5-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tibbiyot masalalarini echishda amaliy dasturiy ta’minot. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Windows operatsion tizimining bazaviy ob’ektlari bilan ishlash




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.04.2024
Hajmi1.08 Mb.
#186158
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Amaliy mashgulot. Tibbiyot masalalarini yechishda ADT
ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI (2), 2oqsillar, Презентация Microsoft PowerPoint, 6-amaliy mashgulot. Microsoft Word matn muxarriri, 5-Amaliy mashgulot. Tibbiyot masalalarini yechishda ADT (1)


5-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tibbiyot masalalarini echishda amaliy dasturiy ta’minot. Windows operatsion
tizimida ishlash asoslari. Windows operatsion tizimining bazaviy ob’ektlari bilan ishlash
Rеja:
 
1. Dasturiy ta'minot haqida tushuncha 
2. Tizimli dasturiy ta'minot 
3. Amaliy dasturiy ta'minot 
4. Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari 
 
Nazariy qism. 
 
Kompyuter programmasi deb axborotni qayta ishlash uchun mơljallangan kompyuter 
tushinadigan tilda yozilgan to’g’ri va tơliq amallar va buyruqlar ketma-ketligiga aytiladi.
Kompyuterdagi dasturlar majmuasi dasturiy ta’minot deyiladi. Dasturiy ta'minot 
kompyutеrning ikkinchi muhim qismi bơlib, u ma'lumotlarga ishlov bеruvchi dasturlar 
majmuasini va kompyutеrni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy 
ta'minotsiz har qanday kompyutеr bamisoli bir parcha tеmirga aylanib qoladi. 
Kompyutеrning dasturiy ta'minotini uchta katеgoriya bơyicha tasniflash mumkin: 
— tizimli dasturiy ta'minot; 
— amaliy dasturiy ta'minot; 
— dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari. 
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyutеrning va kompyutеr 
tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program package) — bu aniq bir prеdmеt sohasi 
bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini yеchishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish 
jarayonida qơllaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar 
dasturchining uskunaviy vositalari bơlib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu 
jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mơljallangan. 
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini 
ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda kompyuterning 
qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur - operasion sistema ishga 
tushadi. 
Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruхga bo'linadi: 
1. Sistema dasturiy ta'minoti 
2. Amaliy dasturiy ta'minot 
Sistema dasturiy ta'minotga odatda operasion sistema va qobiqlar, qo'shimcha dasturiy 
ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan har xil dastur va dasturiy majmualar kiradi 
(masalan, matn muharriri, elektron jadval, grafik dasturlar va hakazo). 
Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi va targ'ib qilinishi bo'yicha quyidagi 3 ta 
turga ajratiladi: 
- Software - qiymati 100% to'langanidan keyin o'rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta'minot. 
- Shareware - aprobasiya, ya'ni sinovdan o'tkazish muddatiga ega bo'lgan (odatda 7 kundan 
40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari cheklangan dasturiy 
ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid qilish mumkin. 


- Freeware - mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki 
dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. 
Kompyuterga dasturiy ta'minotni o'rnatish jarayoni installyasiya deyiladi, uni o'chirish 
esa deinstallyasiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o'rnatishdan oldin sistema 
talablarini, ya'ni kompyuterga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. 
Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning sistemaga bo'lgan talablariga javob bermasa, 
u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto'g’ri ishlaydi. 
Dasturiy ta'minotni o'rnatishga mo'ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi majmua 
shakliga ega bo'lib distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat hollarda kompakt-diskda 
joylashgan bo'ladi, lekin zarurat tug'ilsa, uning nusxasini qattiq disk yoki boshqa ma'lumot 
saqlash vositasiga ko'chirish mumkin. 
Har bitta distributiv lisenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo'lib, o'rnatish uchun 
zarur bo'ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo'ladi (cd-key). Mazkur parol yoki kalit 
kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o'rnatib bo'lmaydi. 
IBM arxitekturasiga ega bo'lgan kompyuterlar uchun dasturiy ta'minotni butun dunyo 
bo'yicha ko'plab firma va kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularning ayrimlari yirik korporasiya 
bo'lib, butun dunyoga mashхur bo'lsa, boshqalari biror bir mintaqada keng tarqalgan bo'lishi 
mumkin. Misol tariqasida Microsoft, Adobe, Macromedia, Borland, Symantec, Corel 
kompaniyalarini keltirish mumkin. 
Dasturiy ta'minot odatda kompakt disklarda tarqatiladi va uni o'rnatish uchun 
kompyuterda kompakt disklarni o'qish qurilmasi (masalan: CD ROM, CD-Writer, DVD ROM, 
DVD-Writer) o'rnatilgan bo'lishi kerak. 
Dasturiy ta'minot bajaradigan vazifasi bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi va har bitta 
guruhga kiruvchi dasturlar o'zaro turlarga bo'linadi. Dasturiy ta'minotning asosiy guruhlari: 

Operasion 
sistemalar 

kompyuter 
va 
foydalanuvchi 
o'rtasida 
muloqot 
o'rnatish, kompyuterni va dasturlarni ishini boshqarish uchun mo'ljallangan. Misollar: MS DOS, 
Windows XP, Vista, Linux, Unix, OS/2, Mac X va boshqalar. 
- Matn muharriri - matn kiritish, tahrirlash, saqlash va ochish, chop etish, matnni formatlash 
kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Word, Lexicon, Wordpad, Notepad va 
boshqalar. 
- Elektron jadvallar - jadvalga matn, raqam va formula kabi ma'lumotlar kiritib, ular ustida 
hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS 
Excel va boshqalar. 
- Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi - ma'lumotlarni maxsus jadvallarga kiritib, tartibga 
solish, kerakli ma'lumotni izlash, ma'lumotlar omborini yaratish kabi vazifalarni bajaradigan 
dastur. Misollar: MS Access, Foxpro, Clipper, Paradox, Oracle va boshqalar. 
- Taqdimot yaratish - har xil mavzuda namoyish va taqdimot yaratish, ularga jadval, rasm, 
audio, video va multimedia ma'lumotlarni tadbiq etish imkoniyatlariga ega bo'lgan dastur. 
Misollar: MS PowerPoint, Macromedia Director va hakazo. 
- Grafik muharir - rastrli, vektorli va boshqa grafikani yaratish, taхrirlash, ishlov berish kabi 
vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Macromedia Flash, 
Macromedia FreeХand, Adobe Illustrator, 3D Studio Max, Maya va hakazo 
- Multimedia dasturlari - mazkur dasturlar toifasi har xil turdagi multimedia axborot fayllarini 
(audio, video va hakazo) ochish va ijro etish va ular ustida boshqa har xil amallarni bajarish 
imkoniyatini yaratuvchi dasturlar. Misollar: Sound Forge, Cakewalk, WinAmp, Windows Media 
Player, DivX Player va boshqalar. 


- Antivirus - kompyuterni viruslardan saqlash va himoyalash, qattiq disk, media vositalarni 
virusga tekshirish va davolash vazifalarini bajaradigan dastur. Misollar: Norton Antivirus, 
NOD32, MacAfee Antivirus, Panda Antivirus, DrWeb, Antivirus Kasperskogo va boshqalar. 
- Arxivator - kompyuterdagi ma'lumotlarni ixcham shaklga keltirish, ya'ni arxivga 
joylashtirish, chiqarish, yangilash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: ARJ, RAR, ZIP, 
WinZip, WinAce, WinRAR va hakazo 
- Fayl menejerlari - fayl va kataloglar (katalog, direktoriy) ustida bir qator amallarni bajarish 
imkonini beradi - yaratish, o'chirish, nusxa ko'chirish, nomini o'zgartirish, ko'chirish, tahrirlash, 
ochib ko'rish va hakazo. Misollar: Norton Commander, Dos Navigator, Far Manager, Volkov 
Commander, Total Commander va boshqalar. 
Bundan tashqari o'yin, skanerdan ma'lumot kiritish, ma'lumotnoma va ensiklopediya, 
o'qitish, tarjimon va boshqa turdagi dasturlar toifalari ham mavjud. 
Kompyuterga o'rnatilgan har bir dastur operasion sistemada maxsus fayl - reestrda 
ro'yxatdan o'tadi. Agarda biror dasturni o'chirish kerak bo'lsa u holda quyidagilardan birini 
bajarish kerak bo'ladi: 
1. Boshla Пуск menyusidagi dasturlar guruhida o'chirilish kerak bo'lgan dastur katalogsini topib, 
u yerda Удаление (o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada dasturni o'chirish ustasi ishga 
tushadi va ko'rsatmalar berilganidan keyin dasturni o'chiradi. 
- Панель управление (Boshqaruv paneli) da Установка и удаление программ (Dasturlarni 
o'rnatish va o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada kompyuterga o'rnatilgan dasturlar 
ro'yxatini o'ziga olgan oyna hosil bo'ladi. 
Mazkur oynada o'chirilishi kerak bo'lgan dasturni tanlab, o'ng tomondagi Удалить 
(o’chirish) tugmasini bosib, dastur to'laqonli o'chirilishini ko’tish kerak. 
Operatsion tizim — barcha dasturlar orasidagi eng muhim dastur.Operatsion tizimsiz 
boshqa dasturlarni ochish tugul, kompyuterni yoqa olmas edingiz ham. Aksincha, kompyuter 
yoqilganda ekranda faqat qora rang va undan boshqa rang chiqmas edi. 


Windows (Vindouz) — operatsion tizimning nomi. Dunyodagi eng ko’p tarqalgan 
operatsion tizim hisoblanadi. Windows OTdan tashqari boshqa tizimlar ham mavjud, misol 
uchun MacOS, Linux, Ubuntu. Lekin bizning mamlakatda aksariyat odamlar aynan Windowsdan 
foydalanadi. Windows operatsion tizimi foydalanish uchun juda qulay va oddiy. U sabab 
kompyuterdan maksimal darajada oson foydalanish mumkin. Bu ishni 7 yoshdan 70 yoshgacha 
bo’lgan, ijtimoiy statusi, mavqei, ma’lumoti qanday bo’lishidan qat’iy nazar barcha qila olishi 
mumkin. 
Hozirda eng yangi versiya WIndows 10 hisoblanadi, lekin eng ko’p foydalanadigan 
versiyalari bu — Windows XP va Windows 7. 
Operatsion tizimning versiyasini kompyuter yoqilgandan so’ng bilish mumkin.Buning 
uchun ish stolida yoki Пуск menyusida joylashgan. Мой компьютер (Компьютер) tugmasini 
sichqonchaning o’ng tugmasi bilan bosib, kontekst menyuda Свойства punktini tanlaymiz. 

 
Ochilgan oynada Windowsning versiyasini aniqlash mumkin. 



Windows 7 
 


 
Windows XP 
Windows XP operatsion tizimida ish stoli mavjud (3.1-rasm)bo`lib, u operatsion 
tizimning eng asosiy elementlaridan biri hbisoblanadi.Windows XP operatsion tizimining 
"Рабочий стол" asosiy oyna, "Пуск" menyusi va topshiriqlar panelidan (“Панель задач”) 
tashkil topadi. 
3.1-rasm. Windows XP operatsion tizimi "Ish stoli" 
3.2-rasm. Microsoft Windows XP "Pusk" tugmasi 
3.3-rasm. Microsoft Windows XP topshiriqlar paneli 
Topshiriqlar paneli quyidagi bo`limlardan iborat: 

“Пуск” tugmasi; 

Tezkor yuklash bo`limi(Панель быстрого запуска); 



Ochilgan fayllar ro`yxati; 

Tillarni tanlash bo`limi; 

Turli dastur belgilari joylashuvchi muhit; 

Download 1.08 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-amaliy mashg’ulot Mavzu: Tibbiyot masalalarini echishda amaliy dasturiy ta’minot. Windows operatsion tizimida ishlash asoslari. Windows operatsion tizimining bazaviy ob’ektlari bilan ishlash

Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish