5-ma`ruza. Datchiklarning tavsiflari Reja




Download 157.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2022
Hajmi157.99 Kb.
#27964
Bog'liq
5-ma'ruza RBT
2-MA’RUZA Fаоl tаjribа mа`lumоtlаri bo’yichа empirik mоdеllаrni qurish-конвертирован, Matematika test 40 talik oson test tub va murakkab sonlar, kasrlar, zafarbek, mexanika-3-m.i, 2-mavzu Quduqlarning turlari-fayllar.org, Sanoatda raqobatbardoshlik, З.Юсупова баён, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax, Mavzu Printerning maqsadi, printerlar turlari, qurilma xaqida, Lokal kompyuter tarmoqlari, 6- Amaliyot topshiriq, anaerob bakteriyalar, employment, Akt (sirtqi) 3-kredit pdf


5-ma`ruza. Datchiklarning tavsiflari 
 
Reja. 
1. Real vaqt tizimida informatsiyalarni qayta ishlash. Datchik turlari
3. Datchiklarning tavsiflari 
Real vaqt tizimlarida informatsiyalarni qayta ishlash uchun ularni qabul kilish 
mexanizimlari ishlab chikilishi kerak. Masalan oddiy temperaturani ulchash 
tizimini ko‘raylik. 
Jisimni xarorati, temperaturasi uni ichkiy energiyasini belgilab, jisimni tashkil 
etgan zarralarni xaotik xarakat intensivligini bildiradi. Demak temperatura jisimni 
tashkil etgan zarralarni ichki enrgiyasini xarakterlaydi. Ichki energiya kancha katta 
bo‘lsa temperatura xam shuncha yuqori bo‘ladi. Ichki energiyani ko‘p ozligi ѐki 
qanchaligini bilish bu informatsiya olishdir. Ushbu xolatda informatsiya jisim 
xaraoratini kattaligidir. Bu informatsiyani olish uchun maxsus datchiklar 
yaratilgan. Ular asosan ikki fizik xodisaga asoslanib yaratilgan. 
1. Termoqarshilik 
2. Termopara 
Termoqarshilik jisimlarni elektr qarshiligini temperaturaga bog‘likligi 
xodisasiga asoslangan. O‘tkazgichlarni qarshiligi ularni temperaturasiga chiziqli 
bog‘langan. Temperatura qancha yuqori bo‘lsa uni elektr qarshiligi shuncha yuqori 
bo‘ladi. Biror jisimni ѐki biror muxitni temperaturasini o‘lchash uchun oldindan 
qarshiligi gradirovkalangan ikkinchi jisimni jisimga tegizish, muxitga kiritish bilan 
uni qarshiligini o‘lchanadi. O‘lchangan qarshilikga qarab jisim temperaturasi 
to‘g‘risida informatsiya olinadi. Bu xolda temperatura – jisim ichki energiyasi 
to‘grisidagi informatsiya, elektr informatsiyasiga 
termoqarshilik ѐrdamida o‘zgartirildi. Bu informatsiyani qayd etish uchun esa 
90 chi yillargacha oddiy qurilma ѐrdamida qog‘ozga chizib qo‘yish bilan 
erishilgan. 
Informatsiya almashinuvi jaraѐnini quydagicha ifodalanadi: 
Xozirda bu elektr signallari ARQ(ATSP analogovoy – sifrovoy 
preobrazovatel) analog raqamli o‘zgartirgich ѐrdamida raqamli informatsiyaga 
aylantiriladi va qayta ishlanib saqlab qo‘yiladi. Agar informatsiyani saqlovchi 
qurilma magnit effektiga asoslangan bo‘lsa magnit maydoni o‘zgarishi 
ko‘rinishida, agar optikaga asoslangan bo‘lsa optik yo‘laklar ko‘rinishida 
saqlanadi. 
Aniqlik (accuracy) parametrlarning o‘lchangan va haqiqiy qiymatlari 
orasidagi farq bilan belgilanadi. 


Ruxsat etilgan qiymat (resolution) – bu o‘lchanayotgan kattalikning eng 
kichik og‘ishi. 
O‘lchash xatoligi (measurment error) – parametrlarning o‘lchangan va 
haqiqiy qiymatlari orasidagi farq. 
Datchikning dinamik reaksiyasi:
T0-nosezgirlik sohasidan o‘tish vaqti;
Td-kechikish; Tr-birinchi maksimumga yetish vaqti; Ts - o‘rnatilish vaqti; 
Mr- o‘ta rostlash. 
Quyidagi parametrlarni minimallash-tirishtirish lozim: 


Nosezgirlik sohasidan o‘tish vaqti (dead time) – kattalikni o‘zgara boshlashi 
va datchikning reaksiyasi o‘rtasidagi vaqt; 
Kechikish (delay time) – datchikning ko‘rsatishi o‘rnatilgan qiymatning 50% 
ga tenglashadigan vaqt; 
O‘sish vaqti (rise time) – kattalikning 10 % dan o‘rnatilgan qiymatni 90 % 
gacha erishishiga ketadigan vaqt. Datchikning tezkorligini ko‘rsatadi. 
Datchiklarning statik tavsiflari. 
Datchiklarning statik tavsiflari, datchikning chiqish signallari o‘lchanayotgan 
parametrni bir oz vaqt o‘tib qanchalik to‘g‘ri aks ettirishini ko‘rsatadi. 
Statik tavsiflarga:
sezgirlik;
ruxsat etish qiymati;
chiziqlilik;
dreyf va to‘la dreyf;
ishchi diapazon;
takrorlanish va natijani qayta tiklash kabilar kiradi. 
Sezgirlik (sensitivity) – chiqish signali kattaligini kirish kattaligi birligiga 
nisbati bilan aniqlanadi. 
Ruxsat etilgan qiymat (resolution) – o‘lchanayotgan parametrning datchik 
tomonidan seziladigan va qayd etiladigan eng kichik qiymati. 
Chiziqlilik (linearity) – analitik aniqlanmaydi, datchikning tavsifidan 
aniqlanadi. 
Agar datchik tavsifi egri chiziqdan to‘g‘ri chiziqqa yaqinroq bo‘lsa, u holda 
chiziqlilik yuqori deyiladi. 
Statik kuchaytirish (static gain) yoki o‘zgarmas tok bo‘yicha kuchaytirish 
(direct current gain) – datchikning juda past chastotalardagi kuchaytirish 
koeffitsiyenti. 
Koeffitsiyentning kattaligi o‘lchash qurilmasining sezgirligi katta bo‘lishiga 
to‘g‘ri keladi. 
Dreyf (drift) o‘lchanayotgan kattalik uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan 
qolganida, datchik ko‘rsatishining og‘ishi bilan belgilanadi.
Datchik dreyfini kirish signalining nol, maksimal va ma’lum oraliq qiymatida 
aniqlash mumkin. 
Datchikning ishchi diapazoni (operating range) kirish yoki chiqish 
kattaliklarining ruxsat etilgan quyi va yuqori chegaralari bilan aniqlanadi. 
Takrorlanish (repeatability) bir xil sharoitlarda o‘lchanayotgan kattaliklarning 
berilgan qiymatlarida bir qancha ketma-ket o‘lchashlardagi og‘ishlar bilan 
tavsilanadi. 
Bunda berilgan qiymatga yaqinlashish yo oshib yo kamayib boradi.
Takrorlanish ishchi diapazonning foizlari bilan aniqlanadi. 
Qayta tiklanuvchanlik (reproducibility) takrorlanishga o‘xshash, ammo 
o‘lchashlar orasidagi irterval katta bo‘lishini talab etadi. 
Nochiziqlilikning ta’siri. 


Ko‘pgina datchiklar nochiziqlilik tavsiflariga ega, masalan, agar datchik 
ishchi diapazonning yuqori chegarasiga yetganda to‘yinish samarasi yuzaga keladi, 
ya’ni kirish kattaligi qancha o‘zgarishidan qat’iy nazar chiqish kattaligi 
o‘zgarmaydi. 
Nazorat savollari 
1. Datchik turlarini bilasizmi? 
2. Datchiklarning tavsflanishi deganda nimani tushunasiz? 
3. datchiklar qaysi omilga ko’ra tavsiflanadi? 

Download 157.99 Kb.




Download 157.99 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-ma`ruza. Datchiklarning tavsiflari Reja

Download 157.99 Kb.
Pdf ko'rish