Mavzu:Metall konstruksiyalarining qo’llanish sohalari.
Reja:
1.Metall konstruksiyalarining rivojlanish tarixi.
2. Metall konstniksiyalar ishlatiladigan sohalar, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularga qo‘yi]gan talablar
3. Loyihalashtirishning tashkiliy shakli
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
Metall konstruksiyalami rivojlanishini tayyorlash texnologiyasiga va uni qaysi joyda ishlatilishiga ko'ra besh dav^ga boMishimiz mumkin. 1-davr XII—XVII asrlami o‘z ichiga oladi. Bu vaqtlarda metall qurilmalami noyob inshootlami qurilishida (saroy, cherkov), masalan, g'isht devorlami mustahkamlashda va tom konstruksiyasini tortib qo'yishda ishlatishgan. Tortqiclilami temiiga ishlov berib konstruksiyasini moslashtirib kesimini kvadrat shaklli qilib tayyorlashgan. 1158-yilda Vladimir shahrida qurilgan Uspenskiy sobori, 1560-yili Moskvada qurilgan Pokrov sobori bunga misol bo‘la oladi1856-yili Bessemer, 1864-yiIi Marten va 1878-yilda Tomas po‘lat quyish usullari ishlab chiqilishi va o‘zIashtirilishi natijasida cho‘yan konstruksiyalar o‘rniga po‘lat konstruksiyalarini ishlata boshlandi, chunki po'lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo‘lganligi tufayli 40-yillarda po‘latli prokatli sortamenti va varaqsimon prokatning texnologiyalari o‘zlashtirilishi natijasida qurilish konstruksiyalar rivojlanishiga va ulami noyob binolarda ishlatilishiga katta imkoniyatlar yaratdi.
XIX asr oxiriga kelib, panjarasimon sinchlar o‘miga ramaravoqli sinchlar ishlata boshlandi. Eni kengroq bo'lgan binolar qurildi. Bularga misol qilib, Peterbuigda (1884-yilda qurilgan Senniy bozorni va 1890-yili qurilgan Gatchino vokzali), Moskvada 1913—14-yillarda qurilgan binolarni keltirish mumkin. XIX asming ikkinchi yarmida temir yo'llaming qurilishi keng tarqalgan edi. Temir yoM ko'priklari qurilishi bilan ko'priklaming quiay konstruktiv shakllari ham rivoj topdi. Ko‘priklarning joylashtirilishi va hisoblash nazariyasi mukammallashdi. Metall qurilmalarni loyihalashga, hisoblashga va qurilish uslublarini rivojlanishiga rus olimlaridan S.V.Kerbedz, N.A.Belelyubskiy, L.D.Proskuryakovlar hissa qo'shishgan. S.V.Kerbedz (1810-1899y.y.) Rossiyada birinchi bo‘lib panjarali fermalami qo‘llash bilan temir yo‘l ko‘priklarini qurdirgan, Peterburgdagi cho'yan ko'prikni ham Kerbedz loyihalashtirgan va qurilishida ishtirok etgan. N.A.Belelyubskiy (1848—1922y.y.) ko'prik qurish bo'yicha mutaxassis, birinchi bo‘lib tirgakli fermani ko'prik qurilishida qo‘lladi. U prokat sortamentini ishlab chiqdi. L.D.Proskuryakov (1858—1926y.y.) ko'prik fermalariga uchburchak va xovon panjarasini qo'llash usulini kiritdi va fermalarning qulay shaklining nazariyasini ishlab chiqdi. XIX asrning oxiri va XX asming boshlarida metalldan bo'lgan qurilishlami rivojlanishiga olimlardan F.S. Yasinskiy, V.G.Shuxov va I.P.Prokofev katta hissa qo'shdilar. F.S.Yasinskiy (1858—1899y.y.) birinchi bo‘Iib ko‘p oraliqli sanoat binolarining ichki oraliqdagi ustunlarni metalldan qilishni tavsiya etdi va tayanch oraligM katta bo‘lgan binolarni buklanuvchan va ravoqli konstruksiyalar bilan yopishni ishlab chiqdi. Ustunlarni nomarkaziy ta’sir etayotgan kuchga hisoblash usullarini rivojlantirdi va aniqliklar kiritdi. S.G.Shuxov (1853-1939y.y) birinchi bo‘lib dunyo miqyosida fazoviy panjara konstruksiyalar orqali tomlami yopish usullarini va taram-taram yuzali konstruksiyalar orqali turli xil minoralarga o‘xshash qurilmalarni ishlab chiqdi va qurilishda ishtirok etdi. Yangi konstruktiv rezervuar shakllarini, ularni hisoblash va oqilona o‘lchamIarini topish usullarini ishlab chiqdi. I.P.Prokofev (1877-1958y.y) oldingi tajribalarni e'tiboiga olib metall ko‘priklarini konstruksiyasini tayyorlanishi va yig‘ilishi haqida kitob yozdi. 0 ‘sha davr bo‘yicha noyob ko‘priklar konstruksiyalarini ishlab chiqdi va o‘zi ham qurilishda ishtirok etdi. 5-davr 20-yillardan boshlab davom etib kelmoqda. Metallshunoslik 30-yillarda rivojlanishi sababli metall konstruksiyalarida mustahkamliroq poMatlami ishlatish boshiandi. Наг xil mustahkamga ega boMgan po'latlarning turi ko'payib ketdi va metall konstruksiyalarning konstruktiv shakllari rivoj topdi. Metall konstruksiyalarining keng va turli xil rivojlanish masalalarida loyiha, iltniy va ishlab chiqarish korxonalarining hissasi katta bo‘ldi. «Proektstalkonstruksiya*, «Promstroyproekt» va «SNIISK»lar yangi konstruktiv shakllami yaratish va ulami hisoblash usullarini tavsiya etish bilan shug'ullanishadi. «VNIPIPromstalkonstruksiya» loyihalashtirish va yig‘ish ishlari bilan shug‘ullanadi. VNIKTISK metall konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash bo‘yicha izlanishlar olib bordi. 30-yillarda metallshunoslik va mashinasozlik rivojlanishi bilan juda ko‘p sanoat Inshootlari metall sinchli qilib qurila boshlandi. Sanoat binolari qurilishida metall sinchi asosiy qism bo‘ldi va ulaming rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 50—70-yiIlarda metall konstruksiyalarning rivojlanish asoslari o‘zgarmasdan va ulaming asosi — tejarokorlik, konstruksiyalami yaratish texnologiyasi oddiy, yig‘ish ishlar tez bajariladigan bo‘lib, shu asosda metall konstruksiyalar rivoj topdi. Shu zamon bo‘yicha noyob boMgan sanoat binolari qurilgan tayanch oralig‘i 120 m kranning yuk ko'tarish qobiliyati 30t va u fermaga osilgan holatda ishlaydi binoning balandligi 57m va ikki oraliqli sanoat binosi kranlarning yuk ko'tarish qobiliyati 1200t va 600t. Metall konstruksiyalarning yangi original shakllari yaratildi, ayniqsa, xalqlararo ko‘igazma binolami qurilishida 1958-yil Bryusselda 1967-yil Monrealda, VDNHdagi kosmos pavilioni, Lujnikidagi sport saroyi va 80-yildagi olimpiyada uchun qurilgan sport inshootlarini misol qilib keltirish mumkin. 1980 - yilda yozgi olimpiyadaga tayanch oralig‘i katta bo‘lgan o'zining konstruktiv shakli bilan bir - biridan tubdan farq qiladigan bir necha original sport majmualari qurilgandi. Konstruktiv shakli mukammallanishi bilan metall konstruksiyalami hisoblash usuli ham takomillashdi. 1950-yilgacha qurilish konstruksiyalari mumkin bo‘lgan kuchlanish bo'yicha hisoblashar edi, 1950 qurilish konstruksiyalami chegaraviy holat bo'yicha hisoblashga o‘tishdi. Hoziigi qurilish me'yor va qonunlarida shu usul bo‘yicha hisoblash talab etiladi. EHM ishlatilganda loyihalash sifatini tubdan oshiradi va tezlatadi. Mashina o‘zi avtomatik ravishda loyihani chizib beradi. 1920—2000-yillar davrida metall konstruksiyalaming rivojlanishiga ilmiy tadqiqot loyiha institutlari o'zining ijodiy ishi (SAPR) bilan ko‘p hissa qo‘shdi. Metall qurilmalari rivojiatiishiga olimlardan N.S.Streletskiy (1885-1967y.) Ye.O.Paton (1870-1953y.), N.P.Melnikov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Metall konstniksiyalar ishlatiladigan sohalar, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularga qo‘yi]gan talablar Hozii;gi vaqtda metall konstniksiyalar turli xil binolar qurilishida, muhandislik inshootlarini yaratilishida ishlatiladi. Ayniqsa, tayanch oralig‘i katta bo‘lgan binolaming tom konstruksiyalaming Ьафо etishda, baland inshootlar qurilishida va ko‘p yuk ta’sir etayotgan qurilmaiami bunyod etishda metall konstruksiyalaming ahamiyati kattadir. 2005-yil 0 ‘zbekiston Respublikasida 450000t poiat eritildi, lOSOOOt prokat metallidir. Konstruktiv shakliga va qayerda ishlatilishiga qarab metall konstruksiyalar 8 xil sohalarda ishlatilishi mumkin; 1. Sanoat binolarini sinchini yaratilishida. 2. Tayanch oralig'i katta bo‘lgan binolaming tom konstruksiyalarini yaratishda (angarlar, konsert va sport saroylari, gumbazlar, bozorlar). 3. Ko'prik va estakadalar qurilishida. 4. Minora va machtalar qurilishida (tele va radio minoralar, neft qazib chiqarish va suv xo‘jaligi binolari va inshootlari). 5. Ko‘p qavatli binolaming sinchini yaratishda. 6. Varaqsimon prokatidan yig'ilgan gaz va su5mqliklarni saqlash hamda taqsimlash inshootlarini qurishda. 7. Kranlarni va boshqa turli harakat qiluvchi konstruksiyalami yaratilishida. 8. Boshqa konstruksiyalami qurishda. Ko‘rib chiqilgan metall konstruksiyalar ishlatiladigan sohalari turli konstruktiv shakl va tizimlardan iboratdir. Ammo, bu turli xil konstruksiyalarni yaratilishi asosan ikkita omil bilan bog'langan. Birinchidan, turli xil konstruksiyalarni yaratishda standart bo‘yicha ishlab chiqariladigan elementlardan, prokat sortamentidan foydalanishadi (qo‘shtavr, shveller, burchaklik, varaqsimon prokati). Ikkinchidan, metall konstruksiyalarning yig‘ish texnologiyasi bir xilligi bilan bog‘langan, sovuq holatda boltlar yoki parchin mixlar orqali va qizdirib eritish orqali elektr yoyi bilan elementlami bir-biriga payvandlash bajariladi. Metall konstruksiyalarning o'ziga xos bo‘lgan afzalliklari bor. Bu ularni turli xil inshootlarda ishlatishga imkon beradi. 1. Metall materiali yuqori mustahkamlikka ega, siqilishga va cho‘zilishga bir xilda qarshilik ko‘rsatadi. Uni bir jinsliligi qurilmalarda ishonchli ishlashini ta’minlaydi va hisobini onsonlashtiradi. 2. Metall konstruksiyalardan yasalgan inshootlar nisbatan yengil bo‘ladi. Har qanday materialning qurilmaga sarf bo'lish darajasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi; С = p/R yA bunda (1.1) p — materialning hajmiy og'irligi (zichligi), Ry — materialning hisobiy qarshiligi. «С» qancha kichik bo‘lsa, shuncha konstruksiya yengil bo‘ladi; poMatlar uchun C=/3,71,+7/10*'* 1/m; beton uchun C=18,410'‘‘ 1/m; yog‘och uchun C=5,410'‘* 1/m. 3. Metall qurilmalar ishonchli hisoblanadi. Po‘latning mexanik xususiyatlari uning bir jinsliligiga bog‘Iiq boMib, hisob orqali va amalda ishlayotgan konstruksiya kesim yuzasida hosil boMayotgan kuchlanishlar bir xil bo‘ladi. 4. Po'latning zichligi ancha katta bo'lgani tufayli undan yasalgan qurilmalar gaz va suyuqlikni o‘tkazmaydi. 5. Metall qurilmalar sanoatbop bo‘ladi, ya’ni ular asosan korxona sharoitida tayyorlanib, qurilish joyida mexanizmlar yordamida yig‘iladi. 6. Metall konstruksiyalar ekologiya talablarigi javob beradi. Chunki metall konstruksiyalardan tayyorlangan binolami xizmati tugagandan keyin konstruksiyalarni qayta elementlarga bo‘lib yana ishlatish mumkirt yoki metallomga topshiriladi. Metall konstruksiyalarning ba’zi bir kamchiliklari ham bor, bu ularning keng ishlatilishini cheklaydi. Po'lat konstruksiyalarning asosiy kamchiligi ularning turli ta’sirlarning ostida yemirilishidir. Bu hoi qurilmalarni korroziyadan muhofaza qilishning turli xil usullarini qo'llashni talab qiladi.
Metalining issiqqa bardoshligi ham katta emas. Harorat 250^C ga yaqinlashganda po‘latning elastiklik moduli kamaya boshlaydi va 600°C da batamom plastik holatga o‘tadi. Yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish uchun metall konstruksiyalarni olovbardoshligini ko'paytirish zarur. Buning uchun har xil usullardan foydalanish mumkin. Metall konstruksiyalarga qo‘yilgan talablar: metall qurilmalar yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lishi, ya’ni mustahkamlik, ustuvorlik va bikrlik talablariga javob berishi kerak. Iqtisodiy jihatdan tejamli bo'lishi kerak, yig‘ish muddatlarini kamaytirish uchun unumli usullar qo'llash va standart elementlardan keng miqyosda foydalanish zarur. Metall konstruksiyalardan foydalanib qurilgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishi go‘zal bo‘lishi, ya’ni estetik talablarga ham javob berishi kerak.
Loyihalashtirishning tashkiliy shakli Loyihalashtirish bir yoki ikki bosqichda bajariladi. Bir bosqichda — ishchi loyiha qayta ishlatiladigan loyiha asosida quriladigan va texnik jihatdan murakkab bo'lmagan binolarni qurishda qo‘llaniladi. Ikki bosqichda — loyiha va ish hujjatlari bajariladi. Loyihalash bosqichida binoning me'morchiligi (arxitekturasi) qisqa tasvirlab beriladi va qurilish zarurligi asoslanadi. Inshootlarning konstruktiv shakllari aniqlanadi va kerakli elementlar tanlab olinadi. Agarda, shu bino qurilishida metall konstruksiyalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, unda tarx va qirqimlarda asosiy ko‘tarib turadigan elementlaming sxemasi keltiriladi va shu konstruksiyani ishlab chiqarish, qurilish maydoniga transport orqali olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ish hujjatlariga metall konstruksiyalar ish chizmalari (KM) va murakkab tugunlarning va detallarning chizmalari kiradi (KMD). KMning ishchi loyihasiga quyidagi materiallar kirishi kerak: tushuntirish xati, bino sinchiga ta’sir etayotgan yuklar jami, bino tarxi, konstruksiya joylanishi, elementlar hisobi, biriktirilgan joyi va metalining kesimi bo‘yicha to‘liq tafsilotli ro'yxati.
Metall konstruktiv material bo‘lganligi tufayli uning mexanik xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baholanadi. Po'latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, mo'rtlik darajasi, yuqori haroratda «oquvchanligi» sifatini belgilaydi. Payvandlanuvchanlik po‘latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq. Konstraksiyada po'latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga konstruksiyaning shakli, tashqi ta’sirlarning turlari va miqdori, yo‘nalishi hamda ta’sir tezligi, muhitning tajovuzkorlik darajasi va harorati katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mustahkamligi bo'yicha po‘latlar uchta guruhga bo'linadi: 1) Mustahkamligi oddiy Ryn= -185+285 MPa, Ru„= -365+390 MPa; 2) Mustahkamligi yuqori Ry„= -295+390 MPa, Ru„= 430+540 MPa; 3) Mustahkamligi baland Ry„= - 440+°° MPa, Run=-590+o° MPa. Po'latlarning mexanik xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog‘liq. Uning asosini ferrit degan zarrachalar tashkil qiladi. Ferrit o‘zi kam mustahkamga ega va o‘ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo'shiladi (kam uglerodli poiat) yoki boshqa metall qo‘shishadi (marganets, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va tovlash usullar bilan baland mustahkamlikka ega po‘lat olinadi. Kam uglerodli po‘latning atom strukturasi kub shakliga o‘xshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, qirralarining uchida temir G ‘ye atomi turadi. G ‘ye3S-qorishma ferrit, karbid-sementit paydo bo‘ladi. Kam legirlangan po'latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po‘latning atom tuzilishiga o‘xshaydi. Legirlashtirishda qatnashadigan kimyoviy elementlar bilan tanishamiz. Uglerod «и» po‘lat mustahkamligini oshiradi, plastiklik xususiyatini kamaytiradi, payvandlash imkoni pasayadi. Shuning uchun qurilishda ishlatiladigan po'latlarda uglerod 0,22% gacha bo‘lishi mumkin. Kremniy «С» po‘lat mustahkamligini oshiradi, payvandlash imkonini pasaytiradi va zanglashga qarshiligini kamaytiradi. Shuning uchun, kam uglerodli po‘latda 0,3 % ,legirlangan po'latda esa 1 %gacha bo4adi. Marganets «G» metallning mustahkamligini, qayishqoqligini oshiradi va po‘]atga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Ammo, maiganets miqdori 1,5% dan ortsa, unda po‘lat mo‘rt boiib qolish xavfi bor. Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilikni oshiradi. Lekin, 0,7% dan ko'payganda po‘lat tez eskirib qolishiga sabab bo'ladi. Xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «М», titan «Т», nikel «N* — bularning hammasi po‘lat mustahkamligini oshiradi va ayrimlari plastik xususiyatini ham oshiradi. Turli toifali po‘latlami kimyoviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda quyidagi belgilash tartibi qabul qilingan: Dastlabki ikkita raqam foyizning yuzdan bir ulushida uglerodning o‘rtacha miqdorini ko'rsatadi, harflar bilan esa poMatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi kimyoviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Harfdan keyingi raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi miqdorini ko'rsatadi. Agar bu miqdor bir foizdan kam boisa, u ko'rsatilmaydi. Poiatning tarkibiga kirgan qo'shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo'lganda ular belgida ko‘rsatilmaydi.
Xulosa.Mustaqillik yillar mobaynida mamlakatimizda qurilgan sanoat binolarini va inshootlarini ko’pchiligi po’lat konstruksiyadan foydalanib qurilganligi hammamizga ma’lum.Bundan kelib chiqadiki metal konstruksiyalar insoniyat hayotida juda ha muhim o’rinni egallagan. Metal konstruksiyalar ma’lum talablarga javob bersagina sanoatda iwlatilishi mumkin.Bu talablarga misol qilib zanglamaslik, kerakli darajadagi mustahkamlik darajalari, kerakli darajadagi qattiqlik va shu kabilar. Yuqoridagi mavzudan metal konstruksiyalarning kelib chiqish tarixi,ishlatilish o’rni kabi ma’lumotlarni o’rganishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q.A.Saydullayev, K.Q.Shukurova. Metall konstniksiyalari. Darslik. — Т.: «Fan va texnologiya», 2010, 272 bet.
2. Мельников Н.П. Метаплические конструкции. Москва, Стройиздат, 1983 г. 3. Xolmurodov R.I., Asliyev S.A. Metall qurilmalari. Toshkent, « 0 ‘qituvchi» 1994 y. 4. Saydullayev Q.A.,Ganiyeva K.Q. «Po‘lat qurilmalari». 0 ‘quv qo‘ilanma. Toshkent, 2002 y. 5. Saydullayev Q.A.,Ganiyeva K.Q. «Maxsus metall konstruksiyalari». 0 ‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2004 y.
4.Internet tarmoqlari.
|