|
Tadbirkorlik o’yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud
|
bet | 25/50 | Sana | 14.05.2023 | Hajmi | 0.68 Mb. | | #59683 |
Bog'liq 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos 3-dedlineTadbirkorlik o’yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o’yinlar.
Bunday o’yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o’tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Stsenariyda bunday o’yin tuzilmasi to’la yozib chiqiladi va imitasiya qilinadigan obektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o’yinlar. Bunday o’yinlarda aniq o’ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o’yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rol ijro etish o’yinlari. Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, o’z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o’ynaladi. Bu o’yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo’ljalni to’g’ri baholay olishni o’rgatish, o’zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o’rnata olishga o’rgatishdir.
Psixodrama va sosiodrama. Bu ham o’ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko’zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o’zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik o’yinlari texnologiyasi
4-02 jadvalda tasvirlangan „ (G.K.Selevko varianti).
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o’z ichiga oladi. U stsenariyni yozib chiqish, vaziyat va obektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Stsenariy mashg’ulotning o’quv maqsadi, o’rganilayotgan muammoning tavsifi, qo’yilgan vazifani asoslash, o’yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o’z ichiga oladi.
O’yinga kirishish. Bu bosqichda ish rejimi aniqlanadi, mashg’ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo’yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.
|
| |