№5-laboratoriya ishi. Salt tartibda ishlayotgan ta’minlovchi elektr uzatish liniyasini modellashtirish




Download 71,59 Kb.
bet1/2
Sana15.12.2023
Hajmi71,59 Kb.
#119873
  1   2

№5-laboratoriya ishi. Salt tartibda ishlayotgan ta’minlovchi elektr uzatish liniyasini modellashtirish.


Ishdan maqsad: MathLab/Simulink dasturining interfeysini o‘rganish, elementlarni boshqarish va tuzatishlar kiritishda boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish, yuqori kuchlanishli ta’minlovchi elektr uzatish liniyasini modelini tuzish va ularni salt ishlash tartibida tadqiq qilish.
5.1. Qisqacha nazariy ma’lumot
Elektr uzatish parametrlari taqsimlangan liniyani o‘zi ichiga olib, bir turli liniyada uning sig‘imi va aktiv o‘tkazgichlari, qarshiligi uzunlik bo‘yicha bir xil taqsimlangan hisoblanadi.
Parametrlari uzunlik davomida taqsimlangan elementli sxemani analitik hisoblash murakkab hisoblashlarni keltirib chiqaradi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli EUL ish tartibini tadqiq qilishda ularni uzunligi davomida taqsimlangan sig‘imini ham hisobga olish kerak, bunda liniyaning uzunligi, elektr ta’minoti tizimining jarayonlariga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. SHuning uchun 110 kV va undan yuqori kuchlanishli EUL ni hisoblashda, qarshilik va o‘tkazuvchanligi yig‘ilgan parametrli sodda sxemasi qo‘llaniladi. EUL ning “P” ko‘rinishli almashtirish sxemasining umumiy ko‘rinishi 5.1–rasmda keltirilgan.

5.1–rasm. YUqori kuchlanishli ta’minlovchi EUL ni
almashtirish sxemasi
Almashtirish sxemasidan ko‘rinib turibdiki (5.1–rasm), liniyaning to‘la sig‘im B va aktiv G o‘tkazuvchanliklari sxemaning boshi va oxirida, aktiv R va reaktiv X qarshiliklar almashtirish sxemasining o‘rtasida joylashgan.
Tojlanishga, shu bilan birga kam darajada izolyasiyada sarf bo‘ladigan aktiv quvvat isrofi aktiv o‘tkazuvchanlik G dan aniqlanadi. Qoidaga asosan, hisoblashlarda toklarning chiqib ketishi hisobga olinmaydi, me’yoriy ob–havo sharoitini va simlarning kesim yuzasi kuchlanishga qarab tanlanishini hisobga olgan holda tojlanish isrofi juda kichik, shuning uchun laboratoriya ishlarini bajarishda, G nolga teng deb qabul qilinadi. Almashtirish sxemasi 5.2–rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda bo‘ladi.

5.2–rasm. Ta’minlovchi EUL salt ishlayotganda aktiv o‘tkazuvchanlikni hisobga olmagandagi almashtirish sxemasi
Ma’lumotnomalarda [6] o‘tkazgichlarning qarshiligi va o‘tkazuvchanligining o‘lchov (yoki solishtirma) qiymati ko‘rsatiladi. To‘la qiymat, solishtirma qiymatni elektr uzatish liniyasining uzunligiga ko‘paytirilib topiladi.
Sxemadan (5.2–rasm) kelib chiqadiki, tarmoqda sig‘imni mavjudligi, yuklama bo‘lmaganda ham reaktiv toklarni oqishiga olib keladi. Liniyani salt ishlashida EUL sxemasining barcha elementlardagi kuchlanish va oqayotgan toklarni o‘rganish katta qiziqish o‘yg‘otadi.
Salt ishlash tartibida reaktiv sig‘im tok IB2 liniyaning aktiv qarshiligi R orqali o‘tib IB2·R kuchlanish pasayishini keltirib chiqaradi, bu vektor diagrammadan (5.3–rasm) kelib chiqadi. Induktiv X qarshilik orqali tok o‘tganida unda – IB2·X kuchlanish pasayishini hosil bo‘ladi. Bu esa, salt ishlash tartibida liniya oxiridagi kuchlanishni oshishiga olib keladi.

5.3–rasm. EUL salt ishlayotgan fazasining vektor diagrammasi
Agar liniyaning uzunligi 100–500 km bo‘lsa, kuchlanishning oshishi 0,5–10% ni tashkil etishi mumkin. Kuchlanish o‘rnatilgan darajadan oshsa, elektr uskunalarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki izolyasiya va liniyaning elektrotexnik uskunalarini ishlash muddatini kamaytiradi, ba’zi hollarda esa EUL tomonlaridagi kuchlanish qiymatlarining farqi hisobiga, hattoki parallel ishlayotgan generatorlarning sinxron ishlashi turg‘unligini pasaytirishi mumkin.
Katta uzunlikdagi elektr uzatish liniyalarida ushbu hodisalarni oldini olish uchun sxemalarda induktiv reaktiv quvvat kompensatsiyasi ishlatiladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, liniyaning reaktiv tokining qiymati yuklama tokining maksimal qiymatini 25–30 % tashkil etishi mumkin. YUqori va o‘ta yuqori kuchlanishli liniyalarda ajratgichlar bilan hatto salt ishlashda har qanday uzib–o‘chirishlar ta’qiqlanadi.
5.2. Salt ishlayotgan EUL ni modellashtirish
EUL ni modellashtirishda Simulink ning quyidagi elementlari qo‘llaniladi:
1. AC Voltage Source – o‘zgaruvchan kuchlanish manbasi. Ushbu komponent SimPowerSystems kutubxonasining Electrical Sources bo‘limida joylashgan. Element quyidagi asosiy parametrlar bilan xarakterlanadi: peak amplitude (eng yuqori amplituda), phase (boshlang‘ich faza), frequency (chastota). Sample time parametrni o‘zgarishsiz qoldirish mumkin.
2. Series RLC Branch – RLC elementlar ketma–ket ulangan kontur. Komponent SimPowerSystems kutubxonasining Elements bo‘limida joylashgan. Elementlar resistance (to‘la qarshilik), inductance (to‘la induktivlik), capacitance (to‘la sig‘im) parametrlar bilan xarakterlanadi.
3. Bus Bar – shina, kiruvchi va chiquvchi signallarni sonini o‘zgartirish imkonini beradi. Element SimPowerSystems kutubxonasining Connectors (ulagichlar) bo‘limida joylashgan. Uning parametri kirishlar soni (number of inputs) va chiqishlar soni (number of outputs) hisoblanadi.
4. Voltage Measurement, Current Measurement – mos ravishda kuchlanish va toklarning oniy qiymatlarini o‘lchagich. Element SimPowerSystems kutubxonasining Measurements bo‘limida joylashgan.
5. RMS – signalning oniy qiymatini haqiqiy (ta’sir etuvchi) qiymatga o‘zgartgich. U SimPowerSystems kutubxonasining Measurements bo‘limining Extra Library bo‘limida joylashgan. Sozlanadigan parametr frequency (chastota) hisoblanadi.
6. Display – displey, signalni son qiymatini aks ettiradi. U SimPowerSystems kutubxonasining Sinks bo‘limida joylashgan. Asosiy parametri format (ma’lumotlarni aks ettirish formati) hisoblanadi.
Simulink ning ishchi oynasiga kutubxonadan kerakli bo‘lgan elementlarni joylashtirib, ularni ketma–ket ulab va sozlanmalarni bajarib imitatsion modelni olamiz (1.4–rasm).
EUL bo‘ylama qarshiligi Series RLC Branch element yordami bilan modellashtiriladi, bunda capacitance parametr inf ga teng. Ko‘ndalang sig‘im o‘tkazuvchanlik RLC kontur bilan ko‘rsatilgan, unda inductance parametr nolga teng. SHuni ta’kidlash kerakki, almashtirish sxemasining ko‘ndalang shaxobchasida kichik aktiv qarshilik bo‘lishi kerak (masalan, 10–5 Om).

5.4–rasm. Simulink da salt ishlayotgan EUL ning imitatsion modeli
5.3. Ishni bajarish tartibi
1) Mathlab dasturini ishga tushiring va Simulink kutubxonasini oching.
2) File/New/Mobel komandalarini bajarish yo‘li bilan modelning yangi faylini yarating.
3) Elektr ta’minoti tizimi modellashtirish uchun Simulink da kerakli to‘plamlarni oching (SimPowerSystems), salt ishlayotgan EUL ni modellashtirish uchun Simulink oynasidagi kerakli elementlarni yangi ochilgan model oynasiga joylashtiring. (1.2. bo‘limga qarang).
4) O‘qituvchi tomonida berilgan variantga muvofiq ravishda kerakli bo‘lgan parametrlarni jadvaldan oling, liniyaning to‘la qarshilik, o‘tkazuvchanligi qiymatini hisoblang, modelga kiritilgan elementlarni parametrlarini kiriting va ular orasida bog‘liqlikni hosil qiling. Buning uchun mos ravishda bloklarning kirishlari va chiqishlarini 1.4–rasmda ko‘rsatilgan kabi bir – biri bilan bog‘lang.

Download 71,59 Kb.
  1   2




Download 71,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№5-laboratoriya ishi. Salt tartibda ishlayotgan ta’minlovchi elektr uzatish liniyasini modellashtirish

Download 71,59 Kb.