Tadbirkorlik o’yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi




Download 0.68 Mb.
bet24/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Tadbirkorlik o’yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;
bilimlarni mustahkamlash va qo’llash;
o’quv jarayonida bo’lg’usi mutaxaxsisning faoliyati faqat o’rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo’lishi;
talabalar o’kuv-bilish faoliyatining bo’lg’usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi.
Tadbirkorlik o’yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega:
O’quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig’i shaklida qo’yish:
bo’lg’usi tadbirkorlik o’yinining maqsadini aniqlab olish;
muammoli vaziyatni anglab etish;
talabalarga navbatdagi tadbirkorlik o’yini haqida dastlabki ma’lumotlar berish;
2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo’lgan va awal egallangan bilimlardan foydalanish:
talabalarning o’qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;
bajarilishi lozim bo’lgan ish to’grisida talabalarga yo’l-yo’riqlarni ko’rsatish;
olingan bilim, o’zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash metodlarini umumlashtirish;
o’z-o’zini nazorat qilish;
3. Tadbirkorlik o’yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo’lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish:
ularga avval ma’lum bo’lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash;
avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o’z ijodi uchun zarur bo’lgan yangi metodlarni qidirish;
rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.
5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o’rganish va tahlil qilish bo’yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o’yinlaridagi o’z mavqeini aniqlash.
6. O’zlaridagi bor bilim, malaka va ko’nikmalar asosidagi reja bo’yicha ishlarni bajarish:
yangi bilim va malakalarni hosil qilish;
o’z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish.
qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish
belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;
yakuniy natijalarni tekshirib ko’rish va taxlil qilish.
7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko’nikmalarini nazorat qilish va joriy yo’l-yo’riqlar berish.
8. Talabalarning tadbirkorlik o’yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko’rish.
9. Talabalarga tadbirkorlik o’yinlarini o’tkazish va unda qatnashish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish, ularni rol o’ynash bo’yicha taqsim qilish, zarurat tug’ilganda har biriga qo’shimcha yo’l-yo’riqlar berish.
10. Oldindan ishlab chiqilgan stsenariy bo’yicha talabalarning tadbirkorlik o’yinlari.
11. O’yin ishtirokchilariga joriy yo’l-yo’riqlar berish.
12. O’yin ishtirokchilarining o’yin davomida o’zi o’ynagan rollariga baho berishi hamda o’z-o’zini nazorat qilishi.
13. Tadbirkorlik o’yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o’quv-o’yin faoliyatiga baho berish.
Shunday qilib, tadbirkorlik o’yinlaridan yangi bilimlarni egallash, o’tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.

Download 0.68 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik o’yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi

Download 0.68 Mb.