qisqartiradi. Bu oddiy o‘lchamni sichqoncha yordamida osongina o‘zgartirish mumkin. Kursorni ramka chekkasiga tug‘ri olib kelib paydo bo’lgan ikki tomonlama strelkani, sichkoncha chap tugmasini quyib yubormasdan kerakli o‘lchamgacha cho‘zish yoki qisqartirish (kerakli yunalishda) mumkin.
    Nixoyat (-) chiziqli belgi oynani “yig‘ish” ga yordam beradi. Oyna ekrandan yo‘qoladi va masalalar panelida belgi orqali unga murojaat qilish mumkin. Ammo dastur bu holda o‘z ishini davom ettiraveradi. Misol uchun siz matn redaktorida belgilar terayotgan bo’lsangiz sizning xujjatingiz yo‘q bo’lmaydi, u saqlanadi. Va ixtiyoriy vaqtda siz uchun “Dispetcher zadach” yodamida (Alt + Tab tugmalari bilan) yoki ekran quyisida (pastida) “Masalalar paneli” dagi dastur belgisiga sichqoncha tugmasini bosib chikarish mumkin.

    Download 1.02 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 –amaliy mashg‘ulot mavzu: Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar. Operatsion tizimlarga yuklangan parametrlarni sozlash funksiyalari

    Download 1.02 Mb.