Seminar mashg’uloti unga yakun yasash bilan tugaydi




Download 0.68 Mb.
bet16/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Seminar mashg’uloti unga yakun yasash bilan tugaydi. O’qituvchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar natijasini baholab u ishda muvaffaqiyatli qatnashganlarni alohida ta’kidlab o’tadi. Shuningdek, ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yganlarni ham qayd qiladi va ishlash usullarini kelgusida takomillashtirish, ya’ni keyingi mashg’ulotlarda qanday vazifalar qo’yilishini belgilab beradi.
Umuman, seminarda talabalarning o’z faoliyatlarini tashkil etish malakalarini jonlantirish quyidagi bosqichlarni ko’zda tutadi:
7. Seminarning maqsad va vazifalarini shakllahtirish;
2.Talabalarning dastlab bajargan ishlari natijalarini o’zlari baholashlari va tahlil qilishlarini tashkil etish;
3. ishni bajarish metodikasi bilan tanishtirish;
4. talabalar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki ishlarning bajarilish usullari tahlilini tashkil etish;
5. yangi mazmundagi ishning rejasini tuzishni tashkil etish;
6. belgilangan reja asosida ishning bajarilishini tashkil etish;
7. bajarilgan ish natijalarini tahlil qilish va baholashni tashkil etish;
8.mashg’ulotga yakun yasash.
Ta’kidlash joizki, ko’rib chiqilgan seminar tiplari talabalarni muammoli o’qitishga tayyorlash uchun zarur bo’lgan va bir qancha pedagogik vazifalarni bajarishga qaratilgan mashg’ulotlar tizimini bildiradi. Bunday o’qitish bevosita muammoli tipdagi seminarlarda amalga oshirilishi mumkin. Seminar mashg’ulotining mavzusi zudlik bilan hal qilinishi mumkin bo’lmagan muammo shaklida berilishi mumkin.
Fikrlash usullarini rivojlantirishga qaratilgan seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi quyidagi masalalarni qamrab olgan va jiddiy o’ylangan stsenariysini ishlab chiqadi:
talabalarning muammoni echishda qatnashishi uchun etarli bo’lgan bilimlarini yuzaga chiqarish qobiliyatini hamda bilimlarni yuzaga chiqarish uchun zarur bo’lgan vazifalarni tavsiflash;
talabalardagi bilimlarni yuzaga chiqarish asosida muammoga va muammoni ifodalashga kirishish;
muammoni to’gri hal qilishning so’nggi xulosasi (qarori) natijasini shakllantirish;
masalani to’laligicha echishni ta ‘minlaydigan muammoni shakllantirish;
muammo tarkibidagi muammolargajavoblardan iborat oraliq xulosalarni shakllantirish;
muammo tarkibidagi muammolarning echilishida to’g’ri javoblarni ta’minlovchi muammo savollarini shakllantirish.

Download 0.68 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Seminar mashg’uloti unga yakun yasash bilan tugaydi

Download 0.68 Mb.