• Tavakkalchilik.
  • Qadrlash.
  • Qimmatlilik.
  • 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar




    Download 0.68 Mb.
    bet37/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g’oyalar paydo bo’ladi.
    Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo’yiladi. Faqat birgina javob mayjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
    Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog’langan. . Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo’lishadi. Chunki ularda o’qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilim I olishlariga o’qituvchi masul degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o’qishlariga o’zlarining masul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro o’rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini o’stiradi.
    Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar o’sha murakkab darajadagi o’kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
    Tavakkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qo’rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag’batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «ahmoqona g’oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi uni o’quv jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim.
    Talabalarni tavakkaldan holi bo’lgan, ya’ni g’oyalar qadrlangan, talabalarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo’lgan muhitda o’ylash lozimligi haqida ularda ishonch hosil qilish zarur.
    Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o’z g’oyalari, tasawurlarining o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog’dagina chuqur ma’suliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar.
    Talabalar o’z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar. Unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
    Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O’qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qaytaishlashni talab qilgandatayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu esa talabalarda o’zgalar g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan g’oya va tasawurlar qimmatli ekanligini ko’rsata olish zarur. Talabalarning o’zlari ham o’z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z fikrining rushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek, kata hissa bo’lib hisoblanishini tan olishlari kerak.

    Download 0.68 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar

    Download 0.68 Mb.