• 2. To’satdan ta’qiqlash.
  • 4. Yangi variantlar metodi
  • 6. Axborotlar mo’lligi metodi
  • 8. Rekodifikatsiya metodi.
  • Sharoitni (muhitni) murakkablashtiradigan metodlar




    Download 0.68 Mb.
    bet30/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    Sharoitni (muhitni) murakkablashtiradigan metodlar
    1. Vaqt jihatdan chegaralangan metodlar.
    U muvafaqiyat faktorning konstruktorlik faoliyatiga sezilarli ta’sir etishni qayd qilishga asoslanadi: ba’zilarda vaqt jihatdan chegaralash faollikni oshiradi va sokinlik holatiga qaraganda, yanada yuqori natijalarni ko’rsatadi. Boshqalarida (ko’pincha) turli darajada o’z xulqini o’zgartiradi, natijalari kamayib ketadi va hamma vaqt ham oxirgi echimiga erishilmaydi. Uchinchilarida, vaqt jihatdan chegaralash ulami jilovlaydi, talvasaga tushiradi, ular parokanda bo’ladilar, vasvasaga beradilar, ko’pchiligi yoki bir qismi vazifani echishdan bosh tortadilar.
    2. To’satdan ta’qiqlash. Jarayonning u yoki bu bosqichida xatti-harakatlarning qandaydir detallar mexanizmi ta’qiqlanadi. Bu bilan shtamplar, konstruktorlik faoliyati, moslamalar, qismlar, detallarning mashhur tiplarini qo’llash imkoniyatlari buzilishining oldi olinadi.
    3. Tezlikda eskizlash metodi. Talabalarning konstruktorlik faoliyatining u yoki bu paytida rasm chizish talab qilinadi. U o’z faoliyatini bevosita nazorat qilinishiga konstruktorlik ijodi jarayonini obrazlar vositasida boshqarishga, yordam beradigan miyasiga (hayoliga) kelgan barcha konstruksiyalarni tasvirlaydi.
    4. Yangi variantlar metodi vazifani, boshqacha bajarishni talab qilishda, ya’ni echimning bir necha variantlari bo’lgan holda, uning yangi variantini topish va bajarishda ko’rinadi.
    5. Axborotlar tanqisligi metodi konstruktorlik faoliyatining birinchi bosqichlarida alohida faollik vazifasi qo’yilganda qo’llanadi. Bunda vazifaning boshlanishida ma’lumotlar juda oz bo’ladi.
    6. Axborotlar mo’lligi metodi vazifa qo’yilgan sharoitda, ortiq darajada ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi.
    7. Bema’ni metodning mohiyati shundaki, unda mutlaqo bajarib bo’lmaydigan konstruktorlik vazifasi (abadiy dvigatelni yaratishga o’xshash) qo’yiladi.
    8. Rekodifikatsiya metodi. Uning mohiyati shundaki, hodisalarni «ko’chirish» faktlari bilan bog’liq yangi va betakror g’oyalarni ishlab chiqish maqsadida hodisalarni boshqacha ifodalashdir. U «kashfiyotlar (maydoni) matritsa» siga asoslanadi. Rekodifikatsiyani birtildan ikkinchi til (fanda ko’pincha matematika tili)ga o’tkazish deb tushunsa ham bo’ladi. Biroq u barcha rekodifikatsiya till bo’lishi mumkin emas, grafik ifodalar, sxemalar, tablitsalar, diagrammalar ham rekodifikatsiya vazifasini bajarishi mumkin.
    Ijodiy vazifalarni guruh bo’lib echish metodlari:
    Delfi metodi — tavsiya etilgan seriyadagi muqobillardan eng yaxshisini tanlab olishga yordam beradi.
    Guruh a’zolaridan har bir muqobilga muayyan izchillikda baho berish talab qilinadi. Tadbirni o’tkazish tartibi quyidagicha. Masalan, statistik metodlar orqali 5ta kamchilik (defekt) sabablari aniqlangan. Qaysi biri muhim kamchiliko’ Muhokama ishtirokchilari muammoni avvalo muhimlik darajasiga ko’ra saralab chiqadilar. O’zlari uchun muhim hisoblangan muqobilni birinchi o’ringa, ikkinchi darajalarini beshinchi o’ringa qo’yadilar. Shundan so’ng har bir muqobilga har bir ishtirokchi kamchiliklarning sabablariga to’xtalgan holda 10 ballik tizim asosida baho qo’yib chiqadi. Bunda eng yuqori ball sifatida 1 va eng pasti 10 ball etib belgilanadi. Uchinchi bosqichda muqobillarning har biri o’zaro ko’paytiriladi va hosila raqam topiladi. Eng kam raqam tezlikda va birinchi navbatda bartaraf qilinadigan sababni bildiradi. Hisoblashni osonlashtirish uchun maxsus jadval (4.03) yasalishi mumkin.

    Download 0.68 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharoitni (muhitni) murakkablashtiradigan metodlar

    Download 0.68 Mb.