Tanqidiy fikrlashni o’stiruvchi faol metodlar




Download 0.68 Mb.
bet35/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI

4.4. Tanqidiy fikrlashni o’stiruvchi faol metodlar.


Tanqidiy fikrlashni o’stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta’lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun o’qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Konsortsiumning a’zolari: Xalqaro o’qish assotsiasiyasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtati universiteti. Bu loyihani Nyu — York Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to’g’risidagi Markaziy va Sharqiy evropadagi Soros fondi mablag’ bilan ta’minlaydi.
Bu paragrifda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi.
Tanqidiy fikriashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash — o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U i faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda u o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko’nikma emas.
Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o’rganilishi lozim bo’lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o’quv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga obektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llay olmaydilar.
Rixer ta’biri bo’yicha o’rganish va fikriashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
Samarali va muttasil o’rganish asosida talabalarning axborotlarni o’zlashtirish, sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
2. O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Bunday strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O’rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
4. O’rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog’lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to’g’rijavobmi qabul qiladigan mentalitetjarayonida yuz bermaydi.



Download 0.68 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tanqidiy fikrlashni o’stiruvchi faol metodlar

Download 0.68 Mb.