• Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
  • Martin Dougiamas
  • 5-mavzu. Moodle tizimida masofaviy ta’limni tashkil qilish va interfaol imkoniyatlar Reja




    Download 497.14 Kb.
    bet1/10
    Sana31.03.2023
    Hajmi497.14 Kb.
    #47850
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-mavzu. Moodle tizimi
    1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling

    5-mavzu. MOODLE tizimida masofaviy ta’limni tashkil qilish va interfaol imkoniyatlar


    Reja:



    1. MOODLE tizimining kelib chiqishi va undan foydalanish

    2. MOODLE tizimining asosiy xususiyatlari

    3. MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funktsiyalari

    4. MOODLE tizimidagi o’qitish modullari

    5. LMS MOODLE tizimida o'quv kursi tarkibi va uni yaratish



    Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: LMS MOODLE. Authoring tools. LMS (Learning Managemant Systems). CMS (Content Management Systems). Forums. Materials. Messenger. Chat. Exercises. Group work. Student


    1. MOODLE tizimining kelib chiqishi va undan foydalanish.
    Moodle- bu o’qituvchilar tomonidan online kurslarini yaratish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sayt tarkibini boshqarish tizimidir (Content Management System - CMS).
    Moodle tizimining asoschisi Martin Dougiamas bo’lib, u Avstraliyaning Curtin Universitetning Computer Science va Education mutaxassisligi kursini tugatgandan keyin dissertatsiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo’llash orqali ta’limni qo’llab-quvatlash platformasini yaratish g’oyasi unda 1999-yilda Curtin Universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi.
    Moodle (Modular Objecn Oriented Dynamic Learning Environment) - ob’ektga yo’naltirilgan dinamik (doimiy harakatdagi) modulni o’qitish tizimi yoki o’quv jarayonida modulli o’qitish tizimidir.
    Moodle – bu ochiq kodli masofaviy ta’lim vositasidir. Moodle MTT (masofaviy ta’lim tizimi) bilan teng ahamiyat kasb etadi, ayrim hollarda esa ulardan ustun xisoblanadi.
    Moodle MTT sifatli masofaviy o’quv kurslarini yaratish uchun mo’ljallangan. Moodle tizimining asosiy tamoyillari:

    • Barcha resurslar - bitta joyda.

    • Ta’lim sifati – nazorat ostida.

    • O’quv jarayonining bir joydagi yechimi.

    • Professor – O’qituvchi – Talabalar bilan o’zaro aloqa.

    Moodle tizimining foydalanuvchilar uchun taqdim etayotgan imkoniyatlariga ko’ra quyidagicha taqsimlash mumkin:
    Talabalar:
    •ixtiyoriy vaqtda va joyda, qulay tempda o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
    •o’zlari qiziqqan mavzularni chuqurroq o’rganish uchun ko’proq vaqt ajratadi;
    •fanlarni oson o’zlashtiradi.

    Download 497.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 497.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Moodle tizimida masofaviy ta’limni tashkil qilish va interfaol imkoniyatlar Reja

    Download 497.14 Kb.