• 1.2. Vazifalar
  • 5-laboratoriya ishi oqova suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash va kompleks tozalash




    Download 168.5 Kb.
    bet1/3
    Sana15.12.2022
    Hajmi168.5 Kb.
    #34949
      1   2   3
    Bog'liq
    5-tajriba ishi
    organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

    5-LABORATORIYA ISHI
    Oqova suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash va kompleks tozalash
    1.1. Maqsad
    Turli xil chiqindilar bilan ifloslangan suvni bosqichma-bosqich tozalashni o'rganish.
    Ajratib olingan chiqindilarni utilizatsiya qilish.
    1.2. Vazifalar
    Suvning ifloslanish darajasini aniqlash.
    Oqova suvdan namuna olish.
    Muallaq moddalar suzgichda tozalash.
    Oqova suvni koagulatsiya va flokulatsiya usulida tozalash.
    Eritma holidagi chiqindilarni adsorbsion usulda tozalash.
    1.Umumiy ma’lumotlar
    Odatda oqova suv tindirgichdan o'tgandan yoki biologik tozalangandan keyin suzib olish usulidan foydalaniladi. Bu usul uncha mayda bo‘lmagan zarrachalarni suzib oluvchi material yuzasiga yopishib qolishiga asoslangan. Suzib oluvchi material sifatida shag‘al, qum, maydalangan ko‘mir, kvars, marmar, sopal maydalari, sintetik va polimer materiallari ishlatiladi. Oqova suv donador material orqali suzib olinganda muallaq moddalar suzib oluvchi material yuzasida yupqa qavat hosil qiladi va uning g‘ovaklariga o‘tirib qoladi.
    Rahbar ko‘rsatganicha, ya’ni 20-100 ml oqova suv suzgich orqali suzib o‘tkaziladi, bunda suzgich qog'oz avval tarozida tortib olingan bo'lib keyin voronka holida buklangan bo‘ladi. Suzgich qog‘ozga o‘tirib qolgan loyqa sovuq suv bilan yuviladi; loyqa yopishgan suzgich qog'oz 150 °C da quritiladi va bir necha marta tortganda og‘irligi o'zgarmagan holatga kelgach tarozida tortiladi. Suvda bo‘lgan qattiq moddalar miqdori (X, mg/1) quyidagi formula yordamida topiladi:

    bunda: m1 - suzgich qog'oz massasi, mg;


    m2 - loyqa yopishgan suzgich qog‘oz massasi, mg;
    V - olingan oqova suv namunasi hajmi, ml.
    Flotatsiya — oqova suvga aralashgan solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og'irligidan kichik bo'lgan bekorchi qo‘shimchalarni suv yuzasiga qalqib chiqish jarayoni. Bu jarayon havo pufakchalari yordamida tozalanadi, ya’ni zarrachalar havo bilan pufakcha-zarracha majmuini hosil qilib suv yuzasiga qalqib chiqadi.
    Suvda havo pufakchalari qaysi usulda hosil qilinishiga qarab flotatsion tozalashning quyidagi usullari ma’lum:
    Havoni mayda-mayda pufakchalar tarzida yuborish yo‘li bilan flotatsiya qilish.
    Havo bilan o‘ta to‘yintirilgan suv yordamida hosil qilingan pufakchalar bilan flotatsiya qilish.

    Download 168.5 Kb.
      1   2   3




    Download 168.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-laboratoriya ishi oqova suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash va kompleks tozalash

    Download 168.5 Kb.