• Texnologik jarayon
  • Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi




    Download 0.68 Mb.
    bet6/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo’ladi.
    Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi.
    Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi.
    Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi.
    Texnologik jarayon o’quv jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
    Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar.
    Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’likligi, yaxlitligani o’z ichiga oladi.
    Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri, uning boshqaruvga asoslanganligidir. U o’quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o’qitish metodlari va vositalari bilan o’zgartirib turishdan iborat bo’ladi.
    Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi.
    Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalarni boshqa o’quv yurtlarida qo’llash imkoniyati tushuniladi.
    Shunday qilib, oliy maktabda mutaxassislarning kasbiy tayyorgariigi murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo’lg’usi o’qituvchining texnologik tayyorgariigi alohida o’rin tutadi. U bo’lg’usi pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o’qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi, tafakkurning kasbiy yo’nalganligini idrok qilish, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillarni amalga oshirish bilan bog’langan.
    Bo’lg’usi pedagogning texnologik tayyorgariigi, oliy o’quv yurtida pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishni talab qiladi. Oliy o’quv yurti ta’lim jarayonida foydalaniladigan va keng tarqalgan pedagogik texnologiyalar: muammoli o’qitish, o’qitishning tabaqalashtirilgan va individual texnologiyasi, programmalashtirilgan o’qitish texnologiyasi, kompyuter axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasidir.



    Download 0.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi

    Download 0.68 Mb.