Muammoli leksiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi




Download 0.68 Mb.
bet21/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Muammoli leksiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, muammoli o’qitish, o’quv jarayonini tashkil etishning shunday shakliki, unda o’qituvchi boshchiligida muammoli vaziyat va bu vaziyatning echilishidagi talabalarning samarali mustaqil faoliyati yuzaga keltiriladi.
Muammoli o’qitishni tashkil etish natijasida talabalarda kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.
Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak bo’ladi:
eng dolzarb, ahamiyatli vazifalarni tanlash;
(o’quv ishlarining barcha turlarida muammoli o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash;
muammoli o’qitishning eng maqbul tizimini ishlab chiqish, darslik, o’quv va metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar yaratish;
shaxsiy yondashuv va o’qituvchi mahorati.


4.3. O’yinli texnologiyalar


O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan biigalikda faoliyatning asosiy turlaridan bin hisoblanadi.
Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental ehtiyojlariga tayanadi.
O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta’rificha, o’yin shaxsga xos bo’lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N. Leontev o’yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo’lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o’yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o’yin o’ziga xos bo’ladi.

  1. O’yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo’ladi.

  2. Ular quyidagilar.

  3. maftunkorlik;

  4. kommunikativlik;

  5. o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;

  6. davolovchilik;

  7. tashxis;

  8. millatlararo muloqot;

  9. ijtimoiylashuv.


  10. Tadqiqotchilar o’yin xususiyatlarini ishlab chkjqanlar. O’yinlarning muhun qirralari SA..Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayli bahra olish uchun emas, balki xobishiariga ko’ra, faoliyat jarayonining o’zidan bahra olish uchun qo’llanadi.


  11. Download 0.68 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli leksiya bilish faoliyatini samarali boshqarishni ta’minlaydi

Download 0.68 Mb.