• Kerakli asbob-uskunalar
  • ISHNI BAJARISH TARTIBI
  • 5-Labоratоriya mashg’ulоti




    Download 13.73 Kb.
    Sana19.05.2022
    Hajmi13.73 Kb.
    #21445
    Bog'liq
    5-Lab (1)
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический

    5-Labоratоriya mashg’ulоti

    GAZLAMALARNI SURISH MEXANIZMINI BО‘LAKLARGA AJRATISH

    Ishni bajarishdan maqsad: tikuv mashinasi qisman bо‘laklarga ajratish, detallardagi nuqsonlarni aniqlash va о‘rta tamirga tayyorlashni о‘rganish

    Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchiorganlari, chizg‘ich, qalam, о‘chirgichva12 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.



    Foydalanish uchun adabiyotlar:

    1. Q.T.Olimov, R.X. Nurboyev, G.K. Soatova, I.M. Raxmonov “Tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish jixozlari” T. “Fan” 2011 y.
    2. Q.T. Olimov va boshqalar. “Tikuvchilik korxonalari jixozlari” Toshkent 2001 y.
    3. X.H.Samarxо‘jayev “Tikuvchilik korxonalarining uskunalari”. T. “О‘zbekiston” 2001
    4. Q.T. Olimov va boshqalar “Yengil sanoat mashina va apparatlari” Toshkent 2001 y.
    5. Q.T. Olimov, R.X. Nurboyev va boshqalar “Yengil sanoat jixozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari” Toshkent 2005 y.

    Kapital va о‘rtacha ta’mirlash navbati kelgan yoki ta’mirlasl’iiui muhtoj mashinalar ta’mirlash mcxanika ustaxonasi usl.iM tomonidan sex boshlig‘i yoki sex ustasi kо‘rsatmasi bilan ta’mirlash grafigida belgilangan muddatda ishdan tо‘xtatiladi о‘rtacha ta’mirlanishi lozim bо‘lgan mashinalar uchun о‘z vaq tida detallar yetkazib bcrish maqsadida, ta’mirlash boshlani shidan kamida 5 kun oldin sex ustasi tomonidan nuqsonlm qaydnomasi tuziladi. Nuqsonlar qaydnomasi kapital ta’mirlasli paytida ta’mirlash mexanika ustaxonasi (TMU) ishchilari tomonidan sex ustasi bilan birgalikda mashinaning oxirgi joriy kо‘rigi davrida tuziladi va nosozliklari ta’mirlash boshlanishidan 15 kun oldin, shuningdek, mashinani qismlarga ajratish davo- mida ham aniqlanadi.
    Agar mashina navbatdagi ta’mirlashga tо‘xtatish muddati kelganda yaxshi ish holatida bо‘lsa, mashinani ta’mirlash yaqin muddatdagi navbatdagi ta’mirlash muddatiga о‘tkaziladi. Mashi­naning holati tо‘g‘risida TMU boshlig‘i ishlab chiqarish sexi boshlig‘i bilan birgalikda kо‘rik dalolatnomasi tuzadilar va bu dalolatnoma korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
    Nuqsonlar qaydnomasini tuzishda mashina ish unumini va ishlov beriladigan mahsulot sifatini, mashinaning xavfsiz ishlashini va ishonchliligini pasaytiradigan nosozliklarga kо‘proq e’tibor beriladi.
    Mashinani ta’mirlashga qabul qilib olishda ularni ishlatish paytidagi saqlanish sifati baholanadi. Agar topshiriladigan ma­shina butunligi saqlangan va toza holatda bо‘lsa, unga yaxshi saqlangan, deb baho beriladi. Agar mashinada singan yoki о‘z vaqtida moylanmaganligi tufayli tez yeyilgan uzel va detallar, mashinani himoyalab turadigan moslama yoki tо‘siqlar nosoz holatda bо‘lsa, mashina qoniqarsiz saqlangan hisoblanadi.
    Mashina va mexanizmlar, ularning qismlari, shuningdek, detallarni tiklash texnologik jarayonida kо‘rsatilgan barcha ishlar maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan ish joylaridagi mavjud texnologiyaga og‘ishmay rioya qilingan holda aniq bajarilishi lozim.
    Jihozlarni ta’mirdan qabul qilib olish. Jihozlar о‘rtacha va lliipital ta’mirdan ikki: boshlang‘ich va yakuniy bosqichlarda liibul qilib olinadi. Jihozlarni boshlang‘ich qabul qilib olishda iii’mirlashdan sо‘ng mashina yurgizilib chiniqtiriladi va ishga lir.hirishga yaroqliligi aniqlandi. Jihozlarni uzil-kesil qabul qilib olishda, dastlab, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgan bо‘lishi lozim. Mashinalar kapital ta’mirdan tо‘liq ynklangan holda tо‘qqiz .mcna ishlagandan sо‘ng, о‘rtacha ta’mirdan esa tо‘liq yuklangan holda uch smena davomida ishlagandan sо‘ng qabul qilib olinadi. Mashinani ta’mirlashdan sо‘ng yuqori malakali ishchilar chiniqtiradilar. Bu ish uchun sarflangan vaqt ta’mirlash vaqt meyoriga kirmaydi. Boshlang‘ich qabul qilib olishdan uzil-kesil qabul qilib olishgacha bо‘lgan davrda mashinaga meyorida xizmat kо‘rsatish uchun sexdan biriktirilgan shaxs javobgar hisoblanadi. Mashinani ta’mirdan qabul qilib olish dalolatnomasi uzil-kesil qabul qilib olingandan sо‘ng darhol tuzilishi kerak. Qabul qilish, topshirish dalolatnomasi sex ishchilari aybi bilan о‘z vaqtida luzilmasa, ta’mirdan chiqarilgan mashina ishlatishga qabul qilingan, deb hisoblanadi va dalolatnoma bosh mexanik tomonidan imzolanadi. Sо‘ngra bosh mexanik chora kо‘rish uchun bosh muhandisni bundan xabardor qiladi. Mashinani kapital ta’mirdan sо‘ng ishlatishga TMU boshlig‘i topshiradi, ishlab chiqarish sexi boshlig‘i esa uni qabul qilib oladi. Mashinani о‘rtacha la’mirlashdan sо‘ng esa TMU ustasi foydalanishga topshiradi va ishlab chiqarish sexi ustasi qabul qilib oladi.
    Ta’mir sifatiga «a’lo» yoki «yaxshi» baho qо‘yiladi. Agar mashina texnik shartlarga mos ravishda qat’iy ta’mirdan о‘tkazilgan bо‘lsa va yuqori texnologik kо‘rsatkichlarga ega bо‘lsa, unda «a’lo» baholanadi. Agar mashinaning alohida detallari qо‘yimlarida ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va mashina ishiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri ta’sir qilmaydigan, tasdiqlangan texnik shartlardan uncha katta bо‘lmagan chetga chiqishlar aniqlansa, unda mashina «yaxshi» baholanadi.

    ISHNI BAJARISH TARTIBI

    1. О‘rtacha ta ‘mir haqida tushunchaga ega bо‘linadi.


    2. Ishga yaroqli va yaroqsiz mashinalar farqi aniqlanadi.
    3. Jihozlarni ta ‘mirga qabul qilib olish о‘rganiladi.
    4. Barcha qilingan ishlar hisobotga kiritiladi.
    NAZORAT SAVOLLARI

    1. О‘rtacha ta ‘mir nima?

    2. Qachon mashinalar ta ‘mirtaab bо‘lib qoladi?

    3. Chidamlilik nima?

    4. Jihozlar ta ‘mirga qachon qabul qilib olinadi?

    Download 13.73 Kb.




    Download 13.73 Kb.