Muammoli lektsiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi




Download 0.68 Mb.
bet19/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Muammoli lektsiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, muammoli o’qitish, o’quv jarayonini tashkil etishning shunday shakliki, unda o’qituvchi boshchiligida muammoli vaziyat va bu vaziyatning echilishidagi talabalarning samarali mustaqil faoliyati yuzaga keltiriladi.
Muammoli o’qitishni tashkil etish natijasida talabalarda kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.
Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak bo’ladi:
eng dolzarb, ahamiyatli vazifalarni tanlash;
o’quv ishlarining barcha turlarida muammoli o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash;
muammoli savolni qo’yish;
qo’yilgan savollarga javob topish va asoslash bo’yicha talabalarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
javoblarning tanqidiy tahlilini tashkil etish, ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlash;
kelishilgan mavqe (pozitsiya)ni ishlab chiqish — eng to’g’ri javobni konstruksiyalash maqsadida javoblarni o’zaro qiyos qilishni tashkil etish.
keyingi muammoli savolni qo’yishga o’tish.
O’qituvchi tashkil etgan bunday mujassamlangan harakatlarni bajarish jarayonida talabalarning tafakkurlarida rivojlanish yuz beradi.
Talabalarga muammoli savollar qo’yishda muammoli savollarning uzluksizligini, ularning bajargan ijodiy ish natijalari bilan aloqasini ta’minlash zarur.
Umuman, talabalarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga bag’ishlangan seminar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. O’quv muammosini echish bo’yicha ijodiy faoliyatda faol ishtirok etish uchun zarur bo’lgan bilimlarni yuzaga chiqarish;

2. Muammoga kirishish va uni ifodalash;
3. Talabalarning avval egallangan bilimlari negizida muammoni echishga urinishni tashkil etish;
4. Muammoni echish bo’yicha talabalarning keng ijodiy faoliyatini tashkil etish (muammoni va muammoli savolni qo’yish, muammoli savolga javob topishni tashkil etish, oraliq va yakuniy xulosalarni ifodalash);
5. Mashg’ulotga yakun yasash.

Muammoli o’qitish sharoitidagi o’quv jarayonining mustahkam asosi talabalarni mustaqil fikrlashga muntazam tayyorlash, shaxsiy fazilat sifatida ulardagi baholanadigan mustaqillikni shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Bu o’qitishdagi mustaqil ishning alohida muhim ahamiyati, uni o’quv yurti pedagogik tizimi markaziga qo’yilishining qonuniyligi, uning o’z tizimi bo’lishi zaruriyatini tashkil etish demakdir. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, bu masala hanuzgacha amaliyotda to’la hal qilingan emas.


Amaliy mashg’ulotlar bir necha bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqichda bilimlar nazorat qilinadiki, ularning mavjudligi mashg’ulotlarda ishlab chiqiladigan vazifalarning echilish metodikasini tushunishga yordam beradi. O’qituvchi bilimlar o’zlashtirilishining nazoratini o’tkazib bo’lgach, talabalarni muayyan toifadagi vazifalarni echish metodikasi bilan tanishtiradi. Bu jarayonda o’qituvchi metodika tarkibiga kiradigan barcha harakatlarni talabalarga tushuntirishi lozim. O’rganilgan metodikaga muvofiq ravishda barcha harakatlarni amaliy egallashni tashkil etish uchun o’qituvchi talabalarga individual topshiriqlar beradi. Shuningdek, bu topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni o’z vaqtida engish maqsadida o’qituvchi talabalarga yo’l-yo’riqlar beradi. Bunda o’qituvchining vazifasi har bir talabaning o’z topshirig’ini ongli ravishda bajarishini ta’minlashdan iborat bo’ladi.
Topshiriqni bajarish yakunlangach, o’qituvchi uning borishini va talabalar ishlari natijalarini tahlil qiladi, guruh bilan birgalikdatipik qiyinchiliklarni muhokama qiladi, ularni engish usullarini ko’rsatib beradi va shakllangan malakalarni kelgusida takomillashtirish bo’yicha vazifalar qo’yadi.
Shunday qilib, algoritmik tipdagi amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish quyidagi bosqichlarni ko’zda tutadi:

Download 0.68 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli lektsiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi

Download 0.68 Mb.