5-mavzu: Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati




Download 4.7 Mb.
bet17/29
Sana31.07.2021
Hajmi4.7 Mb.
#16252
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
To‘rtinchi holat. Arra tishlar bir-biri bilan kesishadigan qilib o‘rnatilgan, lekin ikkala sirt bir tomonga qarab harakatlanadi. Tolalar tezroq harakatlanayotgan sirtga o‘tadi, qisman taraladi.

Bosh baraban bilan shlyapkalarning ishlashi

Bosh baraban tolalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha shlyapkalarga uzatadi. Bosh baraban va shlyapkalar garniturasi tishlari orasida asosiy tarash jarayoni sodir bo‘ladi. Bu yerda tola bo‘lakchalari alohida-alohida tolalarga ajratiladi, nuqsonlar, mayda iflosliklar va kalta tolalar ajratib tashlanadi. Bosh baraban va shlyapkalar birga ishlaganda bosh baraban sirtida qatlam hosil bo‘ladi va u ishchi qatlam deb yuritiladi. Bu qatlam ajratuvchi barabanga bosqichma-bosqich o‘tadi (bir qismi oldin, qolgani keyin). Bosh baraban bilan shlyapkalar orasida razvodka kichik bo‘lgani uchun kalta tolalar bilan barga xas cho‘plar ham shlyapkalarga o‘tadi. Shlyapkalar sirtiga yarim qattiq garnituralar qoplangan bo‘lib, uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Garnitura ignalarining uchlari maxsus dastgohda charxlanib indikatorda tekshiriladi.



Katta o‘lchamli tarash mashinalarida o‘rnatilgan 110 ta shlyapkadan 39-41 tasi ishchi bo‘lib, tarashda ishtirok etadi, kichik o‘lchamli mashinalarda esa 72 tadan – 24 tasi tarashda ishtirok etadi. Katta o‘lchamli xorijiy mashinalarida o‘rnatilgan 84 ta shlyapkadan 30 tasi ishchi hisoblanadi. Asosiy tarash zonasini shartli ravishda uchta tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Dastlabki tarash qismi qabul barabani – bosh barabandan shlyapkagacha hisoblanib unda tolali mahsulot shlyapkada tarashga tayyorlanadi. Shlyapkada tarash qismida asosiy tarash amalga oshiriladi. Yakuniy tarash qismida tolalarning alohidaligi va ularning oriyentatsiya holatini saqlab qolish vazifasi bajariladi.



Asosiy tarash zonasining tarkibiy qismlari.
1 – dastlabki tarash

2 – shlyapkada tarash



3 – yakuniy tarash

Tarash mashinalarida asosiy tarash jarayoni Webclean tizimi yordamida amalga oshiriladi.


53-rasm Webclean tizimi

1-shlyapkalarni tozalash moslamasi

2 - shlyapka polotnosi

3 - ajratuvchi pichoq

4- Twin Top qo‘zg‘almas elementlari,

5-ajratuvchi pichoq-pnevmoqurilma

6 - bosh barabanosti qoplamasi,

7-ajratuvchi barabanning qo‘zg‘almas segmentlari.





Download 4.7 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Download 4.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati

Download 4.7 Mb.